1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja



Yüklə 165,68 Kb.
səhifə36/44
tarix14.12.2023
ölçüsü165,68 Kb.
#177033
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja-fayllar.org

Nazorat savollari
1.WDM texnologiyasini qo‘llashdan maqsad nima?

      1. 2.WDMli tizim qanday tuzilishga ega?


      2. 3.WDMningqandayafzallikvakamchiliklarinibilasiz?


4.WDMtizimlari transport texnologiyalaribilanqandaybog’lanishgaega?


6.WDMda multipleksorlashqandayamalgaoshadi?
7. To‘lqinli zichlashtiruvchi texnologiyalar qanday shaffoflik darchalarida ishlashga muljallangan?
8.WDMning qanday sinflarini bilasiz?
9.DWDMda signallarni uzatish qanday amalga oshadi?
10. WDM texnologiyasini qo‘llash bilan qanday muammolar yuzaga keladi?
6- MA’RUZA


TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARINING REGENERATORLARI


O‘quv savoli
6.1. Optik signallarni regeneratsiyalash.

6.2. Regeneratorning tuzilish sxemasi va ish prinsipi.




6.1. Optik signallarni regeneratsiyalash
Talab etiladigan signal-shovqin nisbatini, ya’ni shovqindan himoyalanganlikni ta’minlash maqsadida raqamli TOA liniyalarida retranslyatorlar joylashtiriladi. Retranslyatorlar ikki turga bo‘linadi:

1. Regeneratorlar;


2. Optik kuchaytirgichlar.
Dispersiya ta’siri uncha katta bo‘lmagan, “0” ni “1” dan farqlasa bo‘ladigan xolatlardagina optik kuchaytirgichlaridan foydalaniladi. Kuchaytirgichlar signal shaklini tiklamaydi, faqat so‘ngan signallarni kuchaytiradi va qabul qilingan signalga qo‘shimcha shovqinlar beradi. Shuning uchun ularni soni berilgan shovqindan himoyalanganlik (xatolik koeffitsienti) va dispersiyaning ruxsat etilgan qiymatlarini hisobga olgan holda chegaralanadi. Raqamli regeneratorlarda signallar nafaqat kuchaytiriladi, balki to‘g’rilanadi ham. Signallarni kuchaytirish, boshlang’ich shaklini tiklash, to‘g’rilash, shovqinlarni bartaraf etish regeneratsiyalash deyiladi. Regeneratsiyalash regeneratorlarda amalga oshiriladi. Regeneratorni uzatuvchi va qabul qiluvchi optik modullar va regeneratsiyalash bloki yig’indisi sifatida ko‘rish mumkin.
Regenerator va optik kuchaytirgichlarning taqqosiy xarakteristikalari 9.1-jadvalda berilgan.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usulida optik kuchaytirgichlarning vazifasi keskin ortadi. Chunki optik kuchaytirgichlar turli optik tashuvchili bir necha optik signallarni bir vaqtda kuchaytiradi. Xattoki bu hollarda ham, dispersiya tufayli signallarni buzilishiga va shovqinlarga qo‘yiladigan talablar bajarilmaydigan oraliq stansiyalarda va oxirgi stansiyalarda regeneratorlarni o‘rnatish shart.
Optik kuchaytirgichlar kam elementlardan tarkib topgani uchun uning tuzilishi oddiy. Lekin narxi ancha qimmat. Ehtiyojni oshishi bilan narxi arzonlashishi mumkin. Optik kuchaytirgichlarning ishonchliligi regeneratorlarga qaraganda yuqori. Bu uning eng muhim afzalligi bo‘lib, suv ostida optik kabellarni yotkazganda retranslyatorlarni tashkil etishda e’tiborga olinadi. Optik kuchaytirgichlarni ishi signallarni uzatish tezligiga bog’liq emas, regeneratorlarda esa aksincha. Regeneratorlar bitta signal bilan ishlaydi. Optik kuchaytirgichlar esa kuchaytirish zonasining berilgan oraliq chegarasida turli to‘lqin uzunlikli (WDM signal) bir necha optik signallarni bir vaqtda kuchaytiradi.
6.1-jadval
Regenerator va optik kuchaytirgichlarning qiyosiy xarakteristikalari

Xarakterisikasi


Regenerator


Optik kuchaytirgich


Tuzilishi


Murakkab


Oddiy

Narxi

Arzon

Qimmat, ammo tushayapti

Puxtaligi


Yuqori

Juda yuqori

Signalni regeneratsiyalash


Bajariladi


Bajarilmaydi


Uzatish tezligiga bog’liqligi


Bog’liq

Bog’liq emas

Bir vaqtda bir necha signallarni uzatish imkoniyati


Mavjud emas


Mavjud

Signal/ shovqin nisbati

Yuqori

Quyi

Qo‘llanish sohasi


Lokal, regional va regionlararo tarmoqlar


Regional va ragionlararo tarmoqlar


Retranslyator – regeneratorning umumiy tuzilish sxemasi 4.1-rasmda keltirilgan.





Yüklə 165,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin