Bunda liniya kabelidagi bir optik tola orqali ko‘plab axborotlarni uzatish xisobiga sezilarli darajada iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Bundan tashqari, bu usul qo‘shimcha qurilish ishlarisiz tarmoq rivojlanishini ta’minlash, shuningdek tarmoqlangan daraxtsimon va xalqali tarmoqlarni tuzish imkonini beradi. Bunda har xil tezlikli, raqamli va analog turli modulyatsiyali (telefon, televidenie, telemetriya,boshqarish signallari) signallarni uzatish imkoniyati kengayadi. Bu esa iqtisodni tejovchi ko‘p funksiyali aloqa tizimlarini tashkil etishni ta’minlaydi.
Optik tolaning spektral o‘tkazish oralig’idan bir muncha to‘liq foydalanish bu usulning eng muhim afzalliklaridan biri hisoblanadi. Xozirgi kunda 0,8....1,8 mkm diapazon oralig’i o‘rganilgan. Agarda spektral kanalning kengligi 10 nm ni tashkil etsa, u holda belgilangan diapazonda 100 tagacha spektral kanallarni joylashtirish mumkin.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOA tizimlarida so‘nish va dispersiya qiymatlari kichik bir modali optik tolalardan, quvvati yuqori lazer nurlanish manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Foydalaniladigan bir modali optik tola 1,5...1,6 mkm to‘lqin uzunligida ishlashi va kvars shishasidan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOATda uzatishda optik kanallarni birlashtirish uchun optik multipleksor va qabul qilishda optik kanallarni ajratish uchun optik demultipleksor ishlatilinadi.
Optik multipleksor va demultipleksorlar spektral sezgir bo‘lib, selektiv hisoblanadi, ya’ni ularning xarakteristikalari optik to‘lqin uzunligiga bog’liq.
Nazoratsavollari
OA tizimlari qanday tasniflanadi?
TOAT liniyalarini qanday asosiy zichlashtirish usullarni bilasiz?
TOAT liniyalarini vaqt bo‘yicha zichlashtirish usulini tushuntiring.
TOAT liniyalarini chastota bo‘yicha zichlashtirish usulini tushuntiring.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usulini tushuntiring.
TOAT liniyalarini zichlashtirish usullaridan qaysi biri maksimal axborot sig’imiga ega?
Optik multipleksor va demultipleksorlarni tushuntiring?
Raqamli va analog tolali optik aloqa tizimlari?
Xalqaro, magistral, regional, mahalliy va abonent ulanish optik aloqa tizimlari?
Optik tolaning optik aloqa tizimidagi o‘rniga tafsiv bering.
Optik tola qanday tuzilgan?
Optik tola qanday materiallardan tayyorlanadi?
Tolali optik aloqa tizimida qo‘llaniladigan optik tolalarning qanday turlari mavjud? Ularga tafsiv bering.
Tolali optik aloqa tizimlarida optik tolalarning qanday standart-laridan keng foydalaniladi? Ularga tafsiv bering.
Qaysi holatda yorug’lik nuri faqatgina o‘zak bo‘ylab tarqaladi?
Ikki muhit chegarasidagi tekislikka tushgan yorug’lik nurining tushish va sinish burchaklari orasidagi bog’lanishni ifodalovchi Snellius qonuni qanday munosabat bilan aniqlanadi?
Optik tolaning muhim parametrlaridan biri - sindirish ko‘rsatkichining nisbiy farqi qanday munosabat bilan aniqlanadi?
Yorug’lik nurining to‘liq ichki qaytish burchagi uchun miqdoriy munosabatni yozing va uni tafsivlang.
Sonli apertura va burchak aperturasi tushunchalarini ta’riflang.
Ko‘p modali va bir modali tolalarni farqi nimada?
Ko‘p modali tolalarning qanday turlarini bilasiz?
Dispersiya bo‘yicha bir modali optik tolalar standart bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi va ularni qo‘llanish sohalarini tushuntiring.
Dispersiyasi siljigan tolalar qanday hosil qilinadi?
Tolali optik kabellar vazifasi, tuzilishi, tayyorlangan materialiga bog’liq ravishda qanday turlarga bo‘linadi?
Optik tolaning so‘nish bo‘yicha baxolanishi nimaga bog’liq?
Toladagi yo‘qotishlar qanday omillar tufayli yuzaga keladi?
Optik tolaning xususiy yo‘qotishlariqanday xosil bo‘ladi?
Optiktolaningkabelyo‘qotishlariqandayxosilbo‘ladi?
Optik signalni uzatish sifatiga qanday omillar ta’sir qiladi?
Optik tolaning dispersiya bo‘yicha baxolanishi nimaga bog’liq?
Dispersiya tushunchasini ta’riflang.
Dispersiyaniqanday turlarini bilasiz? Ularni ta’riflang.
Modalararo dispersiyani ta’riflang.
Xromatik dispersiyani ta’riflang.
Qutblangan moda dispersiyasini ta’riflang.
Dispersiyani kamaytirish maqsadida qaysi usullardan foydalaniladi?