4- MA’RUZA
OPTIK TOLALI ALOQA LINIYALARI
O‘quv savollari:
4.1. Optik aloqatizimlariningtasnifi. Raqamliva analog tolali optik aloqatizimlari. Xalqaro, magistral, regional, mahalliy va abonent ulanish optik aloqa tizimlari.
4.2. Tolali optik aloqa tizimlarining optik kanallarini zichlashtirish usullari: vaqt bo‘yicha zichlashtirish, chastota bo‘yicha zichlashtirish, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish.
4.1. Optik aloqa tizimlarining tasnifi. Raqamli va analog tolali optik aloqa tizimlari. Xalqaro, magistral, regional, mahalliy va abonent ulanish optik aloqa tizimlari
Qo‘llaniladigan modulyatsiya turiga ko‘ratolali optik aloqa (TOA) tizimlari analog va raqamliga bo‘linadi.
Analog TOA tizimlarida modulyatsiyaning analog usullari: intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash, amplituda, chastota va faza modulyatsiyasi turlari qo‘llaniladi. Optik nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va analog uzatish uchun talab etiladigan shovqinbardoshlilikni ta’minlash texnik murakkabligi sababli analog TOA tizimlaridan foydalanish chegaralangan. Shunga qaramay bir qator soxalarda qo‘llaniladi (optik kabelli televidenieda, telemetriya, operativ va xizmat aloqa tizimlarida).
Raqamli TOA tizimlarida modulyatsiyalashning diskret usullaridan foydalaniladi. Bunda signal tashuvchining biron-bir parametric diskret o‘zgaradi, ya’ni boshlang’ich parametrning qiymatlar sohasi kvantlash sathlariga bo‘linadi, xar bir kvantlash sathiga mos ravishda aniq diskret signal qo‘yiladi.
Vazifasi va signallarni uzatish masofasiga ko‘ra TOA tizimlari magistral, mintaqaviy, maxalliy-shaxar va qishloq aloqa tizimlariga bo‘linadi. Magistral TOA tizimlari signallarni 1000 km ga, zona TOA tizimlari signallarning 600 km ga uzatish, shaxar TOA tizimlari shaxar telefon tarmog’ining bog’lovchi liniyalarini zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
4.2. Tolali optik aloqa tizimlarining optik kanallarini zichlashtirish usullari: vaqt bo‘yicha zichlashtirish, chastota bo‘yicha zichlashtirish, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish
TOAT liniyalarini quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt bo‘yicha, chastota va to‘lqin uzunligi bo‘yicha.
Dostları ilə paylaş: |