So’zlashuv uslubi:
-Aziz o’quvchilar,biz bugun yomg’ir haqida suxbat quramiz.Qani kim yomg’ir haqida qiziqarli ma’lumotlar aytib beradi?
-Yomg’ir tezligi soatiga 32 kilometrgacha chiqishi ham mumkin. Hamma tomchilar ham shunday yog’maydi, albatta. Ayrim tomchilar yerga soatiga 3 kilometr tezlikda, ya’ni piyoda yurgan odamning tezligidan ham pastroq tezlikda tushadi.
-Yomg’ir tomchisi qanday ko’rinishga ega? U o’z hayotini bulutda soqqa ko’rinishida boshlaydi, ammo yerga tusha boshlashi bilanoq, gamburgerning ustki yarmini eslatuvchi shaklga ega bo’ladi.
-Hindistondagi Mausinramga tashrif etuvchilar o’zlari bilan girdrokostyum olishlariga to’g’ri keladi. Bu sayyoramizdagi eng namgarchilik ko’p joydir. Bu yerda har yili 1 186 santimetr yog’ingarchilik yog’adi. Buning asosiy sababi shundaki, ushbu hududdagi bulutlar harakatiga Ximolay tog’lari to’sqinlik qiladi.
-Kolumbiyadagi Kibdo shahri esa – dunyodagi eng namgarchiligi ko’p shahar sanaladi. Bu yerda yiliga 900 santimetr yog’ingarchilik yog’adi, yomg’ir esa bir yilda 300 kundan ko’proq yog’ib o’tadi.
-Yomg’ir tomchisining o’rtacha og’irligi 0,2 grammga tengdir. Bu inson kiprigidan ham engil.
-Yomg’ir, aralashtirilgan ichimlikka o’xshashini kamdan kam odam biladi. U qor sifatida boshlanib, agar havo yetarlicha issiq bo’lsa erib yomg’irga aylanadi. Shuningdek, gohida yomg’ir tomchilari erga tushishdan oldin muzlab qolishga ulgursa muzli yomg’ir, ya’ni do’l ham yog’ib turadi.
-Aslida, boshqa sayyoralarda ham yomg’ir yog’adi, biroq u ko’pincha boshqa materiallardan tarkib topadi: olmoslar, oltingugurt kislotasi va toshlar.
-Barakalla,yomg’ir haqidagi shunchalik qiziq ma'lumotlarni bilib oldik.
Rasmiy uslub: 6-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 8—10, kunduzi 17—19 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Dostları ilə paylaş: |