1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati


Gazlar va changning yonishi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
12.3 янги амалий (лек)

Gazlar va changning yonishi.
Yonuvchi gazlar havo bilan birikib portlash jihatidan 
xavfli aralashmalar hosil qilishi mumkin. Shu sababli ular portlash jihatidan havfli moddalar 
toifasiga kiradi. Gaz-havo aralashmalarining xavflilik darajasi ularning alanga olish haroratiga 
va portlashning miqdoriy chegaralariga qarab baholanadi. 
Gazlar barqaror yonayotganda harorati 1400ºC gacha, portlaganda esa 2000ºC gacha 
ko`tarilishi mumkin. Yonuvchi gazlarning, shuningdek, suyuqlik bug`larning portlashiga 
qarshi kurash tadbirlarini to`g`ri tashkil qilish uchun ularning havo bo`yicha zichligini bilish 
zarur, chunki havo bo`yicha zichligi birdan kichik bo`lgan gazlar xonaning yuqori qismida
zichligi birdan katta bo`lgan gazlar esa xonaning pastki qismida, quduqlar, o`ralar, 
handaqlarda to`planadi. 
Ishlab chiqarishdagi alanga olish manbalari.
Yonug`chi ashyolarning alanga olishiga 
va yonuvchi aralashmalarning portlashiga sabab bo`luvchi issiqlik manbalari o`zlarining 
issiqlik jamg`armalari va ularning yuzaga kelish sabablariga ko`ra turli tuman bo`lsa-da 
ammo ularning barchasi qandaydir energiya yoki kimyoviy reaktsiyalarda issiqlik chiqishi 
yoki ortishi yutilishining natijasidir. 


360 
Kimyoviy reaktsiyalarda issiqlik chiqishi yoki yutilishi.
Ochiq alanga, cho`g`langan 
yonish mahsulotlari, uchqunlar, issiqlik chiqaradigan kimyoviy reaktsiyalar alanga olish 
manbai bo`lishi mumkin. 
Turli xil gorelkalar, kavsharlash lampalari, elektr yoylari, isitish pechlari, elektr tokida 
va gaz alangasida payvandlash jarayonlari, chekish uchun yoqilgan gugurt yoki zajigalka 
ochiq alanga olish manbayi bo`lishi mumkin. Ochiq alanga manbaining va issiqlik energiyasi 
jamg`armasining harorati deyarli hamma yonuvchi moddalar va har qanday gaz-havo hamda 
bug`-havo aralashmalarining alanga olishi uchun etarlidir. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin