6.1-rasm. Raqamli retranslyatorning umumlashgan tuzilish sxemasi
Sxemada:
OK – optik kabel (stansiya yoki liniya kabeli);
OEO‘ – optoelektron o‘zgartirgich. Optik signalni elektr signaliga o‘zgartiradi. OEO‘ sifatida p-i-n fotodiod yoki lavin fotodiod ishlatiladi;
DK – dastlabki kuchaytirgich;
AK – amplituda korrektori, optik kabelda birinchi navbatda dispersiya tufayli hosil bo‘ladigan buzilishlarni qisman bartaraf etadi;
QQF – qabul qiluvchi filtr, foydali chastota oralig’idan tashqaridagi shovqin va buzilishlarni bartaraf etish maqsadida signal spektriga bog’liq ravishda chastota oralig’ini chegaralaydi;
SAB – sathni avtomatik boshqaruvchi qurilma, elementlarning eskirishi, xarorat natijasida kabel va OEO‘ xususiyatlarining o‘zgarishidan qurilma kirishidagi signallar o‘zgarganda regenerator kirishidagi kirish signallari sathini doimiyligini ta’minlaydi;
BQ – boshqaruvchi qurilma, SAB qurilmasidan berilayotgan signallar ta’sirida OEO‘ uzatish parametrlari o‘zgarishini ta’minlaydi;
Reg – regenerator, elektr impulslari shaklini tiklaydi;
EOO‘ – elektron optik o‘zgartirgich, elektr impulslari ketma-ketligini optik impulslar ketma-ketligiga o‘zgartiradi. EOO‘ sifatida yorug’lik yoki lazer diodlari qo‘llaniladi.
Raqamli retranslyatorning asosiy elementi regenerator hisoblanadi.
6.2. Regeneratorning tuzilish sxemasi va ish prinsipi Regeneratorning umumlashgan tuzilish sxemasi 4.2- rasmda tasvirlangan.
6.2-rasm. Regeneratorning umumlashgan tuzilish sxemasi
Sxemada:
ChK – chegaralovchi kuchaytirgich;
KAB – kuchayishni avtomatik boshqaruvchi qurilma;
ChQ – chegaralovchi qurilma;
XQQ – hal qiluvchi qurilma;
TChA – taktli chastota ajratgich;
ShQ – shakllantiruvchi qurilma.
Bu elementlarning vazifalarini regenerator ishining vaqt diagrammasidan ko‘rish mumkin (3-rasm). Bu rasmdagi 1-6 signallar 3-rasmda tasvirlangan regeneratorning 1-6 nuqtalaridagi signal ko‘rinishlaridir.
Regenerator ishini ko‘rib chiqamiz.
QQF chiqishidan (4.1-rasm) signallar chegaralovchi kuchaytirgichga (1) tushadi. ChK KAB sxemasidan ham boshqariladi. KAB HQQ yordamida «1» va «0» impulslarni to‘g’ri hal qilish uchun signal sathini doimiyligini qo‘ shimcha ravishda saqlab turadi. ChKda signallar kuchaytiriladi va buzilishlarni ma’lum bir qismini bartaraf etish maqsadida signallarni amplitudalari chegaralanadi (2). ChK chiqishidan signal ChQ va TChA kirishiga tushadi. Signal sathi Ucheg dan oshsagina ChQ chiqishida signal hosil bo‘ladi (3). TChA chiqishidan HQQ kirishiga (4) fT=1/T taktli chastota impulslarining davriy ketma-ketligi uzatiladi, bu yerda T-impulslar ketma-ketligi davri.