1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati


Yong`inga qarshi ishlarni tashkil qilish



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
12.3 янги амалий (лек)

3.Yong`inga qarshi ishlarni tashkil qilish 
Yong`inlar xalq xo`jaligiga katta moddiy zarar keltiradilar. Yong`in bir necha minut 
yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklarini yondirib, kulga aylantiradi. Yong`in 
vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa zararli hid va gazlar ko`p 
miqdorda atmosferaga ko`tarilib, nafas olish uchun zarur bo`lgan havoning tarkibini buzadi. 
Bundan tashqari, yong`indan tufayli ko`plab kishilar jarohatlanadi va hatto o`lishlari ham 
mumkin. Bularning hammasi, yong`inga qarshi kurash tadbirlarini, bu vaqtda paydo 
bo`ladigan ishlarni xavfsiz bajarish usullari va mehnat muhofazasi bilan birgalikda 
o`rganishga majbur qiladi. 
Hozirgi paytda sanoat korxonalarida yonish xavfining kamayishi borasida birmuncha 
ishlar amalga oshirilgan, yong`in chiqish xavfi kamaytirilgan va butunlay xavfsiz ishlaydigan 
elektr uskunalari qo`llanilmoqda. Sanoat korxonalari bino va inshootlari tarkibidan yonuvchi 
qurilish materiallarini siqib chiqarilmokda. O`t o`chirishning mexanizatsiyalashgan va 
avtomatlashgan sistemalari tobora kengroq qo`llanilmoqda. 
Lekin, yong`in chiqishining oldini olishda, o`t o`chirishda asosiy mas`uliyat kishilar 
zimmasiga tushishini va ularning yong`inni o`chirish texnikasining barcha talablarini to`liq 
bajarilishiga bog`liq ekanligini unutmasligimiz kerak. Sanoat korxonalarida bu tadbirlar 
tartibli ravishda, yong`in texnikasi haqidagi nizom, yong`in xavfsizligi qoidalari, yo`riqnoma 
va boshqa xujjatlar asosida olib borilishi kerak. 
Respublikamizning xar bir fuqarosi jamoat va davlat mulkini ko`z qorachig`iday 
saqlashi va asrab avaylashi, uni boyitishi haqida qayg`urishi kerak. SHuning uchun sanoat 
korxonalarida yong`inning oldini olish va o`t o`chirish tadbirlari keng jamoatchilikka 
suyangan holda, tsexlardagi har bu ishchining ishtirokida olib boriladi. 
Yong`in muhofazasini tashkil qilish kasbiy va ixtiyoriy turlarga bo`linadi. Kasbiy 
yong`in muhofazasi o`z navbatida, harbiylashtirilgan (yirik shahar va muhim obektlarga 
xizmat ko`rsatadi), harbiylashtirilmagan (tuman markazlari va yirik sanoat obektlariga xizmat 
ko`rsatadi) va tarmoq (ayrim birlashma va korxonalarga xizmat ko`rsatadi) turlariga bo`linadi. 
Yirik sanoat korxonalarida kasbiy yong`in qismlari tashkil qilinadi. SNiP 11-8980 "Sanoat 
korxonalarining bosh rejalari" ga asosan ishlab chiqarishning yong`in xavfi bo`yicha A, B va 
V toifalari uchun kasbiy yong`in qismlarining xizmat ko`rsatish radiusi 2 km dan oshmasligi 
kerak. Bu qismlar odatda korxona hududidan tashqariga joylashtiriladi. Yong`in xavfi kam 
bo`lgan hamda kichikroq korxona va muassasalarda yong`in muhofazasi va obektni qo`riqlash 
xizmati birgalikda qo`shib olib boriladi.
Sanoat korxonalarida yong`in muhofazasini tashkil qilish va yong`in chiqishini 
ogohlantirish: o`t o`chirish texnikasi va qurollarini aloqa va o`chirish vositalarini jangovar 
holatda saqlash, yong`in chiqqan taqdirda ularda faol qatnashish, xalq mulkini asrab-avaylab 
saqlash borasida targ`ibot va tashviqot ishlarini olib borishni taqozo qiladi. Korxonalarda 
yong`in muhofazasining qanday strukturasi mavjud bo`lishidan qat`iy nazar, ko`ngilli o`t 
o`chirish drujinalari tuzilishi kerak. 
Yong`in va portlashlar hamon xalq xo`jaligiga katta ziyon etkazmoqda, kishilarning 
mayib bo`lishiga hatto halok bo`lishiga sabab bo`lmoqda. Shu sababli yong`in xavfsizligi 


361 
tadbirlari ikki asosiy vazifani hal qilishga - kishilar hayoti va sog`lig`ini saqlab qolishga 
hamda moddiy boyliklarni o`tdan himoyalashga qaratilmog`i zarur. 
Yong`in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini Davyong`innazorat kuzatib turadi, 
tsexlar, laboratoriyalar, bo`limlar, omborxonalar, ustaxonalar va boshqa bo`limlardagi 
yong`in xavfsizligi uchun javobgarlik esa ularning rahbarlari yoki shu rahbarlar vazifasini 
bajarib turgan kishilar zimmasiga yuklatiladi. 
O`zbekiston Respublikasida shaharlarimizning, qishloqlardagi aholi zich yashaydigan 
joylar va xalq xo`jaligi obektlarining yong`in muhofazasini mustahkamlash uchun yong`inga 
qarshi kurash reja asosida olib boriladi va shu to`g`risida doim g`amxo`rlik qilib kelinadi. Ana 
shu yong`in muhofazasi ishining ikki asosiy yo`nalishi bor: Birinchidan, bu – yong`inning 
oldini olishga qaratilgan ilmiy-texnik va tashkiliy tadbirlarning rejali majmui; Ikkinchidan, bu 
– obektlar, shaharlarda va qishloqlardagi aholi zich yashaydigan joylarda yong`inni 
o`chirishni tashkil qilish. 
O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi yong`in muhofazasi Bosh boshqarmasining vazifasi 
davlat mulkini, fuqarolarning shaxsiy mulkini yong`indan saqlashdan iborat. SHu bilan birga 
yong`in nazorati tashkilotlari tashkiliy, nazorat va ma`muriy ishlarni amalga oshiradi. 
Ularning vazifalariga quyidagilar kiradi: 
-
hamma idoralar, korxonalar va alohida shaxslar uchun majburiy bo`lgan yong`in 
muhofazasiga doir qoidalar, me`yorlar, yo`riqnomalar ishlab chiqish va ularni chop etish; 
-
sanoat, fuqaro binolari va inshootlarini, aholi punktlarini loyihalash, qurishda yong`in 
xavfsizligi qoidalari va me`yorlarining bajarilishini tekshirish; 
-
hamma tashkilotlar, muassasalar, korxonalardagi o`t o`chirish bo`linmalarining 
shayligini va o`t o`chirish vositalarining sozligini qattiq nazorat qilish hamda tekshirish. 
O`zbekiston Respublikasi yong`in nazorati tashkilotlari o`z vazifalarini muvaffaqiyatli 
bajarishlari uchun ularga quyidagi huquqlar berilgan: 
- yong`in xavfsizligi jihatidan qay ahvoldaligini aniqlash maqsadida barcha sanoat 
binolari hamda inshootlari, omborxonalar va ularni tekshirish;
-korxonalar ma`muriyati va alohida shaxslardan obektlarning yong`in xavfsizligi 
nuqtayi nazaridan qay ahvoldaligini aniqlash uchun zarur bo`lgan ma`lumot hamda hujjatlarni 
taqdim etishni talab qilish; 
-
yong`in xavfsizligi qoidalari buzilganligi aniqlaganda korxona rahbarlariga ana shu 
buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan majburiy farmoyishlar berish va buning uchun zarur 
muddatlarni belgilash; 
-yong`in va portlash xavfini yuzaga keltiruvchi qoida buzilishlari aniqlaganda ana shu 
buzilishlar bartaraf etilgunga qadar korxonaning ishini butunlay yoki qisman to`xtatib 
qo`yish; 
-
yong`in xavfsizligi qoidalarining buzilishi yoki bajarilmasligida aybdor bo`lgan 
kishilarni ma`muriy yohud jinoiy javobgarlikka tortish. 
Ishchi-xizmatchilar o`z ish o`rnidagi yoki ular o`zi ishlaydigan bo`linmadagi yong`in 
xavfsizligi talablarini yaxshi bilishlari va ularga qat`iy amal qilishlari, o`t o`chirish 
vositalaridan foydalana olishlari, mehnat hamda texnologiya intizomiga qat`iy rioya qilishlari, 
yong`in hamda portlash jihatidan xavfli modda va ashyolarni ishlatishni bilishlari zarur. 
Korxona, muassasa va tashkilotlarda yong`in xavfsizligini ta`minlash ishini tashkil 
qilish. Ishchilar, xizmatchilar va muhandis-texnik xodimlarning ko`pchiligi jalb etilgandagina 
korxona, muassasa, hamda tashkilotlarda yong`inga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish 
mumkin. Buning uchun har bir obektda yong`in-texnik komissiyasi tuziladi. Komissiyaga 
bosh muhandis, texnik rahbar yoki rahbarning birinchi o`rinbosari boshchilik qiladi, ularning 
vazifasi quyidagilardan iborat: 
-
yong`inning oldini olish qoidalarining buzilishlarini va yong`in chiqishiga olib 
keluvchi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish; 


362 
-
obektiv yong`inning oldini olish tartibini ishlab chiqish va ularni o`tkazishda 
qatnashish; 
-
ishchi-xizmatchilar va muhandis-texnik xodimlar o`rtasida yong`inning oldini olish 
tartibi hamda qoidalari bo`yicha ommaviy tushuntirish ishini olib borish. 
Bu vazifalarni bajarish uchun yong`in texnik-komissiyasi ishlab chiqarish xonalari, 
elektr jihozlari, shamollatish, isitish sistemalari va shu kabilarni ko`zdan kechirib, qoida 
buzilishlarini aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi; ishlovchilar 
o`rtasida yong`inning oldini olish mavzularida suhbatlar, lektsiyalar o`tkazadi; 
ratsionalizatorlar hamda ixtirochilar uchun mavzular ishlab chiqishda qatnashadi; tsexlar, 
bo`limlar, omborxonalar, laboratoriyalar va hokazolarning yong`inga qarshi ahvolini 
tekshirishga keng jamoatchilikni jalb etadi. 
Sanoat korxonalaridagi yong`in muhofazasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: 
-
har kuni yong`inning oldini olishni amalga oshirishi; 
-
yong`in chiqishiga yo`l qo`ymaydigan tadbirlarni ishlab chiqish; 
-
ishchi-xizmatchilar, muhandis-texnik xodimlarga yong`inga qarshi kurash yuzasidan 
yo`l-yo`riqlar berish va ular bilan mashg`ulotlar o`tkazish; 
-
hamma o`t o`chirish sistemalari va qurilmalari hamda yong`in, aloqa va signalizatsiya 
vositalarining ahvo lini nazorat qilish; 
-qo`riqlanayotgan obektdagi yonayotgan narsalar va yong`inni o`chirish

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin