Ko‘chma va osma halqalar. Ikki turdagi halqalardan: ko‘chma – tezkor
to‘p uzatishlarni takomillashtirishda (30-rasm) va osma – balandlatib uzatiladigan
to‘pning aniqligini takomil-lashtirishda (31-rasm) foydalaniladi. Ko‘chma
halqalarning diametri 80–100 sm bo‘lib, poldan 3,5–4,0
m oraliqda vertikal
ravishda joylashtiriladi. Osma halqalaring diametri 50–80 sm bo‘lib, to‘r yaqinida
yoki to‘rga (yoki trosga) gorizontal ravishda (4,2-zonalarda) o‘rnatiladi.
Uzaytirilgan to‘r. Zalning butun bo‘yi bo‘yicha tortiladi.
Uzaytirilgan
to‘rlar o‘yin texnikasi va taktikasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotning motor
zichligini oshiradi. Maydonchani qismlarga bo‘lib, vazifali o‘quv o‘yinlarini
tashkil etishda qo‘llaniladi.
Amortizatorli to‘plar. Zalning burchagiga o‘rnatiladi (32-rasm). To‘pga
charmli petlya tikiladi (yelimlanadi) (a) va unga rezinkali bog‘ichlar
biriktiriladi
(b). Rezinkali bog‘ichlar sifatida tibbiy rezinka bintlardan foydalaniladi.
Bog‘ichlarning bo‘sh qismi tomoniga karabinlar biriktiriladi (v) va ular yordamida
qurilma kerakli balandliklarda petlyali (d) ramalarga (g) o‘rnatiladi. Zarbadan
so‘ng to‘pning uzoq muddat tebranishi oldini olish uchun to‘pdan
polga tomon
mustahkam shnur (e) tortib qo‘yiladi. Trenajyor
hujum zarbasini berishdagi
harakat uyg‘unligini rivojlantirishda qo‘llaniladi.
32-rasm.
Dostları ilə paylaş: