Inson organizmiga shovkining ob`ektiv ta`sirini baxolash uchun
shovkin darajasi tushunchasi kiritilgan bulib, u kattalik n – bilan belgilanib xalkaro birlik
bulgan bel da ulchanadi. Amalda 10 marta kichik bulgan birligi – detsibel (db) kabul kilingan.
SHovkin chastotasi – Gts (gerts), intensivligi – j va tovush bosimi r bilan ifodalanadi.
Tovush tulkinlarining tarkalishi muxitning elastiklik xassasiga, xarakat va zichligiga
boglik. Tovush tulkinlarining 20
0
S xarakatli xavo muxitidagi tarkalish tezligi 343 m/s, pulatda
esa 5000 m/s, betonda 4000 m/s ga teng.
Tovush tulkinlarining tarkalish chegarasiga tovush maydoni deb aytiladi. Uning xar bir
nuktasi ma’lum tovush tezligi va tovush bosimiga ega. Tovush tezligining xavoda tarkalishi
xavo katlamida ma’lum bosim paydo bulishi natijasida xavoning kisilishi va siyriklanish
zonalarini paydo kiladi. Ana shu kisilish va siyraklanish orasidagi ayrima tovush bosimidir.
Tovush tulkinlari tarkalaetgan vaktda ma’lum kinetik kuvvatni kuchirish vujudga keladi
va bu kuvvatning mikdori tovush intensivligi (J) bilan belgilanadi . Tovush intensivligi
kuyidagi formula erdamida aniklanadi.
354
J= P2/R*C ( Vt/M
2
) (1)
J-tovush intensivligi (Vt/M
2
);
P- tovush bosimini mikdori, (Pa);
R- muxit zichligi, (kg/ m
3
);
S- ushbu muxitdagi tovush tezligi (m/s)
Tovushning intensivligi va bosimi amalietda tovushga karshi kurashishda katta
axamiyatga egadir. SHuning uchun tovushning intensivlik darajasi kuyidagi formula bilan
aniklanadi.
L= J/Jo (2)
L- tovushning intensivligi, (Vt/m
2
);
J- manbadan chikaetgan tovush intensivligi, (Vt/m
2
);
Jo- tovushning eshitish darajasidagi intensivligi (Jo=10
-12
Vt/m
2
)
Tovushning bosim darajasi kuyidagi formula bilan aniklanadi
Lp= 20lg p/po (3)
p- tovush manbaning bosim, (N/m
2
);
po- tovushning eshitish darajasidagi bosimi, ( ro=2.10
-5
N/m
2
);
Tovush intensivligi tovush bosim kvadrati tovush darajasini tovush bosimi orkali xam
aniklash mumkin
L= 10Lg P/Po (4)
Bu keltirilgan ifodalar bilan aniklanadigan tovush darajasini akustikada tovush bosimi
darajasi deb atash kabul kilingan SHovkinni susaytirish uchun tovushni yutadigan turli
ashyolardan foydalaniladi. Tovush kuvvatini yutuvchi ashyo va kurilmalar uch guruxga
bulinadi.
1) gavakli
2) rezinali
3) donali
Govakli tovush yutkichlarga yogoch tolasidan, mineral, paxtadan, shisha tolasidan kilingan
pilitalar, tsementli fibralet, ftorplast kapron va mineral tolalardan yasalgan tushaklar kiradi.
Rezonans tovush yutkichlar ikkala tomoniga mato yopishtirilib shovkin manbaidan ma`lum
masofada joylashtirilgan teshik erandan iborat.Ekran sifatida yogoch kipigidan ishlangan
taxtachalardan foydalaniladi. Donali tovush yutkichlar ma`lum shakldagi jismlardan
iborat,bulib ular xonaga bir-biridan 1500-2000 mm oralikda kuyiladi. Ular asosan govakdor
ashyolardan tayyorlanadi. Sanitar normalarda San Pin №01120-01, San Pin №01122-01
shokinning ruxsat etilgan mikdori darajasi aniklangan bulib, u tovushning chastotasiga
boglikdir va 8 oktavaga bulinadi 63,125,250, 500, 1000,2000, 4000,8000.
Bu ishni bajarish tartibi. Ochik maydondagi mashina shovkin tasnifini aniklash uchun
mashinani burilishda urnatish lozim. Ulchash nuktasi yarim sferik yuzaga urnatilishi kerak.
Mikrofon uki yuza markaziga yunaltirilgan bulishi zarur. Ulchash satxi mashinaning
geometrik satxi bilan (magnitafon) bir xil bulishi lozim.
355
SHovkin tarkibini grafik tarzda yoritish spektr deyiladi.Elektr fil’trlari yordamida
shovkinlar tekshiriladi.Tovush yukori chastotali va kuyi chastotali bulib, ularning urta
geometrik chastotasi kuyidagicha topiladi.
F= 20Lg H/Po
Amalietda shovkinga karshi fil’trlar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |