Matematik tanlovlar.Tanlovlar har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli fikrlaydigan masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar bo‘lib hisoblanadi. Asosan o’quvchilarning xohishi bo‘yicha masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan, yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. Tanlovlar o‘tkazishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofikdir.
Quyida 2- sinflarda tanlovlar o‘tkazishga misollar keltiramiz. 2-sinf (3-chorak).
№1. Ikki o‘ram jun ipdan 3 ta qalpoq to’qish mumkin. Shunday 9 ta qalpoq o’qish uchun necha o‘ram ip kerak?
№2. Vali va Salimning 30 ta konfeti bor edi. Ular baravardan yeyishgandan keyin Valida 9 ta, Salimda 5 ta konfet qoldi, ular qanchadan yeyishgan?
№3. Shaklda nechta uch bor?
№4. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonlari berilgan. Bu qatordagi sonlardan uchtalab qo‘shganda 15 soni chiqadigan nechta misol keltirish mumkin.
Matematik olimpiadalar. Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng mashtabda o‘tkaziladigan va matematika o‘rganishda o’quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir.
Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog‘liq holda maktab ichida, tuman va shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 3 - sinfdan boshlab o‘tkazib, g‘oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o’quvchilar yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi.
Matematik matbuot va viktorinalar Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o‘z ichga olgan topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib, qiziqish xarakterida bo‘ladi.
Viktorinada esa o’quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. Javoblar belgilangan vaqtda o’quvchilarga yetkaziladi.
Matematik tanlovlar va viktorinalar. Tanlov mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi.
Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan, taqqoslash yordamida hisoblash
2. Mantiqiy masala va mashqlarni,
3. Тopqirlik, ziyraklikka oid mashqlar,
4. Hisoblashlari murakkab bo‘lgan masalarni
5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik shakllar mazmunini yoritishga oid topshiriqlar.
Matematik viktorinalar – gazetalardan farqli ravishda faqat o’quvchilarga yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum vaqt ichida o’qituvchi tomonidan g‘olib o’quvchi aniqlanib e’lon qilib boriladi.
Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:
1. Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin.
2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi.
3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika burchagini tashkil qilishni o’quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Fakultativ mashg’ulotlar. Boshlang‘ich sinflarda fakultativ mashg‘ulotlarni tashkil etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Fakultativ mashg‘ulotlarda o‘rganiladigan materiallar darslik materiallarini takrorlamagan holda o‘rganilib, boshlang‘ich sinf o’quvchilarining bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim. Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o‘rganish va matematika darslari samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir mashg‘ulotda tavsiya etiladi. Masalan, 1-mashg‘ulotda Abu Rayhon Beruniy, 2-mashg‘ulotda Abu Ali ibn Sino, keyingisida al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek kabi mutafakkirlar merosidan boshlang‘ich sinfga xos tomonlari o‘rganiladi.
3. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari. Darhaqiqat, o‘zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o‘tmishdayoq olib borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonlarni odobli, ma’naviyati yuksak, komil mehnatsevar, vatanparvar bo‘lib tarbiyalanishiga yangi g‘oya va ta’limotlarni yaratganlar. Bular: Muso al-Xorazmiy (783–850), Abu Rayhon Beruniy (973–1048), Ibn Sino(980 –1037); Umar Hayyom (1048–1131); Nasriddin at-Тusiy (1201–1274); Ulug‘bek (2394–1449), G’iyosiddin al-Koshiy; Ali Qushchi (1402–1474); va boshqalarning bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizga asos bo‘ladi. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarning O’qishi, mehnati, odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta e’tibor berilgan. Jumladan, Nasriddin Тusiy fikri bo‘yicha o’qituvchi o’quvchilarni aql-zakovatiga ta’sir qilishi uchun o’quvchilar ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas’uliyatini his qilishi lozim. Abu Nasr Forobiy o’qituvchi faoliyatida yoshlarning axloqiy me’yorlari, amaliy ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilganligi asosiy vazifalardan biri ekanligini ifodalaydi. Ibn Sino fikricha, tarixiy manbaalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishi shaxs faoliyatida muhim hisoblanishini ta’kidlab o‘tadi. Abu Rayhon Beruniy pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va o‘rni, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik asosida qurilgan. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik g‘oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir.
Ota-bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o‘rganib, uni ta’lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir ma’naviyatli va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir. Quyida biz boshlang‘ich sinflarda matematikadan dars samaradorligini oshirishga doir to‘garak mashg‘ulotini dars tipida o‘tkazish mumkin bo‘lgan namunasini tavsiya etamiz.