2. SHaxsiy va ommaviy himoya vositalari 1. Mehnat xavfsizligini ta`minlovchi texnik vositalar Ishlab chiqarish bunday muammolarni oldini olish, jarohatlanishga qarshi kurashni,
baxtsiz hodisalarni oldini oluvchi zamonaviy vositalardan keng foydalanmasdan turib hal qilib
bo`lmaydi.
Insonni xavfli ishlab chiqarish omillardan himoyalash usuli: aktiv va passiv bo`ladi.
Aktiv himoya xavfli omil hosil bo`lishini yo`qotishga yoki uning xavflilik darajasini
kamaytirishga yo`naltiradi. Passiv himoya xavfli omillarning insonga ta`sirini oldini oluvchi
kompleks tadbirlarni o`z ichiga oladi. Bunga insonni xavfli zonadan chiqarish yoki insonni xavfli
zonada bo`lmasligi uchun sharoit yaratish bilan erishiladi. Passiv himoyalash ishlab chiqarish
jarayonini tashkillashtirish uskuna va jihozlarni konstruktsiyalarini yaxshilash orqali
ta`minlanadi. Agar qayd qilingan tadbirlar bilan ishlovchilarning xavfsizligi to`laligicha ta`min
etilmasa, individual himoya vositalarini (kaskalar, ko`z oynaklar, respiratorlar va boshqalar)
qo`llanilishini taqoza etadi.
Himoya vositalarini ish jarayoniga shunday jihozlash kerakki, aksincha holatda himoya
vositalari bilan ish jarayonini bajarish mumkin bo`lmasin. Himoyalovchi qurilma xavf paydo
bo`lishi bilan ishga tushishi va xavfli yoki zararli omilining ta`siri to`xtamaguncha o`zini ishchi
holatini to`xtatmasligi kerak. Himoyalovchi qurilmalarning konstruktsiyasi shunday bo`lishi
kerakki, uning biror alohida elementining ishlamasligi, boshqa himoya vositalarining ishini
to`xtamasligi va qo`shimcha xavf tug’dirmasligi kerak.
Himoya vositalari unga texnik xizmat ko`rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo`lishi
kerak. Zarur hollarda himoya vositalari ishini nazorat qilish uchun ular avtomatik qurilmalar
bilan ta`minlanishi mumkin. Zamonaviy mexanizmlardan qurilmalarda hamda texnologik
liniyalarda ishlarni xavfsizligi to`siq, xavfdan saqlovchi qurilmalari va signal, masofadan
boshqarish sistemasi, individual himoya vositalardan foydalanish va himoyalovchi vositalar
sozligini muntazam nazorat qilishini ta`minlanadi.