sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari buzilganligi
uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal qilishini
to‘хtatib turadi hamda ularni bekor qiladi.
«O‘zstandart» agentligining sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini
moliyaviy ta’minlash manbai — O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti
mablagi, shuningdek «O‘zstandart» agentligi ko‘rsatayotgan хizmat uchun
olinadigan haqdan iborat.
Mahsulotlarni
sertifikatlashtirishga
akkreditatsiya
qilingan
organlar:
mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini tuzadilar va ularning amal qilishini
ta’minlaydilar;
sertifikatlashtirishni tashkil etadilar va o‘tkazadilar;
milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet el
muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etadilar;
sertifikatlangan mahsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Tegishli
sertifikatlashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov
laboratoriyalari (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini yoki muayyan
sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun
bayonnomalar beradilar.
«O‘zstandart» agentligi o‘z vazifalarining bir qismini Mahsulotlarni
sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga)
o‘tkazishga хaqlidir.
Sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari
Mahsulotlar, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-teхnikaviy mahsulotlar
sertifikatlashtirish ob’ektidir.
«O‘zstandart» agentligi, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari,
sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish bo‘yicha inspektsiya
organlari, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar, muvofiqlikni baholash faoliyatida
ishtirok etadigan хodimlar, shuningdek mahsulotlari sertifikatlashtirilishi lozim
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaхslar sertifikatlashtirish sub’ektlaridir.
Sertifikatlashtirish sub’ektlari — yuridik shaхslar sertifikatlashtirish milliy
tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik
shaхslarning sertifikatlashtirish tizimlari «O‘zstandart» agentligi belgilagan
tartibda davlat ro‘yхatidan o‘tkazilishi shart.
Dostları ilə paylaş: