1 – mA’ruza mavzu: Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida Reja



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə88/101
tarix25.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#62294
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101
MA\'RUZALAR MATNI

O’qituvchi: Bu erda hammasi bo’lib nechta cho’p bor?
O’quvchi: O’n ettita.
O’qituvchi: Nechta o’nlik?
O’quvchi: Bitta.
O’qituvchi: Buni raqam bilan belgilaylik (pastki chap cho’ntakka 1 raqamini
qo’yadi) 17 sonida nechta birlik bor? Buni raqam bilan belgilaylik. (pastki o’n
cho’ntakka 7 raqamini qo’yadi) 17 soni yoziladi. O’ng tomondan birinchi yozilgan 7
raqami nimani bildiradi?
O’nlik Birlik
9
O’quvchi: Ettita birlikni.
O’qituvchi: Ikkinchi o’rinda turgan 1 raqami nimani bildiradi?
O’quvchi: Bitta o’nlikni.
Xuddi shunga o’xshash bir necha son ko’riladi, so’ngra bolalar o’z daftarlariga
sonlarni “o’nliklar” va “birliklar” yozuvli jadvallarga yozadilar va har qaysi
raqamning qiymatini tushuntiradilar. 20, 10 sonlarini yozilishi alohida o’rgatiladi. (1,
2) raqami sonda 1 ta, 2 ta o’nlik birligini, 0 raqami sonda birlik yo’qligini bildiradi.Sonlarni yozish malakasini mustahkamlash uchun individual qo’llanmadan ya’ni jadvaldan foydalaniladi, bunda og’zaki nomerlash ham takrorlanadi. Masalan: 17 sonini belgilang. Bu sonda nechta o’nlik va nechta birlik bor? 18 sonidan keyin keladigan 13 sonidan oldin keladigan sonni belgilang. 15 dan 1 ta ortiq sonni yozishni 12+1, 18-1 misollarni echish va javobini yozishni natijani topishni tushuntirish o’rgatiladi. 12+1 ni tushuntirishda quyidagicha fikr yuritiladi. 12 ga 1 ni qo’shsak, 13 hosil bo’ldi, chunki songa 1 ni qo’shsak, sanoqda undan keyin keladigan
son hosil bo’ladi. O’quvchilar sonlarni taqqoslar ekan, ular birliklardan tashkil topgan
sonlarni yozish uchun bitta raqam (bitta belgi) o’nliklardan yoki o’nlik va birlikdan iborat sonni yozish uchun esa ikkita raqam (ikkita belgi) kerak bo’lishini ko’radilar.
Bir xonali va ikki xonali son terminlari kiritiladi. Bir xonali va ikki xonali sonlarni farqlashga doir mashqlar bajariladi.
1. Ushbu sonlar qatoridan oldin bir xonali, keyin ikki xonali sonlarni yozib oling. 2, 13, 8, 17, 15, 6, 11, 10

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin