1 – mavzu: Falsafaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Ontologiya – borliq falsafasi Rivojlanish falsafasi. Falsafaning asosiy qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) Mantiq fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 149,45 Kb.
səhifə69/71
tarix18.04.2023
ölçüsü149,45 Kb.
#99800
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Falsafa 1-mavzu

Sabab va oqibat.
Narsa va hodisalar o‘zlarining paydo bo‘lishlari, shakllanish va rivojlanishlarida bir-birlari bilan aloqadorlikda va sababiy bog‘lanishlarda bo‘lishib, ularning biri sabab, ikkinchisi shu sabab tufayli kelib chiqqan oqibat bo‘ladi. Ularning o‘zaro bunday aloqadorligi sababiy bog‘lanish deyiladi. Bu sababiy bog‘lanishda bir narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsa yoki hodisani vujudga keltiradi.
Sabab bilan oqibatning o‘zaro aloqadorligi sababiyat deb ataladi. Tabiat va jamiyatdagi sabab-oqibat bog‘lanishlarning kishilar fikridagi ifodasi sababiyat kategoriyasining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Sababiyat hodisalar o‘rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, bunda har doim bir hodisa mavjud bo‘lar ekan, uning ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi sodir bo‘ladi.
Kishilarda bir hodisa boshqa hodisaga sabab bo‘ladi, degan tasavvur ularning amaliyoti asosida kelib chiqqan.
Sababiyat borliqda umumiy, har tomonlama xarakterga ega. Sababsiz oqibatlar yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, hamma narsaning o‘z sababi bor. «Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi» — deydi xalqimiz. Sababiyat ob’ektivdir, u borliqqa inson aql-idroki yoki qandaydir G‘ayritabiiy kuchlar tomonidan kirilgan emas. Sababiyat aksincha, borliqning o‘ziga xos aloqadorligi bo‘lib, u inson tomonidan shu borliqni bilish jarayonida ochiladi. Ayrim hodisalarning sababi hozircha ma’lum bo‘lmasa ham, u keyinchalik fan va ijtimoiy amaliyot taraqqiyoti davomida kashf etiladi. Sabab oqibatga aktiv ta’sir qiladi. Bu ta’sirning xususiyati shundan iboratki, u sababning hal qiluvchi kuchiga asoslangan bo‘ladi.
Borliqda doimo ma’lum vaqt muayyan aniq shart-sharoit mavjud bo‘lgan taqdirdagina, sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin bu ma’lum sabab doimo bir xil ma’lum oqibatni keltirib chiqaradi, degani emas. Bunda oqibatning kelib chiqishi aniq shart-sharoitlar, aniq vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Sababni oqibatni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlardan farq qilish zarur.
Sabab va oqibat vaqt jihatdan ketma-ket kelib, bunda sabab oqibatdan oldin, oqibat sababdan keyin keladi, ya’ni sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Le­kin borliqda ketma-ket keluvchi har qanday predmetlar va hodisalar bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lavermaydi. Masalan, qishdan so‘ng bahor, bahordan so‘ng yoz, yozdan so‘ng kuzning kelishi sabab va oqibat bog‘lanishi emas, ular bir-birlarini kelti­rib chiqarishmaydi. Bu hodisalarning ro‘y berishi Yerning Quyosh atrofida o‘z holatini o‘zgartirgan holda aylanishi sababli sodir bo‘ladi.
Odatda sababni bahonadan ham farq qilish lozim. Bahona bevosita oqibatdan oldin sodir bo‘ladigan biror hodisa yoki voqea bo‘lib, u o‘z mohiyati bilan oqibat sifatida ro‘y bergan hodisaning haqiqiy va asosiy sababi bo‘la olmaydi. Bunda bahona sababning oqibatini keltirib chiqarishda turtki bo‘lishi, oqibatning sodir bo‘lish jarayonini tezlatuvchi omil rolini o‘ynashi mumkin. Masalan, bunga 1991 yil 19—21 avgustdagi favqulodda davlat komitetini misol qilib keltirish mumkin. Bu o‘rinda eski Ittifoq yemirilishini, uning o‘rniga yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishining sabablari butunlay boshqa narsalar edi.
Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o‘z tabiiy ob’ektiv sabablari asosida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Tabiat hech qachon oldindan belgilangan maqsadlarni qo‘ya olmaydi va qo‘ymaydi ham. Jamiyatda esa ahvol boshqacha, chunki jamiyatda ongli mavjudotlar — insonlar faoliyat ko‘rsatadilar, ular o‘z faoliyatlarini oldindan belgilangan ma’lum maqsadlar asosida amalga oshiradilar. Maqsadga muvofiq faoliyat ko‘rsatish faqat insonlarga xosdir. Jamiyatda kishi nimani qilmoqchi bo‘lsa, avvalo, u o‘zicha buni o‘ylaydi, uning haqida fikr yuritadi, bu ish yuzasidan ma’lum reja tuzadi, uni amalga oshirish uchun o‘z oldiga ma’­lum maqsadlarni qo‘yadi va ularga erishish uchun harakat qiladi. Bunda maqsad kishining o‘zi tomonidan belgilangani uchun, odatda u ko‘pincha tashqi shart-sharoitlarga bog‘liq, emasday tuyuladi. Aslida, insonning har qanday maqsadi (niyati, hatto orzusi ham) ob’ek­tiv sabablar asosida tarixiy shart-sharoitlar ta’sirida, uning miyasida zaruriy ravishda paydo bo‘ladi.
Umuman, insonning orzu-maqsadlari tabiat va jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv sabablari va qonuniyatlarini qat’iy hisobga olish asosida paydo bo‘lib, uning butun faoliyati, kuch-g‘ayrati shu orzu va maqsad­larni amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi. Borliqda­gi sabab va oqibat aloqadorliklarini to‘g‘ri bilish kishilarning o‘z oldilariga qo‘ygan amaliy masalalarini ijobiy hal qilishda asosiy omillardan biridir. Shu bilan birga, jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotidagi salbiy hodisalarni bartaraf qilishda ham, kishilarning ongi va xulq-atvorida mavjud bo‘lgan salbiy holatlarga qarshi kurashda ham sabab va oqibat kategoriyalari muhim ahamiyatga ega.
Borliqdagi sababiy bog‘lanishlarning murakkab zanjirida zaruriy va tasodifiy aloqadorliklar ham muhim rol o‘ynaydi. Bunday aloqadorliklarni zaruriyat va tasodif kategoriyalari ifodalaydi.

Yüklə 149,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin