Rasmiy matn: E’lon.Bugungi bayram munosabati bilan “Mantiqiy bilish-tafakkur nishonasi” mavzusida bayramga bag’ishlangan konkurs o’tkaziladi.Unda barcha o’zining ilmiy ishlari,kashfiyotlari,mantiqiy boshqotirmalari,aqlni rivojlantiruvchi treninglari bilan faol ishtirok etishi so’raladi.Konkursdan maqsad yoshlar orasida aqlni,iqtidorni rivojlantirish,o’stirishdan iborat.
1-topshiriq.Yomg‘ir so‘zini qatnashtirib 5 ta uslubga xos beshta kichik matn tuzing.
Badiiy uslub: Chaqmoq chaqib, qaro osmonda.
Kimlarnidur qo'rqitgan yomg'ir.
Qolsam alam ichra zamonda.
Ko'z yoshimni berkitgan yomg'ir.
Yig'laganim yetadi meni.
Sen yig'lama, kulib ket yomg'ir.
Tutib turay senga ko'ksimni.
Dardlarimni yuvib ket yomg'ir.
Oqib tushding tarnovlarimdan.
Sajdagoxim tavoblaridan.
Gunoxim ko'p savoblarimdan.
Gunoxlarim yuvib ket yomg'ir.
Yuzimga yog', kaftlarimga yog'.
Qalbimga yog' dardlarimga yog'.
Alamlar alanga, yurak to'la dog'
Yuragimni yuvib ket yomg'ir.
Yopib qo'yolmadim o'tmish darchasin.
Doim ezaverar qalbim parchasin.
Xotiralar barcha barchasin.
Bitta qo'ymay yuvib ket yomg'ir.
Dostları ilə paylaş: |