1 – Amaliy mashg’ulot. Mavzu : Standartlashtirish tarixi haqida qisqa ma’lumot. Nazariy qism



Yüklə 30,62 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü30,62 Kb.
#205870
1-amaliy mashg\'ulot



1 – Amaliy mashg’ulot . 
Mavzu : Standartlashtirish tarixi haqida qisqa ma’lumot . 
Nazariy qism 
Standartlashtirish bilan qadimdan insonlar shug‘ullanib kelishgan. Buni 
eramizdan 6 ming yil oldin Misrlik va SHumerda yozish va sanash paydo bo‘lishi 
va bunda belgilar, piktogrammalar va boshqa turli xil shakllarni xatlarda ko‘rishimiz 
mumkin. Bu esa shu davrlardagi standartlashtirishning yaqqol bir ko‘rinishidir. 
Sonlarni vavilonliklar 4 ming yillarda kashf etishgan va foydalanishgan. Nota 
ezuvlari ham qadimiy me’yorlashtirilgan til sifatida Gretsiyada eramizdan oldin 200 
yillarda paydo bo‘lishi aytishimiz mumkin. Xitoyda eramizdan oldingi 206-220 
yillarda xaritalardagi shahar va qishloqlarning shartli belgilari haqiqatdir. 
Eramizdan oldingi 1700-1600 yillarda Feste saroydagi disklar quyumasini aynan bir 
xilligi ham standartning bir ko‘rinishidir. 
Xitoy imperatori Sin SHixuandi (taxminan 2200 yil oldin) soliqlarni yig‘ishda 
og‘irlik toshlari, o‘lchovlar va tangalarning bir xillashtirgan. U ierogliflarni 
birxillashtirib, kamon o‘qlarini bir xil uzunligini ta’minlagan. Qadimiy Misrda 
taxminan bundan 7 ming yil oldin o‘lchash san’ati mavjud bo‘lgan. Misr 
ehromlarida etalon uzunliklari bo‘lib, piramidalar qurilishida uzunligi 52,6 sm 
«sarskiy lokot» qabul qilingan. Eramizdan oldingi XVIII asrda qirol Xammurapi 
standartlashtirilgan og‘irlik va o‘lchovlar to‘g‘risida qonun qabul qilgan. 
Bir paytda tosh va tarozilar rivojlanish davrida keng qo‘llanilad boshladi. Bunda 
og‘irlik o‘lchov toshi va o‘lchovlarni keng qullash bilan birgalikda ularni 
qalbakilashtirishni ham oldini olish uchun hamma tomonlama qonuniy jazolar ishlab 
chiqildi.
Bir necha misollarni shuni ko‘rsatadiki, o‘lchash hajmi me’yoriy-qonunlar bilan 
tenglashtirilgan. Uzoq o‘tmish tariximizdan ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy 
yodgorlik bino va inshoatlarida qurilishida standartlashtirish faoliyati ham muhim 
o‘rin tutib, o‘sha paytdagi qurilish ashyolarini birxillashtirish ya’ni peshtoqladagi 
xandasaviy naqshlar, panjaralar va to‘sinlar hamda poydevor va devorlardagi 
g‘ishtlarning tarkibiy tuzilishi va o‘lchamlari standart andozalar bilan 
tenglashtirilgani buning yorqin misolidir. 
O‘zbekistonda qadimdan mahsulotlar etishtirish, hunarmandchilik mahsulotlari 
jumladan, kosiblik sohasida poyafzallarning o‘lchamlari, chilangarlikda idish va 
buyumlarining hajmlari hamda shakllari, temirchilikda yasalgan o‘xshash 
buyumlarning og‘irlik va boshqa o‘lchamlarini teng qilib yaratilishi standart va 
andozalardan foydalanganligining isbotdir. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z istiqlolini qo‘lga kiritganidan so‘ng butun jahonda bir 
qancha sohalar bo‘yicha aloqalarni o‘rnatishi shu bilan birga iqtisodiy hamkorliklar 
ham yo‘lga quyib borilmoqda. Iqtisodiyotda tovar ayriboshlash muhim omillardan 


biri bo‘lib hisoblanibgina qolmay, u aholining turmush tarzini o‘zgartirishiga 
sabachi bo‘ladi. Mahsulot va tovarlarga bo‘lgan talablarni ortishi va shu bilan birga 
ularga iste’molchining o‘zgacha talablar asosida yondashish standartlashtirish 
faoliyatida fan va texnika yutuqlaridan foydalanish bilan amalga oshirilishi 
standartlashtirishning muhim omillaridan biridir. 
Standartlashtirish sohasida mahsulot va xizmatlarni davlat standartlari talablari 
asosida yaratish, standartlashtirish faoliyatini nazorat etish, standartlashtirish 
ob’ektlari ustidan tekshiruvlar o‘tkazish orqali mahsulot ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko‘rsatish sohalarini muvofiqlashtirish maqsadida «O‘zstandart» agentligi 
tashkil etildi. 
«O‘zstandart» agentligi 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
qoshidagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalari bo‘yicha 
«Davstandart» markazi standartlashtirish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. 
«O‘zstandart» agentligi standartlashtishi sohasidagi barcha ishlarni muvofiqlashtirib 
jumlanadan, 1993 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan loyihasi ishlab chiqilib «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi loyihasi ko‘rib 
chiqilib va «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Standart so‘zi inglizcha “Standard” so‘zidan olingan bo‘lib, me’yor, o‘lcham, 
andoza degan ma’nolarni bildirib me’yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi. Standart - 
bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum 
sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning 
har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan 
qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan 
olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir. Standartlar fan, texnika va 
tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yuqori 
darajadagi foydaga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Standartlar darajasiga 
qarab, xalqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat 
ko‘rsatadi. Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga 
qo‘yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va 
o‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi 
oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan. Standartlashtirish tizimi 
yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyiha - konstruktorlik hujjatlar berish, 
korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni 
va kerak bo‘lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi. 
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida 
mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, 
yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay 
saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga 
talablar belgilaydi. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 



mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarida mahsulotlar deb 
yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi, 
resurslarni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning manfaatlarini 
himoya qilish; 

mahsulotlarning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishi va bir-biriga 
monandligini ta’minlash; 

fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi 
va xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda 
raqobatbardoshligini oshirish; 

resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab 
chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish; 

ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish; 5 

tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga kelishi, havf-
xatarni hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash; 

iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati 
to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash; 

ishlab chiqaruvchi 
(sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan mahsulot sifati to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarini 
tasdiqlash.
Standartlar darajasiga qarab, xalqaro, mintakaviy davlatlararo, milliy va korxona 
mikyosida faoliyat kursatadi. 
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‘yish 
bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‘zlashtirishni 
tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va isteʼmolchi oralaridagi 
munosabatlarni yaxshilashga yunaltirilgan. 
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyixa - 
konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat 
ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa mahsulotning ishlab 
chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi. 
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida 
mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, 
yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay 
saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarkatish, sotish tashkilotlariga 
talablar belgilaydi. Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar 
singari asosiy yo‘nalishlarni bir – biriga bog‘lovchi vosita hamdir. 
Ko‘pgina texnika jixatidan ilg‘or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga 
o‘suvchi qiziqish qayd kilinmokda, uning asosi bo‘lgan standartlashtirishning 
nazariyasiga ham katta eʼtibor berilmoqda. Standartlashtirishni texnika 
taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, mahsulot sifatini 
yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni taʼsirchan vositalaridan biri 
sifatida kurilmokda. 
 


Nazorat savollari :
1.
Standartlashtirish tarixi haqida tushuncha bering ? 
2.
Standart deganda nimani tushunasiz ? 
3.
Standartlashtirish nima uchun zarur va muhim hisoblanadi ? 

Yüklə 30,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin