1 – mA’ruza mavzu: Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida Reja


Sinfdan tashqari ishlarda foydalanish uchun tavsiyalar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə34/101
tarix25.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#62294
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   101
MA\'RUZALAR MATNI

4. Sinfdan tashqari ishlarda foydalanish uchun tavsiyalar.
Mavzu: O`zbekiston faxridir Farg’onalik Farg’oniy
Mashg’ulot maqsadi: O’quvchilarni Farg’oniyning hayoti va ijodidan foydalanib matematikaga qiziqtirish haqida ma'lumotlarni yetkazish hamda qiziqarli matematikadan saboq berish.
Mashg’ulot turi: Sahlanishtirilgan dars.
Mashg’ulot ko`rgazmasi: A. Farg’oniyning portreti, topqirlik mashqi, usturlob hamda nilometr chizilgan ko`rgazmalar, Farg’oniy haqidagi videotasma. (Farg’oniy hayoti va ijodi aks etgan topqirlik mashqi o’quvchilarga oldindan e'lon qilinadi va g’oliblar mashg’ulotga taklif etiladi.
1. Farg’oniyning hayoti va ijodi haqidagi ma'ruza.
Ma'ruzachi: To`garak rahbari.
2. Farg’oniy ijodiga bag’ishlangan kompozitsiya.
3. Ahmad Farg’oniyning ijodi haqida kichik sahna ko`rinishi.
4. Qiziqarli matematika sahifasi.
Nazorat savollari:
1. Hozirgi zamon darslarining mazmuni va o‘tkazish metodlariga qo‘yladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
2. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tatbig‘i deganda nimalarni tushunasiz?
3. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish xususiyatlari va ularning turlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo‘yicha namunaviy mashg‘ulot tayyorlang.

1. O’qitishni tashkil qilishning darsdan tashqari shakllari va mohiyati.


a) matematika to’garagi;
b) matematika ertaligi;
d) matematikadan fakultativ mashg’ulotlar;
e) matematik matbuot;
f) matematik viktorina va olimpiadalar.
2. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mohiyati:
Darsdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud: matematikadan mustaqil uy ishlari, o’quvchilarning alohida va guruhli ishlari, matematik sayohatlar, matematikadan sinfdan tashqari ishlar.
a) matematikadan mustaqil uy ishlari. Uy vazifasining mazmuni bir tomondan darsda o‘rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog‘i kerak. Uy ishi barcha bolalar uni mustaqil bajarishga tayyor bo’lganlaridagina samaralidir. Boshlang’ich sinflarda o’quvchiga beriladigan uyvazifalari hajmi sinfda bajarilgan ish hajmining yarmini tashkil etish kerak. Uy vazifalarni bajarishlari uchun 1- sinfda 1 soatgacha, 2- sinfda 1 – 1,5 soat, 3- sinfda 1,5 – 2 soat, 4- sinfda 2 soat vaqt ajratilishi kerak.
b) O’quvchilarning alohida va guruhli ishlar.
Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad o’quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash, o’quvchilarnig o‘zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat.
Guruhli mashg‘ulotlari butun sinf o’quvchilari bilimidagi kamchiliklar bir xil bo‘lgandagina o‘tkaziladi. Bazan bunday mashg‘ulotlar individual xaraktyerda bo‘lishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlarning tafsiloti: muvoffaqiyatga erishmoq uchun u yoki bu o’quvchining o‘zlashtirmaslik sabablarini aniq bilish, ular yo‘l qo‘yadigan xatolarni aniq hisobga olish kerak: bu o’quvchi qaysi bosqichda «xatoga yo‘l» qo’ygan, nimani yetarlicha o‘zlashtirmaganini aniqlashga yordam beradi deb xulosalanadi.
d) matematik sayohatlar. Matematik sayohatlarning maqsadi – aniq hayotiy dalil va taassurotlarni talab qilish.
Sayohat o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.
Maktabning joylashgan o‘rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, jamoa xo‘jaligi va boshqa joylarga sayohatlar o‘tkaziladi.
Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin.
e) matematikadan sinfdan tashqari ishlar.
2. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mohiyati.
Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud: matematika to’garagi, matematika ertaligi, matematikadan fakultativ mashg’ulotlar, matematik matbuot, matematik viktorina va olimpiadalar.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin