MTlarda, BTlardagi kabi tezkorlikka ta’sir etuvchi injeksiya va ekstraksiya natijasida
noasosiy zaryad tashuvchilarning to‘planish jarayonlari mavjud emas.
p–n o‘tish bilan boshqariluvchi
n – kanalli MT tuzilmasining ko‘ndalang kesimi va
uning shartli belgilanishi 4.1 - rasmda keltirilgan.
a)
b)
4.1-rasm
n–turdagi soha
kanal deb ataladi. Kanalga zaryad tashuvchilar kiritiladigan
kontakt
istok (I); zaryad tashuvchilar chiqib ketadigan kontakt
stok (S) deb ataladi.
Zatvor (Z) boshqaruvchi elektrod hisoblanadi. Zatvor va istok oralig‘iga kuchlanish
berilganda yuzaga keladigan elektr maydoni kanal o‘tkazuvchanligini, natijada
kanaldan oqib o‘tayotgan tokni o‘zgartiradi. Zatvor sifatida kanalga nisbatan
o‘tkazuvchanligi teskari turdagi soha qo‘llaniladi. Ishchi rejimda u teskari ulangan
bo‘lib kanal bilan p
– n o‘tish hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: