1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 113,47 Kb.
səhifə25/39
tarix14.12.2023
ölçüsü113,47 Kb.
#178345
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
portal.guldu.uz-GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI (2)

Dars yakuniy qismi.
Umumiy vazifalar:
1. Tezda tiklanib olishga yordam ko‘rsatish. Gimnastik mashqlarni bajarish deyarli har doim ma’lum bir havf-xatar bilan bog‘liq. SHug‘ullanuvchilar bilan o‘ziga ishonmaslik qissini yo‘qotish uchun ko‘rsatilayotgan irodaviy harakat psixikani charchatadi. Demak, dars yakuniy qismida o‘tkazish mumkin bo‘lgan tanaffus kerak.
2. Natijalarni jamlash (shug‘ullanuvchilar intizomli, faollik, kutiladigan va haqiqiy natijalar, mustaqil ish uchun topshiriqlar).
Vositalar:
1. Tinchlantiruvchi mashqlar.
2. CHalg‘ituvchi mashqlar.

  1. SHug‘ullanuvchilar emotsional holatini oshirishga yordam beradigan mashqlar (o‘yin, estafeta, raqs va b.)



Harakatlantiruvchi xislatlarni rivojlantirish
(kuch. chidamlilik, tezlik, egiluvchanlik va chaqqonlikni rivojlantirish)
“Hayot - bu oqsil tanalari yashashi usuli. Uning eng muhim belgisi, organizmdagi doimiy harakati, ularni o‘rab turgan tabiat bilan doimiy almashinuvi hisoblanadi, shu bilan birga bu moddalar almashinuvi to‘xtashi bilan hayot ham to‘xtaydi”.
Xarakatlantiruvchi xislatlarni o‘rganish jarayoni.
Harakatlantiruvchi harakatni egalash jarayonida o‘rganuvchi uning oldiga quyilgan o‘kuv topshirig‘ini tushunib etadi, so‘ng harakatlantiruvchi harakatni o‘rganishga kirishadi va uni erishgan natijalarni mustahkamlash va takomillashtirish uchun takrorlaydi.
Biz ta’limning 4 ta asosiy qismlarini farqlaymiz.

  1. Topshiriqni tushunib etish.

  2. Harakatlantiruvchi harakatni o‘rganish.

  3. Mustahkamlash va takomillashtirish

  4. O‘rganish natijalarini tahlil qilish.

Harakatlantiruvchi vazifani tushunib etish.
SHug‘ullanuvchi aniq vazifani va harakatlantiruvchi harakat mexanizmini tushunib etadi. Jismoniy mashqlarni tushunishda ularni aqliy ongish katta ahamiyatga ega. Ozolin 1920 yilda langar cho‘p bilan sakrashga birinchi bor o‘rganishida u o‘sha payt SSSR rekordichi bo‘lgan D’yakovni kuzatgani haqida yozadi. Langarcho‘p bilan sakrash uchun mo‘ljallangan chuqurlikdan chetda turib, qunt bilant D’yakovni kuzatar, va hayolan uning har bir harakatini qaytarar edi, qo‘lga langarcho‘pni olib, tez yanada tez yugurar edi, langarcho‘pni qutiga tushirib, itarilardi va keyingi ongda yuqoriga parvoz qilardi, uzun taxtachadan utib, o‘z sakrashini erga tushish bilan yakunlardi.
O‘z navbatini gimnastik o‘tirgichda o‘tirib kutayotgan va o‘z o‘rtoqlari mashqlarini kuzayotaetgan gimnastikachi mashqni juda yaxshi tushunadi, sababi u haqida oldindan aniq tasavvurga ega bo‘lgan. Mushaklarni mashqqa tayyorlab turish katta ahamiyatga ega. Bo‘shashgan mushaklar bilan turib kuch talab qiladigan mashqni bajarishni tasavvur qilib bo‘lmaydi, va aksincha o‘ziga bo‘shashtirishni tasavvur qilgan holda butun o‘z tanasini xayolan yo‘naltirib, mushaklarni bo‘shashtirishga erishish mukinmi.
Hayolan o‘zini tayyorlash odatda beixtiyor yaratiladi, lekin u ongli ravishda kuchayadi va saqlanib qoladi.
SHuningdek hayolan o‘zini tayyorlash juda muhim o‘rganuvchi butun o‘z diqqatini bajarish kerak bo‘lgan mashqqa qaratishi kerak. SHunday o‘zini tayyorlashning katta ahamiyati haqida sport ustalari gapirib o‘tadi. Ular mashq qilish paytida chalishni tavsiya qilmaydi. Masalan diskni otishni mashq qilishda qanday qilish, yaxshi-diskni otib orqasidan borish yoki uni olib kelishligini kutish yaxmimi degan savoliga biz o‘ziga xos javob oldik: diskni otgandan so‘ng orqasidan ketgan yaxish: bora turib, harakatlarda nimani to‘g‘rilash kerakligini o‘ylab chiqalgan dmskni qo‘lda ushlab uni his etman. Agar diskni berib turishsa diqkatlim tarqab ketadi.
Mashqni bajarish urinshishlari.
Mashg‘ulotlarda o‘rganuvchi qo‘shimcha vazifani hal etishni oldindan o‘ylab chiqadi. Bu loyiha harakatlanishga tayyorgarlik, o‘xshash harakatlar haqida tasavvurlarga tayyorlik hamda harakatni kutilmaganda o‘zgarishiga qo‘shimcha loyihalarga ega. Bunday ichki o‘zini tayyorlash bosh miya katta yarim pallasi qobig‘ida asosiy o‘choq yaratadi.
Asosiy o‘choq (manba) harakatlantiruvchi vazifani hal etish loyixasini yanada aniq bajarishini ta’minlaydi, asosiy o‘choq tufayli o‘rganuvchi harakat qushimcha loyihalarini tayyorlab turadi, masalan, gimnastikachi xarida orqaga katta aylanishni bajarib va kaftlarda qadni rostlaguncha o‘zini ehtiyot qilib, to‘planib sport anjomdan sakrab tushadi.
Harakatlantiruvchi vazifani hal etish aqliy loyiha mushak sezgirlari va qabul qilishlarini to‘g‘rilashni talab qiladi. Buning uchun o‘rganuvchi ehtiyotkorona, o‘rtacha kuch bilan butun mashq yoki uning alohida qismlarini bajarishga harakat qiladi. Agar bu harakatni uddalasa, unda u o‘ziga o‘rganayotgan harakatlanuvchi harakat haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘ladi. O‘z urinishlarini qaytarib, doimiy ravishda sensor tuzatishlarni harakatlantiruvchi loyihaga kiritgan holda o‘rganuvchi o‘z harakatlanuvchi tasavvurlarini yanada aniqlashtiradi. To‘g‘ri tuzilgan o‘kuv jarayonida mashqni bajarishdan birinchi o‘rinish odatda muvaffaqiyat bilan tamomlanadi.
Harakatlantiruvchi tasavvurlar.
Harakatlantiruvchi tasavvurlar asosida sezgi qabul qilishlar yotadi. Harakatlar haqidagi mavhum o‘klar sezgi va qabul qilishlar bilan mustahkamlanmasa, ko‘p holda mashq bajarishga urinishda xatolarga olib keladi.
Harakatlantiruvchi sezgi va qabul qilishlar tasavvur va jismoniy mashqlar haqidagi tushanchalar asosini tashkil etadi. Mushak sezgilar turlari va belgilari to‘xtamsiz. Mushaklar organik holatining mushak qabul qilishlari (lat eyish, et uzilish va charchash sezgirlari) va mushak tarangligiini qabul qilish. Mushak tarangliliini qabul qilish bizga tana holati va harakatlari haqida tasavvur beradi. Sechenovga ko‘ra mushak hissidan tashqari harakat ulchagichi eshitishdir, masalan, hisob, musiqa ostida gimnastik mashqlarni bajarish.
Harakatlantiruvchi qabul qilishlar bilan boshqa retseptorlar signallari bilan tasvirlanadi, masalan, ko‘rish obrazlari, ya’ni ko‘rish harakatlantiruvchi tasavvurlar. Biz yopiq ko‘zlar bilan tana holati hakida fikr yuritishimiz mumkin. Boksdagi zarbalar birin-ketin shunday tez keladiki, bokschi ko‘rish qabul qilishlar yordamida tushunib, anglay olmaydi. Sirkda gimnastikachilar yopiq ko‘z bilan turnikda katta aylanishli saltoni bajaradi. Dorda yuradiganlar boshiga qop kiyadi. Bunday hollarda ko‘rish faqat ma’lum sezgilar o‘rnini bosadi. Ko‘rish bizga yakunlangan natijada harakatlar bajariladigan vaziyat haqida tasavvur beradi. Ko‘rish yordamida bilan tayanch sakrashda yugurib kelishdan to gimnastik ot balandligiga itarilish joyigacha bo‘lgan masofa baholanadi. Aynan qanday harakatlar bajarilishi kerak bo‘lgan hakidagi tasavvur mushak sezgi va qabul qilishlardan kelib chiqadi, ko‘rish qobiliyati sport anjomi bilan bo‘lgan harakatda katta ahamiyatga ega (koptokni basketbol savatiga tashlash).

Yüklə 113,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin