331
keluvchi holatlar, sabablar turini aniqlaydi. Ushbu uslub faoliyat amalga oshmasdan oldin
mantiqiy tahlil qilish orqali bajariladi.
Aposterior
uslub. Ushbu uslub faoliyat amalga oshgach ya`ni, hodisa sodir bo`lgach
bajariladi. Bunda ushbu ko`ngilsiz hodisaning oqibatlari asosida uning
sabablari aniqlanadi va
tahlil natijalari bo`yicha kelajakda bajarilishi lozim bo`lgan tadbirlar ishlab chiqiladi.
Bu ikkala uslub mos xolda to`gri va teskari uslub ham deb yuritiladi.
To`g’ri uslubda ko`ngilsiz hodisalarga olib keluvchi sabablar va xavf turlari
o`rganilib, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan baxtsiz xodisalar oldindan taxlil qilinadi.
Teskari uslubda esa sodir bo`lgan ko`ngilsiz hodisalaya`ni baxtsiz hodis^ar o`rganilib,
uning sabablari aniqlanadi va bartaraf etish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Xavfsizlikni tahlil qilishdagi
asosiy muammolardan
biri
uning asosiy ko`rsatkichlarini va
sistemaning chegarasini tugri belgilashdan iboratdir. Agar
sistema
juda qisqa tarzda tahlil
qilinsa, ayrim xavfli holatlar e`tibordan chetda qolishi va natijada turli xil baxtsiz hodisalar
kelib chiqishi mumkin. SHuningdek, agar sistema juda
keng qabul qilinsa, tahlil natijasida
noaniqliklar, chalkashliklar yuzaga kelishi mumkin. SHu sababli, tahlil chegarasini
aniqlashdan oldin tahlilning aniq maqsadi belgilanishi zarur.
Umumiy qilib aytganda, tahlil
asosida ishlab chikilgan
iqtisodiy, texnik, tashkiliy, sanitar-gigienik
va boshqa turdagi barcha
tadbirlar ushbu sistemada yuz berishi mumkin bo`lgan xavflarni to`lik oldini olish, ya`ni
baxtsiz hodisalarni kelib chiqishini bartaraf etilishini ta`minlashi zarur.
Baxtsiz hodisalarni taxlil qilish uslublari
Ishlab chiqarishdagi jarohatlapishlarni kamaytirish uchun ularning sabablarini to`gri
aniqlash va atroflicha tahlil qilish zarur. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarning
sabablarini o`rganish va baholashni kuyidagi uslublar orqali amalga oshirish mumkin:
Dostları ilə paylaş: