I. Mashg’ulotning maqsadi: Texnikada foydalaniladigan suyuqliklar uchun gidrostatik bosim kuchini aniqlashga doir misol va masalalar yechishdan iborat.
II. Mashg’ulotni o’tkazishga oid bo’lgan vositalar: Hisoblash uchun zaruriy jadvallar va kalkulyator.
III. Mashg’ulotga oid nazariy ma’lumotlar Gidrostatik bosim kuchi suyuqlikning istalgan nuqtasi uchun quyidagi bog’lanish asosida aniqlanadi:
P=Po+·g·h (1)
Bu yerda: p – gidrostatik bosim, Pa;
po– suyuqlik erkin sirtiga ta’sir qiluvchi bosim, Pa;
– suyuqlik zichligi, kg/m3;
g – erkin tushish tezlanishi, m/s2;
h– berilgan nuqtadagi suyuqlik ustunining balandligi, m.
(1) tenglik gidrostatikaning asosiy tenglamasi deyiladi. Bu tenglikdan ko’rinib turibdiki, suyuqlik sirtidan berilgan Po tashqi bosim suyuqlikning hamma nuqtalariga bir xil uzatiladi (Paskal qonuni). Gidrostatik bosim to’liq yoki absolyut Pabs, bosim, gh- kattalik esa ortiqcha (izbitochnoye-ortiqcha) bosim deyiladi. Shunday qilib, suyuqlik erkin sirtiga ta’sir qilayotgan bosim atmosfera bosimi (Po=Pat/)ga teng bo’lsa, u holda: Pabs=Pat+Pizb (2)
Agar atmosfera bosimi absolyut bosimdan katta bo’lsa, o’lchov asbobi siyraklashgan bosim (vakuum- Pvak.)ni ko’rsatadi:
Pabs1 = Pat - Pvak (3)
Manfiy ishorali ortiqcha bosim vakuummetrik bosim deyiladi.
Suyuqlik tekis sirtining birlik yuzasiga beriladigan ortiqcha bosim quyidagiga teng: Pizb = ·g·h(4)
Tekis sirtga ta’sir qiluvchi to’la kuch ho’llangan yuza bilan uning og’irlik markaziga ta’sir qiluvchi gidrostatik bosimning ko’paytmasiga teng:
Р =(Ро + ·g·h)·Fст(5)