1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati


–mavzu. Zararlangan ob`ekt holatini baholash uslublarini va asboblarini



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
12.3 янги амалий (лек)

9 –mavzu. Zararlangan ob`ekt holatini baholash uslublarini va asboblarini; 
yong’inni o`chirish modda va vositalarini o`rganish 
Ishning maqsadi: 
Zararlangan ob`ekt, yong’in, yong’inni o`chirish
 
haqida
 
amaliy 
ko`nikma hosil qilish. 
Mashgulot rejasi: 
 
1. Yonishning fizik-kimyoviy asoslari 
2. Yonish fazalari va portlash chegaralari 
3. Yong`inga qarshi ishlarni tashkil qilish 
1.Yonishning fizik-kimyoviy asoslari 
Yonish deb, yonuvchi modda bilan havodagi kislorodning o`zaro ta`siri natijasida juda 
tez kechuvchi va ko`p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy reaktsiyaga aytiladi. Ko`p 
hollarda yonish yonuvchi modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga kechadi. Yonish hosil 
bo`lishi va u davom etishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq yoki gazsimon), oksidlovchi 
modda (oddiy sharoitda oksidlovchi modda vazifasini havoda kislorod o`tashi mumkin) va 
yondiruvchi manba (uchqun, ochiq alanga va cho`g`langan narsa) mavjud bo`lishi kerak. 
Shuni aytish kerakki, havodagi kislorod miqdori 15% dan yuqori bo`lgandagina oksidlovchi 
vazifasini bajara oladi. Undan past konsentratsiyada esa yonish mavjud bo`la olmaydi. 
Bundan tashqari oksidlovchi modda vazifasini tegishli sharoitlarda xlor, brom, kaliy va 
boshqa moddalar ham o`tashi mumkin. 
Xavfliligi bo`yicha barcha modda va ashyolarni quyidagi turlarga bo`lish mumkin: 
yonmaydigan moddalar, yonish xavfi mavjud moddalar. yonish va portlash xavfi mavjud 
hamda portlash xavfi mavjud moddalar. 
Yonmaydigan modda va ashyolar - yonish yoki yong`inni uzatish xususiyatlari yo`q 
narsalardir. Masalan, g`isht, metall, beton va boshqalar. 
Yonish xavfi mavjud modda va ashyolar havoda yonish va yong`inni uzata olish 
xususiyatiga egadirlar. Masalan, yog`och, qog`oz, paxta tolasi, mazut, portlash xossasiga ega 
bo`lmagan changlar. 
Yonish va portlash xavfi mavjud modda va ashyolar, qattiq yoki suyuq yonuvchi 
moddalar bilan birikkanda bir zumda alanganlanib ketish xossasiga ega. Bunday moddalarga 
vodorod angidridi, azot kislotasi va boshqalar, hamda yonuvchi moddalar bilan aralashganda 
o`zidan kislorod ajratib chiqaruvchi, kislota ta`sirida, qizdirilganda yoki mexanik ta`sir ostida 
portlovchi birikmalar kiradi. Masalan, paxta changi bilan selitra aralashganda shu hol ro`y 
berishi mumkin. Shu bilan birga bunday narsalarga havoda tarqalgan holda portlovchi 
aralashmalar hosil qiluvchi changlar ham mansubdir. Masalan, lub va kenaf tolalari changlari. 
Yonish va portlash xavfi mavjud moddalarga o`zlari yonmaydigan, lekin suv bilan 
aralashganda parchalanib, gaz ajralib chiqaruvchi va bi gaz havo bilan birikkanda portlovchi 
birikma hosil qiluvchi moddalar ham kiradi (kaltsiy karbid). 
Portlovchi narsa va moddalar havo bilan aralashib, portlovchi birikmalar (yonuvchi gaz, 
vodorod, atsetilen) hosil qiladilar. Portlash xavfi mavjud moddalarga yonuvchi gazlar bilan 
aralashganda portlash xavfini vujudga keltiradigan yonmaydigan gazlar ham kiradi (kislorod 
yonuvchi gaz bilan aralashganda portlashga olib keladi). Ayrim holda yonmaydigan va 
yonishni ta`minlay olmaydigan portlovchi gazlar ham bo`lishi mumkin. Masalan, balonlarda 
siqilgan holda saqlanuvchi karbonat angidrid gazi. Portlovchi moddalarga, shuningdek havo 
bilan aralashgan holdagi neorganik moddalar ham (alyuminiy, magniy va boshqa moddalar 
kukunlari) kiradi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin