Darsning maqsadi: o'quvchilargа algoritmni tasvirlash usullari haqida ma`lumot berish.
Darsning ta'limiy vazifasi: O`quvchilarda algoritmni tasvirlash usullari (so`zlar orqali, formulalar yordamida, jadval ko`rinishida, grafik shaklda, blok sxema shaklida tasvirlash) haqida bilim va ko`nikma shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o'quvchilarda hayotdagi har qanday vaziyat uchun turli ko`rinishdagi rejalarni tahlil etish orqali to`g`ri yechim toppish va sinfdoshlari bilan samimiy do`stona muloqot o`rnatishga yo`naltirish .
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quvchilarda fanlararo bog`lanishni tushungan holda o`quv fanlarini o`zlashtirishiga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirish.
O'quv
jarayonining mazmuni
Algoritmni tasvirlash usullari (so`zlar orqali, formulalar yordamida, jadval ko`rinishida, grafik shaklda, blok sxema shaklida) tasvirlash. Algoritmni tasvirlash usullarining har biri uchun turli o`quv fanlaridan misollar keltirish bilan fanlararo bog`lanishni amalga oshirish.
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Uslub: Aralash.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash