Kattalik birliklari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro birliklar tizimining kattalik birliklarini
belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Kattalik birliklarining nomlari,
belgilari, ularni yozish va qo‘llash qoidalari maxsus vakolatli davlat organining
taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan xalqaro birliklar
tizimiga kiritilmagan birliklarni qo‘llashga ruxsat berilishi mumkin.
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shartnoma shartlariga
muvofiq o‘zga kattalik birliklaridan ham foydalanish mumkin.
IV-Bob. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya хizmati
organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini
tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari (19-modda):
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlaridir:
etalonlar;
o‘lchash vositalari;
sinov vositalari;
standart namunalar;
axborot-o‘lchash tizimlari;
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari;
o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish
chog‘idagi miqdori;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar.
Davlat metrologiya tekshiruvi Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlarining metrologik,
texnik tavsiflarini aniqlash va (yoki) tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya
tekshiruvi amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi:
o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarini va o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik
attestatsiyadan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash, kalibrlash;
sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish.