bir turi hisoblanib, o’lchanayotgan kattalikning va o’lchov orqali yaratilgan
kattalikning ayirmasini (farqini) o’lchash asbobiga ta’sir qilish usuli. Masalan,
vol’tmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o’lchash, bunda
kuchlanishlarning biri juda yuqori aniqlikda ma’lum, ikkinchisi esa izlanayotgan
kattalik hisoblanadi.
∆U = U
0
- U
x
,
bundan
U
x
= U
0
- ∆U
O’rindoshlik o’lchash usuli – bu usul o’lchanayotgan kattalikning o’lchov
orqali yaratilgan ma’lum qiymatli kattalik bilan o’rin almashishiga asoslangan.
Masalan, qarshiliklar magazini yordamida
tekshirilayotgan resistor R
x
ning qarshiligini topish.
Bunda kalit “K” ni ikkala holatda (1 va 2)
qo’yganda α
1
= α
2
shart bajarilishi kerak.
I
1
=U/R
0
α
1
;
I
2
=U/R
x
α
2
,
bu
yerda
α
1
va
α
2
lar
ampermetr
ko‘rsatkichining og‘ish burchagi.
Mos kelish usuli – bu o’lchanayotgan kattalik bilan o’lchov orqali
yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar yoki davriy signallarni mos
keltirish orqali o’tkaziladigan o’lchash. Masalan, kalibr yordamida val diametrini
o’lchash, yoki uzunlikni shtangensirkul bilan o’lchash. Bundan tashqari
o’lchanadigan kattalikning vaqt bo’yicha o’zgarish jarayoniga qarab o’lchash
quyidagicha turlanadi. O’lchash jarayonida vaqt bo’yicha o’zgaradigan kattalikni
o’lchash – statik (bunga, kattalikning turg’un, ta’sir etuvchi, amplituda
qiymatlarini o’lchash misol bo’ladi), vaqt bo’yicha o’zgaradigan qiymatlarni
o’lchash esa – dinamik o’lchash deyiladi (masalan, tok yoki kuchlanishlarni oniy
qiymatlarini o’lchash).
Dinamik o’lchshlarda agar o’lchash vositasi o’lchanadigan kattalikning
uzluksiz o’zgarishini qayd qila olsa, bunda uni uzluksiz o’lchash deyiladi.
Dostları ilə paylaş: