3-masala. Vagonga 196 dona qarag`ay va archa xodalari ortilgan bo`lib , ularning umumiy og`irligi 58.8 t. bir dona qarag`ay xodaning og`irligi 0.28 t , archaniki esa 0.35 t bo`lsin , xar qaysi xil xodadan nechtadan ortilgan bo`ladi ?
Bu masalani yechish uchun maxsus usul talab etiladi.
Izohlab yeсhish . Vagonga faqat qarag`ay xodalar ortilgan deb faraz qilamiz. Bu holda hamma xodalarning og`irligini topish uchun 0.28 t ni 196 ga ko`paytirish kerak bo`ladi:
0.28 * 196 = 54.88 ( t )
Hosil qilingan og`irlik masala shartida berilgan og`irlikdan kam. Bu og`irliklarning ayirmasini topamiz:
58.8 – 54.88 = 3.92 ( t )
Bu farq archa xodalarni qarag`ay xodalarga almashtirish natijasida hosil bo`ldi. Bir dona qarag`ay xoda og`irligi bilan bir dona archa xoda og`irligining farqini topamiz: 0.35 – 0.28 = 0.07 (t)
Har bir archa xodani qarag`ay xodaga almashtirish natijasida biz har bir xodaning og`irligini 0.07 t va umumiy og`irlikni esa 3.92 t kamaytirganimiz uchun , archa xodaning soni:
3.92: 0.07 = 56 (dona)
qarag`ay xodalar soni:
196 – 56 = 140 (dona).
Yechish quyidagi munosabat orqali amalga oshiriladi:
(archa xoda)
4-masala. Hamma yerning 68 % i shudgor qilindi. Haydalmay qolgan yer shudgorlangan maydondan 54 ga kam. Hamma yerning qismiga buda, qolganiga makkajo`xori ekilmoqchi. Necha gektar maydonga makkajo`xori ekiladi?
Shartni tahlil qilish. Masalaning asosiy savoliga javob berish uchun hamma yerning kattaligini bilishimiz kerak. Masala shartida hamma yerning bir qismini ko`rsatuvchi bitta son - 54 ga berilgan. Bu son hamma maydonning qanday qismini tashkil etganini bilsak, javob berish kerakli ma`lumot aniq bo`ladi. 54 ga - haydalgan va haydalmagan maydonlarning ayirmasidir. Masalani yechish xuddi shu ayirmani xamma yerning protsenti hisobida aniqlashdan boshlaymiz.
Izohlab yechish: hamma maydonni 1 yoki 100 % deb olamiz.
hamma yerning necha protsenti hali haydalmagan?
100 % - 68 % = 32 %
2) haydalgan va haydalmagan maydonlar ayirmasi protsent hisobida qancha protsent bo`ladi?
68 % - 32 % = 36 %
hamma yerning 36 % i 54 ga (shartga ko`ra)
36 % = 0.36
3) hamma yer necha пулефк bo`ladi?
54 : 0.36 = 5400 : 36 = 150 (ga)
4) hamma yerning qanday qismiga makkajo`xori ekilmoqchi?
5) hamma yerning necha gektariga makkajo`xori ekilmoqchi?
(ga)
Javob: 110 ga
Keltirilgan misollardan ko`rinadiki, masalalar yechishda o`tkaziladigan
mulohazalar turlicha ifodalanishi mumkin ekan.
Masalan:
Tushuntirish amallar bajarish bilan navbatlashtirib olib boriladi (1- va 3- masalalar).
Yechishni tushuntirish bajarilgan amal natijasining ma`nosini yoki axamiyatini izohlash tarzida yozib qo`yiladi (2-masala)
Yechishni tushuntirish amallarni bajarishdan oldin savollar yoki izohlar tarzida yozib qo`yiladi (4-masala).
Tushuntirish amallar tartibini aniqlab beruvchi reja tuzilgandan keyin beriladi (2-masala).
Masalani yechib bo`lgandan keyin uning yechilishini mufassal tushuntirishlar kam qo`llaniladi.
Masalalar yechimini yozishning ko`proq tarqalgan usulini keltirib o`tamiz.
Masala. Uch bo`lak qo`rg`oshin birgalikdagi og`irligi 15.3 kg. ikkita og`irrog`i birgalikda kg, eng yengili o`rtachasidan kg yengil. Har qaysi bo`lak og`irligini toping.
formalarda belgilash mumkin.
Savol ko`rinishida yozilishi:
1. eng kichik bo`lakning og`irligi qancha?
2. o`rta bo`lakning og`irligi qancha?
3.katta bo`lakning og`irligi qancha?
II. tasdiq ko`rinishida yozilishi
1 eng kichik bo`lakning og`irligi
2 o`rta bo`lakning og`irligi
3 katta bo`lakning og`irligi.
Hisoblashlarning yozilishiga o`tamiz .
Agar reja savollar ko`rinishida yoziladigan bo`lsa , hisoblashlar savollar tagiga yoziladi.
1) Kichik bo`lak qo`rg`oshinning og`irligi qancha ,
( kg )
2) O`rtacha og`irlikdagi qo`rg`oshinning og`irligi qancha ,
( kg )
3) Katta bo`lak qo`rg`oshinning og`irligi qancha ,
( kg )
III. Yechilish bu hisoblash bilan nima ma`lumligini yoki har bir amaldan nima topilganligini ko`rsatish tarzida yozilishi ham mumkin.
1) Kichik bo`lak qo`rg`oshinning og`irligi
( kg )
2) O`rtacha bo`lak qo`rg`oshinning og`irligi
( kg )
3) Katta bo`lak qo`rg`oshinning og`irligi
( kg )
IV. Masalaning yechilishi quyidagi ko`rinishda ham yozilishi mumkin:
1) ( kg ) ( kichik bo`lak qo`rg`oshinning og`irligi)
2) ( kg ) (O`rtacha bo`lak qo`rg`oshinning og`irligi )
3) ( kg ) (Katta bo`lak qo`rg`oshinning og`irligi)
Yuqorida bayon etilganlardan ko`rinadiki, o`quvchilarning arifmetik matnli masalalarni yechish jarayonidagi ish bosqichlari mazmuni quyidagicha bo`lishi lozim .