1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
12.3 янги амалий (лек)

O`z-o`zidan yonib ketish.
Ayrim yonuvchi qattiq moddalarni saqlash noto`g`ri 
tashkil etilgan hollarda o`z-o`zidan yonib ketishi mumkin. Masalan, nam holda g`aramlangan 
pohol, paxta, toshko`mir, moy artilgan latta va boshqalar. Bu jarayon o`z-o`zidan yonish 
harorati ma`lum haroratdagina bo`lishi mumkin. 
Qattiq moddalar yonayotganda, yonayotgan qismlariga yondosh qismlarning qizishi va 
ulardan o`z navbatida yonuvchi gazlar ajralib chiqishi va ularning ham yona boshlashi 
natijasida uzluksiz zanjir reaktsiyasi kechadi. Bu biror bir to`suvchi omilga uchramasa 
yonuvchi modda yonib tamom bo`lguncha davom etadi. 
Yonuvchi suyuq moddalarning yonishi faqat yuzalari ochiq bo`lgan holatdagina, ya`ni 
havo bilan tutash bo`lgan yuzalardagina yuz berishi mumkin. Bunda suyuqlik yuzasidagi 
alanga pastki qatlamlarni qizdiradi va yonuvchi bug`larning yangi-yangilarini chiqaradi va 
ular ham yona boshlaydi. Shunday qilib bu erda ham zanjir reaktsiyasi kechadi. 
Yonuvchi suyuq moddalarning chaqnash harorati 450ºS at eng yoki undan kichik 
bo`lsa, bunday moddalar engil yonuvchi suyuqliklar deyiladi. Bularga benzin, serouglerod, 
spirtlar va boshqalar misol bo`la oladi. Chaqnash harorati 450ºS dan yuqori bo`lganlari esa 
yonuvchi suyuqliklar deyiladi. Qurilish me`yorlr keltirilishi bo`yicha yong`indan muhofaza 
qilish ilmiy tekshirish institutining tavtsiyasiga binoan engil yonuvchi suyuqliklarga chaqnash 
harorati 610ºC at eng va undan past bo`lganlari, yonuvchi suyuqliklarga esa 610ºC dan 
yuqorilarini kiritish belgilangan.
Gazlarda esa, gazning har bir molekulasi kislorodning molekulalari bilan bevosita 
kontaktda bo`lishi munkinligi va ular bir vaqtning o`zida oksidlanish jarayoniga tayyor 
bo`lganligi uchun, yonish jarayoni katta tezlikda kechadi. Yonuvchi modda bo`ylab 
alanganing tarqalish tezligi sekundiga bir necha metrni tashkil etsa yonish, bir necha yuz 
metrni tashkil etsa portlash, bir necha kilometrni tashkil etsa detonatsiya deb ataladi. 
Gaz va bug`larning havo bilan aralashmasining yonish va portlash xavfi, alanganing 
tarqalish haroratidan tashqari ularning havodagi kontsentratsiya chegarasi (bug`lar uchun) 


359 
bilan xarakterlanadi. Portlashning kontsentratsiya chegarasi deb yopiq tigel ichida yonuvchi 
gaz va bug`larning havodagi miqdori tashqi alanga ta`siri ostida alangalanib keta oladigan 
miqdorga aytiladi. 
Havo bilan to`ldirilgan berk idish olib, unga ma`lum miqdorda yonuvchi gaz yoki bug` 
qo`shib boramiz va har gal uni yoqib qo`ramiz. Bu gazning miqdori (foizlarda yoki og`irlik 
konsentratsiyasida) kam bo`lganda alangalanmaydi, ya`ni idish ichidagi bosim atmosfera 
bosimiga tengligicha qolaveradi. 
Yonuvchi moddaning kontsentratsiyasi oshirib borilishi natijasida shunday holat yuzaga 
keladiki, bunda aralashma kuchsiz portlaydi. Yopiq idish ichida yonuvchi gaz yoki bug`ning 
havo bilan aralashmasining yondirilganda portlash paydo qiladigan minimal qiymati 
portlashning pastki chegarasi deb alaladi. Idish ichiga berilayotgan gaz yoki bug`ning 
kontsentratsiyasi yana oshira borilsa, portlash kuchi orta beradi va biror maksimal qiymatga 
erishadi. Kontsentratsiyaning yanada oshib borishi endi portlash kuchini oshirmay, balki 
pasaytiradi va sekin asta so`na boshlaydi va ma`lum kontsentratsiyada esa butunlay to`xtaydi. 
Yopiq idish ichida yonuvchi gaz yoki bug`ning havo bilan aralashmasining, yondirilganda 
portlaydigan maksimal qiymati portlashning yuqori chegarasi deb ataladi. Portlashning pastki 
va yuqori chegaralari orasidagi farq qancha katta bo`lsa, moddaning portlash xavfi shuncha 
yuqori bo`ladi. 
Xar bir yonuvchi moddaning bug`lari va gazlari, hamda changlari o`zlarining pastki va 
yuqorigi portlash chegaralari qiymatlariga ega. 
Yonuvchi changlar va tolalar, ularning pastki portlash chegarasi 65 g/m³ dan past 
bo`lsa, portlash xavfi mavjud hisoblanadi. Agar ularning pastki portlash chegarasi 65 g/m³ 
dan yuqori bo`lsa, ular yong`in xavfi bo`lgan changlar hisoblanadi. 
Suyuqliklar bug`lari uchun ham portlashning harorat chegaralari pastki va yuqorigi 
qiymatlarga egadir. Portlashning pastki harorat chegarasi deb, yopiq idish ichidagi 
suyuqlikning to`yingan bug`larining tashqi manba ta`sirida alanga olishi mumkin bo`lgan eng 
pastki harorati tushuniladi. 
Portlashning yuqorigi harorat chegarasi deb, yopiq idish ichidagi suyuqlikning 
to`yingan bug`larining tashqi manba ta`sirida alanga olishi mumkin bo`lgan eng yuqorigi 
harorati tushuniladi. Yonuvchi suyuqliklarning gaz va bug`larning havo bilan aralashmasini 
yuqorida ko`rsatilgan chegaralaridan tashqari qiymatlarida hech qandiy manba bilan 
alangalatib bo`lmaydi. Masalan, atseton to`yingan bug`lari uchun portlashning pastki harorat 
chegarasi – 20ºC. yuqorigisi 7ºC, serouglerod uchun tegishlicha – 14ºC va – 7ºC.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin