Darsning borishi va vaqt taqsimoti
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O'tilganlarni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
13 daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
Tashkiliy qism.Salomlashish, o’quvchilarnidarsgajalbqilish,sinf xonasining tozaligi, davomatni aniqlash. O’quvchilarni dunyo bo’ylab informatika faniyangiliklaridan boxabar qilish.
O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. Hayotdauchraydiganjadvalko'rinishidagimiqdorlargamisollarkeltiring.
2. Chiziqli massiv qanday o'lchovlarda bo'ladi?
3. Massivda indeks nima uchun zarur?
4. Massiv elementlarining indekslari qanday qiymatlar qabul qilishi mumkin?
5. Jadval ko'rinishidagi miqdorlarning turlarini qanday ajratish mumkin?
Yangi mavzu bayoni:
Kundalik hayotda ko'p turdagi jadvallardan foydalaniladi: dars jadvali, shaxmat yoki futbol o'yinlari bo'yicha musobaqa jadvali, Pifagor (karra) jadvali, kelishiklar jadvali va boshqalar. Jadvalni tashkil etuvchilar uning elementlari deyiladi. Jadval ko'rinishidagi miqdorlar bir o'lchovli (chiziqli), ikki o'lchovli (to'g'ri to'rtburchakli), uch o'lchovli (parallelopipedli) va hokazo bo'ladi. Biz bu darslik chegarasida chiziqli va to'g'ri to'rtburchakli jadvahami ko'rib chiqamiz.
Chiziqli jadvallar satr yoki ustun shaklida ifodalanadi. Masalan, sinfingizdagi o'quvchilar ro'yxati sinf jurnalida ustun shaklidagi jadval ko'rinishida yozilgan. O'quvchilarning familiyalari bu jadvalning ele- mentlarini tashkil etadi. Ularning har biri o'z tartib raqamiga ega va har bir tartib raqamga faqat bitta o'quvchining familiyasi mos keladi.
Ikki o'lchovli jadvallar ustunlar va satrlardan tashkil topadi (matn protsessori va elektron jadvallarga oid mavzularni eslang). Ularning elementlari ustun va satrlar kesishgan kataklarda joylashadi. Bunday jadvallar da biror elementni ko'rsatish uchun uning nechanchi satr va nechanchi ustunda joylashganligini, ya'ni satr va ustun bo'yicha tartib raqamlarini bilish kerak bo'ladi. Demak, ikki o'lchovli jadvalning har bir elementiga ikkita (satr va ustun bo'yicha) tartib raqami mos keladi.
Paskal dasturlash tilida jadvallar bilan ishlash uchun massiv tushunchasi kiritilgan. Massiv — jadval ko'rinishidagi miqdor bo'lib, u aniq sondagi bir turli va tartiblangan (ya'ni, tartib raqamiga ega) elementlar majmuidan iborat. Massiv elementlarining tartib raqami butun sonlarda ifodalanadi, ya'ni ular manfiy son bo'lishi ham mumkin.
Paskalda har bir massiv o'z nomiga ega bo'lib, ularni nomlash o'zgaruvchilarni nomlash kabidir. Masalan: a5, dars_jadvali, tub_sonlar. Massiv elementlarining tartib raqami indeks deb ataladi va indeks kvadrat qavs ichida yoziladi. Masalan, a[5] yozuvi — a nomli massivning beshinchi elementini bildiradi, ya'ni massiv nomi — a, indeks — 5.
misol. A nomli 7 ta elementdan iborat chiziqli jadvalni hosil qiling.
Tartib raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Qiymati
|
X
|
A
|
a
|
t
|
r
|
z
|
m
|
Demak, jadval elementlari va ularga mos qiymatlar quyidagicha moslikda ekan:
-
Jadval element!
|
A[l]
|
A[2]
|
A[3]
|
A[4]
|
A[5]
|
A[6]
|
A[7]
|
Qiymati
|
X
|
A
|
a
|
t
|
r
|
z
|
m
|
Ikki o'lchovli massiv elementlari ikkita indeks orqali aniqlanib, ular o'zaro vergul bilan ajratib yoziladi va birinchi indeks satr tartib raqamini, ikkinchi indeks ustun tartib raqamini bildiradi. Masalan, S[4,3] yozuvi — S nomli massivning 4-satri va 3-ustuni kesishgan katakda joylashgan elementini bildiradi.
2- misol. S nomli 4><5 (4 ga 5, ya'ni 4 ta satrli va 5 ta ustunli) to'g'ri to'rtburchakli jadvalni tasvirlang
Satr bo'yicha tartib raqami
|
Ustun bo'yicha tartib raqami
|
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1
|
3.2
S[l,2]
|
1.37
S[l,3]
|
-1.25
S[l,4]
|
7.12
S[l,5]
|
-11.4
S[l,6]
|
2
|
0.5
S[2,2]
|
1.1
S[2,3]
|
1.2
S[2,4]
|
-1,1 S[2,5]
|
4.22
S[2,6]
|
3
|
-0.1
S[3,2]
|
1.01
S[3,3]
|
71.2
S[3,4]
|
4.1
S[3,5]
|
-4.11
S[3,6]
|
4
|
6.3
S[4,2]
|
-7.01
S[4,3]
|
1.5
S[4,4]
|
7.5
S[4,5]
|
-1.09
S [4,6]
|
Paskal dasturlash tilida tavsiflangan massivlar uchun xotiradan joy zaxiralab qo'yiladi. Shu sababli xotiraning keragidan ortiq qismini band qilmaslik uchun massiv turidan tashqari nechta elementdan iborat ekanligini bilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Umuman, chiziqli К dan S gacha tartiblangan massiv elementlari soni S—K+l ta, ikki o'lchovli satrlari В dan M gacha va ustunlari A dan G gacha tartiblangan massiv elementlari soni (M—B+l) • (G-A+l) ta bo'ladi. Masalan, 3-misoldagi -1 dan 3 gacha tartiblangan A massivda (3 — (-1)+1=3+1+1=) 5 ta butun qiymatli element, 4-misoldagi satrlari 0 dan 1 gacha va ustunlari 0 dan 2 gacha tartiblangan В massivda ((l-0+l)-(2-0+l)=2'3=) 6 ta butun qiymatli element bor
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mashqlar
1.Quyida keltirilgan ketma-ketliklar qanday o'lchovli massivlarning ifodalashini va nechta elementdan iboratligini aniqlang.
A[0], A[l], A[2], A[3], ... , A[99];
B[0,0], B[0,1], B[0,2], ... , B[3,5];
M[0,0,0], M[0,0,1], ... , M[l,l,l].
G[-22,3], G[-22,4], G[-22,5],..., G[-20,5].
2.Butun turdagi, chiziqli 100 ta elementli jadval qaysi javobda to'g'ri tavsiflangan?
Uyga vazifa: Mavzuni o’rganib kelish.3-mashiqni bajarish.
Sana : ______________
Sinf : _________________
Mavzu: 18- dars. Jadval ko'rinishidagi miqdorlar mavzusini takrorlash
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Jadval ko'rinishidagi miqdorlar mavzusini takrorlash
|
Maqsad
va
vazifalar
|
Darsning maqsadi: o'quvchilargа jadval ko'rinishidagi miqdorlar bilan ishlashni o’rgaish.
Darsning ta'limiy vazifasi: o'quvchilarda bir o’lchovli(chiziqli) ikki o’lchovli(to’g’ri to’rtburchak), uch o’lchovli h.k. jadval ko'rinishidagi miqdorlar haqida bilim va ko'nikma berish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o'quvchilarni yangi bilimlar egallashga va qattiyatli bo’lishga .
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quv chilarning berilgan topshiriqlarni kompyuterdan foydalangan holda hal etish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish
|
O'quv
jarayonining mazmuni
|
O’quvchilarda jadval ko'rinishidagi miqdorlar, ularnng o’lcovlari, tulari. Jadval ko'rinishidagi o’zaruvchilarni tavsiflsh, Jadval ko'rinishidagi o’zaruvchilarning elementlari, indes, elementar soni
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: Aralash.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O'quvchilar jadval ko'rinishidagi miqdorlar- bir o’lchovli(chiziqli) ikki o’lchovli(to’g’ri to’rtburchak), uch o’lchovli va hokazo, ya’ni massivlar blan ishlash ko'nikmalarigaega bo'ladi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida key- ingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va re- jalashtiradi
|
5>
Dostları ilə paylaş: |