1 – Amaliy mashg’ulot .
Mavzu : Standartlashtirish tarixi haqida qisqa ma’lumot .
Nazariy qism
Standartlashtirish bilan qadimdan insonlar shug‘ullanib kelishgan. Buni
eramizdan 6 ming yil oldin Misrlik va SHumerda yozish va sanash paydo bo‘lishi
va bunda belgilar, piktogrammalar va boshqa turli xil shakllarni xatlarda ko‘rishimiz
mumkin. Bu esa shu davrlardagi standartlashtirishning yaqqol bir ko‘rinishidir.
Sonlarni vavilonliklar 4 ming yillarda kashf etishgan va foydalanishgan. Nota
ezuvlari ham qadimiy me’yorlashtirilgan til sifatida Gretsiyada eramizdan oldin 200
yillarda paydo bo‘lishi aytishimiz mumkin. Xitoyda eramizdan oldingi 206-220
yillarda xaritalardagi shahar va qishloqlarning shartli belgilari haqiqatdir.
Eramizdan oldingi 1700-1600 yillarda Feste saroydagi disklar quyumasini aynan bir
xilligi ham standartning bir ko‘rinishidir.
Xitoy imperatori Sin SHixuandi (taxminan 2200 yil oldin) soliqlarni yig‘ishda
og‘irlik toshlari, o‘lchovlar va tangalarning bir xillashtirgan. U ierogliflarni
birxillashtirib, kamon o‘qlarini bir xil uzunligini ta’minlagan. Qadimiy Misrda
taxminan bundan 7 ming yil oldin o‘lchash san’ati mavjud bo‘lgan. Misr
ehromlarida etalon uzunliklari bo‘lib, piramidalar qurilishida uzunligi 52,6 sm
«sarskiy lokot» qabul qilingan. Eramizdan oldingi XVIII asrda qirol Xammurapi
standartlashtirilgan og‘irlik va o‘lchovlar to‘g‘risida qonun qabul qilgan.
Bir paytda tosh va tarozilar rivojlanish davrida keng qo‘llanilad boshladi. Bunda
og‘irlik o‘lchov toshi va o‘lchovlarni keng qullash bilan birgalikda ularni
qalbakilashtirishni ham oldini olish uchun hamma tomonlama qonuniy jazolar ishlab
chiqildi.
Bir necha misollarni shuni ko‘rsatadiki, o‘lchash hajmi me’yoriy-qonunlar bilan
tenglashtirilgan. Uzoq o‘tmish tariximizdan ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy
yodgorlik bino va inshoatlarida qurilishida standartlashtirish faoliyati ham muhim
o‘rin tutib, o‘sha paytdagi qurilish ashyolarini birxillashtirish ya’ni peshtoqladagi
xandasaviy naqshlar, panjaralar va to‘sinlar hamda poydevor va devorlardagi
g‘ishtlarning tarkibiy tuzilishi va o‘lchamlari standart andozalar bilan
tenglashtirilgani buning yorqin misolidir.
O‘zbekistonda qadimdan mahsulotlar etishtirish, hunarmandchilik mahsulotlari
jumladan, kosiblik sohasida poyafzallarning o‘lchamlari, chilangarlikda idish va
buyumlarining hajmlari hamda shakllari, temirchilikda yasalgan o‘xshash
buyumlarning og‘irlik va boshqa o‘lchamlarini teng qilib yaratilishi standart va
andozalardan foydalanganligining isbotdir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z istiqlolini qo‘lga kiritganidan so‘ng butun jahonda bir
qancha sohalar bo‘yicha aloqalarni o‘rnatishi shu bilan birga iqtisodiy hamkorliklar
ham yo‘lga quyib borilmoqda. Iqtisodiyotda tovar ayriboshlash muhim omillardan
biri bo‘lib hisoblanibgina qolmay, u aholining turmush tarzini o‘zgartirishiga
sabachi bo‘ladi. Mahsulot va tovarlarga bo‘lgan talablarni ortishi va shu bilan birga
ularga iste’molchining o‘zgacha talablar asosida yondashish standartlashtirish
faoliyatida fan va texnika yutuqlaridan foydalanish bilan amalga oshirilishi
standartlashtirishning muhim omillaridan biridir.
Standartlashtirish sohasida mahsulot va xizmatlarni davlat standartlari talablari
asosida yaratish, standartlashtirish faoliyatini nazorat etish, standartlashtirish
ob’ektlari ustidan tekshiruvlar o‘tkazish orqali mahsulot ishlab chiqarish va
xizmatlar ko‘rsatish sohalarini muvofiqlashtirish maqsadida «O‘zstandart» agentligi
tashkil etildi.
«O‘zstandart» agentligi 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
qoshidagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalari bo‘yicha
«Davstandart» markazi standartlashtirish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.
«O‘zstandart» agentligi standartlashtishi sohasidagi barcha ishlarni muvofiqlashtirib
jumlanadan, 1993 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan loyihasi ishlab chiqilib «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi loyihasi ko‘rib
chiqilib va «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Standart so‘zi inglizcha “Standard” so‘zidan olingan bo‘lib, me’yor, o‘lcham,
andoza degan ma’nolarni bildirib me’yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi. Standart -
bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum
sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning
har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan
qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan
olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir. Standartlar fan, texnika va
tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yuqori
darajadagi foydaga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Standartlar darajasiga
qarab, xalqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat
ko‘rsatadi. Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga
qo‘yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va
o‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi
oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan. Standartlashtirish tizimi
yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyiha - konstruktorlik hujjatlar berish,
korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni
va kerak bo‘lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida
mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga,
yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay
saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga
talablar belgilaydi. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
−
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarida mahsulotlar deb
yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi,
resurslarni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning manfaatlarini
himoya qilish;
−
mahsulotlarning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishi va bir-biriga
monandligini ta’minlash;
−
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi
va xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda
raqobatbardoshligini oshirish;
−
resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab
chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
−
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish; 5
−
tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga kelishi, havf-
xatarni hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash;
−
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati
to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash;
−
ishlab chiqaruvchi
(sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan mahsulot sifati to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarini
tasdiqlash.
Standartlar darajasiga qarab, xalqaro, mintakaviy davlatlararo, milliy va korxona
mikyosida faoliyat kursatadi.
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‘yish
bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‘zlashtirishni
tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va isteʼmolchi oralaridagi
munosabatlarni yaxshilashga yunaltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyixa -
konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat
ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa mahsulotning ishlab
chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida
mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga,
yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay
saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarkatish, sotish tashkilotlariga
talablar belgilaydi. Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar
singari asosiy yo‘nalishlarni bir – biriga bog‘lovchi vosita hamdir.
Ko‘pgina texnika jixatidan ilg‘or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga
o‘suvchi qiziqish qayd kilinmokda, uning asosi bo‘lgan standartlashtirishning
nazariyasiga ham katta eʼtibor berilmoqda. Standartlashtirishni texnika
taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, mahsulot sifatini
yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni taʼsirchan vositalaridan biri
sifatida kurilmokda.
Nazorat savollari :
1.
Standartlashtirish tarixi haqida tushuncha bering ?
2.
Standart deganda nimani tushunasiz ?
3.
Standartlashtirish nima uchun zarur va muhim hisoblanadi ?
Dostları ilə paylaş: |