6
jarayonining samarali
borishini namoyon qilib, maqsadga
erishilganlik darajasini
xususiyatlaydi: ta’lim berish va ta’lim olish jarayoni
natija maqsadga mos
kelgandagina tugaydi.
Aniq maqsadni qo‘yish yo‘llari:
(1) o‘rganilayotgan mazmun orqali: “hodisani o‘rganish...”, “qonunni o‘rganish...”;
(2) ta’lim beruvchi faoliyati orqali: “... bilan tanishtirish”, “... tushuntirish”,
“...to‘g‘risida gapirib berish”;
(3) ta’lim oluvchilarning faoliyati orqali: “....topshiriq yechish”,“...mashqni
bajarish” ;
(4) ta’lim oluvchilarni ichki aqliy, hissiyotli, shaxsiy rivojlanish jarayonlari orqali:
“...ko‘nikmalarni
shakllantirish”,
“...mustaqil
bilishini
rivojlantirish”,
“...munosabatlarni shakllantirish”;
(5) ta’lim oluvchilar
harakatida ifodalangan, ta’lim natijalari orqali: “...aniq dalil,
qonun, tushunchalarni biladilar”, “...tushunadi va ...izohlaydi”, “...bajarishni
uddalaydi”, “...uchun qoidalarni qo‘llaydi”.
Maqsad - (1) pedagogik vazifalarni hal qilish tizimidek: ta’limiy; rivojlantiruvchi;
tarbiyalovchi;
qiziqtiruvchi; (2) o‘quv faoliyatining ko‘zlanayotgan natijalaridek
rasmiylashtiriladi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va to‘shiriqlar
1. Ta’limga texnologik yondashishning mohiyati nimada?
2. Mualliflik ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishda siz qanday kontse’tual
holatlardan kelib chiqasiz? Nima uchun?
3. “Talim texnologiyasi” tushunchasi “ishlab chiqarish texnologiyasi”
tushunchasidan hosil bo‘lgan deb ta’kidlanishiga o‘z talqiningizni bering.
4. “Pedagogik tizim”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “fan
uslubiyoti” tushunchalari o‘rtasidagi munosabatni tushuntiring.
5. Zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan ta’lim an’anaviy ta’lim
farqini tavsiflab bering.
6. Ta’lim texnologiyalarining mohiyatli belgilariga
batafsil aniqlik bering