1 – mA’ruza mavzu: Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida Reja


ichida sonlarni nomlarini o’zlashtirish ular o’nliklar va birliklardan qanday hosil bo’lishini tushunish. 2



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə90/101
tarix25.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#62294
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   101
MA\'RUZALAR MATNI

1. 100 ichida sonlarni nomlarini o’zlashtirish ular o’nliklar va birliklardan qanday
hosil bo’lishini tushunish.
2. Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish. Sonlarning natural ketma-ketligidagi o’rinlarini bilganlikka, shuningdek sonlarning o’nli tarkiblarini bilganlikka asoslanib sonlarni taqqoslay olish.
3. Yuz ichida sonlarni yozish va o’qiy olish, o’ngdan chapga chanalganda birliklar (Ixona birliklari) qaysi o’ringa va o’nliklar (II xona birliklari) qaysi o’ringayozilishini o’zlashtirish.
4. Naural ketma ketlikni bilganlik asosida sonlarni qo’shish va ayirishni bilish, sonlarning o’nli tarkiblari asosida sonlarni qo’shish va ayirishni bilish, sonlarning xona qo’shiluvchilarining yig’indisi bilan namunaga qarab hozirgi xona qo’shiluvchilarining yig’indisi terminidan foydalanmay turib almashtirish malakasini egallab olish.
Nazorat savollari
1. Yuz ichidagi sonlarni nomerlashni o’rganish necha bsoqichda amalga
oshiriladi?
2. Yuz ichidagi sonlarni og’zaki nomerlash qanday amalga oshiriladi?
3. Yozma nomerlash-chi.
4. Yuz ichidagi sonlarni yozish qanday qoidaga bo’ysunadi?
5. Yuz ichidagi sonlarni taqqoslash qanday amalga oshiriladi?
6. 25 da nechta yuzlik nechta birlik bor?
7. 3 o’nlik 7 birlik iborat son qaysi son?
13-MA’RUZA
MAVZU: Boshlang‘ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi. Boshlangi‘ch sinflarda o‘rganiladigan asosiy miqdorlar: uzunlik, massa, narx, baho, vaqt, masofa, tezlik. Miqdorlarni o'lchash, o‘lchov birliklarining turlari orasidagi bog‘liqliklar va ular ustida amallar bajarishga o‘rgatish metodikasi.
REJA:

        1. Boshlang‘ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi.

        2. Boshlangi‘ch sinflarda o‘rganiladigan asosiy miqdorlar: uzunlik, massa, narx, baho, vaqt, masofa, tezlik. Miqdorlami o'lchash, o‘lchov birliklarining turlari orasidagi bog‘liqliklar va ular ustida amallar bajarishga o‘rgatish metodikasi.

Matematikada o‘rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Boshlang‘ich sinflarda uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar o‘rganiladi. Boshlang‘ich sinflarda bu miqdorlarni asosiy miqdorlar deyiladi. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ba’zi hosilaviy miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o‘rganishda ularni o‘lchash masalasi o‘rganilmaydi.
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarining asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqiylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur hosil qilish uchun foydalaniladi.
1-2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar1.
Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa mazmunga ega bo‘lgan “Miqdor va raqam” tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lcham birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm, ..., 20 dm kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma-ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan – (20 dm) yozib qo‘yamiz.
Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (20 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqami ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m).
Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqisda mazkur yordamlardan nixoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 78,40,11,99 kabi misollardan belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5dm, 1m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganini qayta-qayta takidlanishi lozim.
Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; “385 va 481 sonlarini qo‘shing”, yoki “3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlarni qo‘shing” kabi.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni aloxida takidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi O‘qituvchi harbir miqdorni o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib,o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etish mumkin.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin