1 – mavzu: Falsafaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Ontologiya – borliq falsafasi Rivojlanish falsafasi. Falsafaning asosiy qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) Mantiq fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Falsafa qonunlarining o‘zaro aloqadorligi



Yüklə 149,45 Kb.
səhifə64/71
tarix18.04.2023
ölçüsü149,45 Kb.
#99800
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
Falsafa 1-mavzu

Falsafa qonunlarining o‘zaro aloqadorligi. Dialektikaning asosiy qonunlari yagona rivojlanish jarayonining turli jihatlarini tavsiflab, alohida-alohida emas, balki uzviy dialektik birlikda amal qiladi. Masalan, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi va buning aksi ziddiyatni ham, dialektik inkorni ham o‘z ichiga oladi. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi miqdor-sifat munosabatlarini va inkorni-inkorni o‘z ichiga oladi. Xuddi shuningdek inkor jarayonida yagonaning eski va yangiga ikkilanishi, ularning o‘rtasida qarama-qarshilik, shuningdek miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, moddiy dunyoning yagonaligi qonunlar amal qilishining umumiyligini nazarda tutadi. Ammo shuni e’tiborga olish lozimki, dialektika qonunlari bir vaqtda amal qilganda, ularning har biri nisbatan mustaqil bo‘ladi, zero rivojlanish mohiyatining muayyan jihatini (manba, mexanizm, yo‘nalish) aks ettiradi, rivoshlanishning zaruriy sharti sifatida tavsiflanadi, o‘z mavjudligining avvalgi shakllarini inkor etmaydigan rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Inkor harakatida rivojlanishga monelik qiladigan narsalarning rad etilishi, yo‘q qilinishi yuz beradi. Umuman olganda inkor – ob’ektiv jarayon. Masalan, hozirgi zamon fani ma’lumotlariga ko‘ra, kengayib borayotgan plazmani yo‘q qilib tashlagan Katta portlashsiz biz yashayotgan Olam, uning galaktikalari, yulduzlari va sayyoralari ham, inson ham bo‘lmas edi. Ammo inkorni sof yo‘q bo‘lish sifatida talqin qilishdan ehtiyot bo‘lish lozimligini Gegel ham, boshqa faylasuflar ham qayd etadi. Bunday inkor «behuda», metafizik inkor deb e’tirof etiladi. U tabiatda ham, jamiyatda ham mavjud. Lekin oddiy yo‘q bo‘lish jamiyatni ortga uloqtirib tashlaydi, xolos. Vaholanki, tarix kultepasida jo‘yali bir narsa yuzaga kelishi mushkul.
Kategoriya (yunon. kategoria – ta’rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. Falsafa tarixida kategoriyalar masalasi Arastu tomonidan batafsil ishlab chiqilib, “Metafizika”, “Kategoriyalar” nomli asarlarida ko‘plab kategoriyalarning falsafiy ahamiyatini ta’riflab va tavsiflab bergan. Masalan, mohiyat va hodisa, miqdor va sifat, sababiyat, zaruriyat va tasodif, butun va bo‘lak, mazmun va shakl kabi tushunchalarning falsafiy ahamiyatini ko‘rsatib o‘tadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlarida ham mazkur kategoriyalar ko‘plab ishlatilib kelingan. Jumladan, Ibn Sino shunday yozadi: “Falsafa mavjudotni – ya’ni barcha mavjud narsalarni, uning kelib chiqishi, tartibi, o‘zaro munosabati, biridan ikkinchisiga o‘tishini har tomonlama tekshirish uchun zaruriyat, voqelik, sababiyat tamoyillarini asos qilib oladi”. (Ibn Sina. Danishname.- M.,1957,171-bet.). Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa kategoriyalari farqlanadi.
Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so‘zlar bilan ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan o‘zlashtiriladi, ba’zan ular muayyan hodisani kashf etgan olimning ismi bilan ataladi. Ilgari ma’lum bo‘lmagan hodisani ifodalash uchun sun’iy tarzda yaratilgan so‘zlar – neologizmlar ham ancha ko‘p uchraydi. Tabiiy tildan farqli o‘laroq, fan tushunchalari va kategoriyalari atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya’ni erkin talqinga yo‘l qo‘ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega bo‘ladi.
Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o‘rganar ekan, albatta o‘z kategoriyalar apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differensial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bog‘liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o‘zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma’lum darajada umumiy bo‘lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo‘llaniladi va mazkur sohalarga xos bo‘lgan aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi
Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy fanlarda qo‘llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas.
Falsafa fani olamni falsafiy anglash va dialektik tafakkurlash jarayonida bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-birini to‘ldiradigan, mazmunan boy va xilma-xil kategoriyalar yaratadi, ularning yordamida voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanishi qonuniyatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalarini mazkur fanning mazmun-mohiyati va predmetini e’tiborga olgan holda asosan uch turkumga bo‘lish mumkin: Birinchi turkumgaBorliq va uning mavjudlik shakllarini ifodalaydigan kategoriyalar kiradi. Ikkinchi turkumgaBorliqning yalpi o‘zaro aloqadorligi va rivojlanishi qonuniyatlarini aks ettiradigan kategoriyalar kiradi. Uchinchi turkumgaBilish jarayoni va uning qonuniyatlarini ifodalaydigan kategoriyalar kiradi.
Shuningdek, falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni ham farqlash mumkin:
1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo‘llaniladigan umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan).
2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo‘limlariga tegishli bo‘lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi. Masalan, ontologiya, borliq, yo‘qlik, substansiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o‘z kategoriyalar apparatiga egadir.
3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo‘limlari – antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo‘lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha’n va qadr-qimmat, hayot ma’nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug‘vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo‘llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz.
Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. Shunday qilib, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyoni ideal aks ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma’naviy-amaliy o‘zgartirishning asosiy tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi.
Ba’zi hollarda umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq kategoriyalari dialektika kategoriyalari deb ham nomlanadi. Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar. Substansion kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat’iy nazar, alohida-alohida qo‘llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», «materiya», «harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt », «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob’ektiv voqelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi.
Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik.
Biz munosabatdosh kategoriyalarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Borliq bepoyon aloqadorliklar va bog‘lanishlar majmuidir. Turli fanlar bu aloqadorliklar va bog‘lanishlarni turli jihatdan o‘rganadi. Dialektika esa bir butun borliqqa va uning turli ko‘rinishlariga xos bo‘lgan eng umumiy aloqadorlikni va bog‘lanishlarni o‘rganadi va ochib beradi. Dialektikada bunday aloqadorliklarning uch turi mavjud: 1) uni­versal, 2) strukturaviy, 3) deterministik aloqador­liklar. Bu jihati bilan dialektika konkret fanlardan farq qiladi.
Dialektika o‘rganadigan borliqning bu eng umu­miy aloqadorliklari va bog‘lanishlari falsafada quyidagi munosabatdosh tushunchalar orqali ifodalanadi. Bular jumlasiga falsafa tarixida quyidagilar kiritilgan:

Yüklə 149,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin