portal.guldu.uz-GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI (2)
O‘quvchilarni gimnastika mashqlariga o‘rgatish metodikasi. Sodda mashqlar ko‘p holda ko‘rsatish, tushuntrishdan keyinoq darhol o‘zlashtiriladi: murakkabroqlari uzoq muddatli o‘rgatish va turli xil usulblarni tatbiq qilishni talab qiladi. Turli sinflarda mashqlarni tanlash va ularni o‘tkazish metodikasi shug‘ullanuvchilar yoshi xususiyatlariga bog‘liq.
Kichik maktab yoshi (7-9 yosh). Ba’zi bir funksional sistemalar skelet-mushak sistemalarni rivojlanishining yakunlanmaganligi sababli 7-9 yoshdagi bolalarga ko‘yidagi asosiy gimnastika mashqlari tavsiya etiladi: yurish, yugurish,og‘ma o‘tirgichga chiqish, gimnastik devorga chiqish, uzoqlikka otish, 1m balanlikdagi to‘siq orqali o‘tish, koptok otish va tutish, nishonga otish, to‘ldirilgan koptoqlarni olib o‘tish, muvozanatda mashqlar, sakrashlar (uzunlikka va 80 sm lik balandlikka), akrobatik mashqlar - o‘mbaloq oshish, dumalashlar, kuraklarda adni rostlash. 7-9 yoshdagi bolalarga taqlif qilish xos, shuning uchun ularni o‘rgatganda o‘qituvchiga quyidagi poilarni gapirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: “Men qilgandek qiling”, sababli bu yoshdagi bolalarda o‘rtacha ko‘nikmalar sekin shakllanadi, ko‘pgina mashqlarni o‘yinlarga yaqinlashtirib yoki o‘yinlar shaklida olib borish tavsiya etiladi.
O‘rta maktab yoshi (10-15 yosh). Gimnastika jismoniy xislatlarning kelgusi rivojlanishi, ma’naviy - iroda xislatlarni tarbiyalash, asosiy harakatlantiruvchi ko‘nikmalarni takomillashtirishga yordam beradi,. O‘rta yoshdagi bolalar o‘sishi va rivojlanishi bir xilda bo‘lmaydi (jinsiy uyg‘onish). Qizlar semiradi va kuch, tezlik, chidamlilik borasida o‘g‘il bolalardan orqada qoladi. Harakatlantiruvchi ko‘nikmalarning shakllanishi ularda tezroq amalga oshadi, shuning uchun ular murakkabroq mashqlarni bajarishga qobiliyatli.
Asosiy usulubiy ko‘rsatma. - qat’iy uslubiy tartibda materialni o‘rganish, bolalar o‘quv materialini eng sodda shakllardan boshlab uncha katta bo‘lmagan qismlar bo‘yicha o‘zlashtirish kerak. Turli og‘irlikdan koptok bilan turli masofadan nishonga otish), yuqoriga chiqish texnikasi va tezligi). (qizlarda raqs harakatlariga moyillik)
Bu yoshda harakatlantiruvchi vazifa tez rivojlanadi, shuning uchun ular berilishina ko‘ra murakkab mashqlarni egallashga qobiliyatli.
Katta maktab yoshi (16-18 yosh). YUqori jismoniy ish qobiliyati bilan tavsiflanadi. Katta kuch va enchillikni talab qiladigan mashqlarni bajarishga qiziqish o‘zgaradi. Qizlar va o‘smirlar jismoniy tarbiyasi mashg‘ulotlarini alohida o‘tkazish zarur. O‘smirlar asosiy amaliy harakatlantiruvchi ko‘nikmalar tabiiy va sun’iy tusiqlardan o‘tish, turli yukni olib o‘tish, turli aylanishlarni bajarish qobiliyatlarini egallaydilar. Barcha jismoniy xislatlarni takomillashtirishdan tashqari qizlar qorin muskullari, elka kamari, oyoq mushaqlarini mustahkam-lashga e’tibor berishi kerak.
Gimnastika darslari. Tuzilishi. Gimnastika mashg‘ulotlari dars shaklida hamda mustaqil mashg‘ulotlar shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Darsda quyidagi vazifalar tartib bilan hal qilinadi:
1. SHug‘ullanuvchilarni g‘ayrat va vaqtni kam ishlatgan holda eng yuqori natijalarga erishishi.
2. Butun mashulot paytida shug‘ullanuvchilar yuqori ish qobiliyatini saqlab qolish.
3. SHug‘ullanuvchilar sog‘ligi uchun mashg‘ulotlarni o‘tkazish tartibi, yaxshi shart-sharoitlarini ta’minlash.
4. Gimnastika bilan shug‘ullanish uchun uchta faza xos (bo‘ysunuvchi, asosiy, yakuniy).
Darsni o‘tkazishiga bo‘lgan umumiy metodik ko‘rsatmalar.
Ta’lim maqsadlarini aniqlash. Dastlabki vazifa dars maqsadi (vazifa) hisoblanadi. Maqsadni to‘g‘ri belgilashga darsning tashkiliy vositalari, uslublari va shakllarini tanlash bog‘liq. Asosiy manba bo‘lib davlat dasturi xizmat qiladi. Darsda o‘qituvchi shug‘ullanuvchilarga amaliy va sport mashlarini to‘g‘ri bajarish usullariga o‘rgatadi. Dars vazifalarini aniqlab va ularni hal qilish uchun eng yaxshi vositalarni tanlab, o‘qituvchi muntazam ravishda shug‘ullanuvchilar harakatini kuzatish kerak.
O‘qituvchining yuqori talabchanligi uning obro‘sini oshiradi. Darsda o‘ta yuqori intizomni ushlab turish kerak. Biroq butun dars mobaynida o‘quvchilarni tang holatida ushlash shart emas. O‘qituvchiga har doim shug‘ullanuvchilar e’tiborini jalb qila olish imkoniyatini bera oladigan o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish kerak.
Darsning tayyorlov qismida asosiy qism vazifalarini bajarishga tayyorgralik amalga oshiriladi. Bu qismda saf mashqlari (yugurish, yurish, sakrab turishlar, raqs harakatlari), umumrivojlantiruvchi mashqlar (anjomlar bilan, gimnastik devorda, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik o‘yinlari) tatbiq qilinadi.