1 – savol bayoni :
Gimnastika mashg`ulotlarida nihoyatda xilma-xil mashqlar, shu jumladan, turmush va mehnat tajribasida kamdan-kam uchraydigan mashqlar ham qo`llaniladi. Ular murakkab harakat faoliyatidan iborat bo`lib, ularni ijro etish esa o`ziga xos sharoitlar bilan bog`liq.
Bu sharoitlarni belgilaydigan omillardan eng muhimi quyidagilardir:
Snaryadlarda, maxsus konstruktsiyalarda ijro etiladigan shaklan va mazmunan xilma-xil bo`lgan ko`p miqdordagi harakatning mavjudligi.
Gavdaning fazodagi holati doimo o`zgarib turadigan aylanma harakatlarning ko`pligi.
Uchib tushayotganda va yerga tushish chog`ida harakatlarni boshqara bilish.
Gimnastika mashg`ulotlarida shikastlanishga yo`l qo`ymaslik uchun xavfsizlik texnikasiga rioya qilishga qaratilgan butun choralar ko`rilishi kerak. Quyidagilar shikastlanishning asosiy sabablari bo`lishi mumkin:
Mashg`ulot tashkil qilish qoidalariga va mashg`ulot metodikasiga rioya qilmaslik.
Jixozlar va inventarning vaqtida tekshirib turmaslik.
Sanitariya-gigiena shartlarini buzish.
Vrach nazorati yoki munazam ravishda o`tqazib turilmaslik.
Shikastlanishning oldini olish maqsadida mashg`ulot va musobaqalar o`tkazishdan oldin quyidagilar amalga oshirish kerak.
O`quv xujjatlarini (plan, konspekt) tayyorlab qo`yish.
mashg`ulot joylarini sanitariya-gigiena talablariga qanchalik mosligini jixoz va inventarning buzuq-buzuqmasligini, shug`ullanishdan har birini sport kostyumi va poyabzali xavfsizlik va gigiena talablariga muvofiqligini tekshirib ko`rish.
Gimnastikaning sog`ligi yomonlashishi oqibatida yoki biron boshqa sabablar sodir bo`lgan oradagi uzilishdan keyin mashg`ulotga, shuningdek musobaqalarda qatnashishga ruxsatnomasi bor-yo`qligini tekshirib ko`rish.
Mashg`ulot o`tkazilayotgan vaqtda quyidagilar bajarilishi kerak.
Mashg`ulot uyushtirishning barcha qoidalariga rioya qilish;
Mashg`ulot oldidan har bir snaryadning mahkamlanadigan joylarining mustahkamligini, to`shaklarning snaryadlar oldiga qanday ko`milganligini magneziya va kanifolning sifatini tekshirish;
Zamonaviy o`rgatish metodlaridan foydalanish mohirlik bilan ko`maklashish va straxovka qilish.
Dostları ilə paylaş: |