§ 6-MAVZU. YANGI DAVRDA AQSh (XVIII asrning oxiri-XIX asrning 70 y.gacha) Reja: Mustaqillik uchun kurash. AQShning tashkil topishi
AQShning XIX asr birinchi yarmidagi iqtisodiy rivojlanishi
AQShda sanoat to'ntarilishi
Fuqarolik urushi va uning oqibatlari
Mustaqillik uchun kurash. AQShning tashkil topishi
Mustamlakachilik davri iqtisodiyoti. Yevropaliliklar tomonidan Amerikani o'zlashtirilishi Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlandi.
Shimoliy Amerikada birinchi koloniyalar XVII asrning boshida Angliya, Gollandiya va Fransiyadan kelgan ko'chmanchilar tomonidan tashkil etilgan edi.
Angliya kolonizatsiya jarayonidan avval Gollandiyani, so'ng
asr 60-yy.da Fransiyani siqib chiqardi.
Amerikaga birinchi bo'lib savdo kompaniyalari vakillari kelish- gan.
Ingliz qiroli Yakov I 1606 y.da London va Plimut kompaniyalari- ga Atlantika qirg'og'ini egallashga xartiya (yozma ijozat) berdi.
Keyinchalik bu yerlarga Londondan ishchilar, ustalar va tadbir- korlar ko'chib kela boshladi.
Diniy e'tiqodi nuqtai-nazaridan puritan jamoalari ko'chib kela boshladi.
Yerlarni chegaralash natijasida yersiz qolgan dehqonlar, kas- bga ega bo'lmagan yoshlar, kambag'allar ham ko'chib keldi.
Undan tashqari ingliz hukumati mustamlakalarga mehnatga layoqatli jinoyatchilarni jo'natar edi.
Ko'chmanchilar asta-sekin Atlantika qirg'og'ida 13ta koloni- ya tashkil etishib, 1760 y.da uning aholisi 2,5 mln. kishini tashkil etdi.
Ko'chmanchilarning asosiy qismi qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanar edi.
asr oxiriga kelib Shimoliy Amerikada iqtisodiy rivojlanish xarakteri va darajasi nuqtai-nazaridan uchta rayon shakllandi:Shimoli-Sharq, Janub va Markaz.
Shimoli-Sharq eng rivojlangan hudud edi. Aholisining asosiy qismi diniy e'tiqodi nuqtai-nazaridan ko'chib kelganlardan iborat bo'lgan;
aholining asosiy qismi yerga ishlov berish bilan shug'ullangan;
sanoatning asosiy tarmog'i - kemasozlik bo'lgan (o'sha davrda ingliz flotining 1/3 qismi amerika kemasozligi mahsuloti edi);
mato to'qish jadal rivojlandi. Jun beradigan qo'ylar olib ke- linib, ularning junidan matolar to'qilardi;
temir rudasi zaxiralari metallga ishlov berish sanoatini rivojl- anishiga turtki bo'ldi;
Angliya bilan savdo yaxshi yo'lga qo'yilganligi sabab bu hududning savdo burjuaziyasi yetakchi o'rinlarda edi.
Markaziy hudud. Qishloq xo'jaligida fermerlik katta ulushga ega edi.
ingliz aristokratiyasining yirik yer egaligi mavjud edi. Yerlar kichik uchastkalarga bo'linib ijaraga berilardi;
metallni qayta ishlash va pivo qaynatish yo'lga qo'yilgan edi;
bug'doydan tashqari kartoshka, jo'xori, qovoq yetishtirilar-
di;
qishloq xo'jaligida oq tanli odamlarni majburlab ishlatish mavjud edi. Bular asosan qamoqxonalardan chiqqan maxbuslar edi.
Janub. Janubda qulchilik-plantatsiya xo'jalik yuritish tizimi shakllangan edi. Bu yerda juda katta unumdor yerlar mavjud bo'lib, ko'chib kelgan ingliz aristokratlari Angliya hukumatidan yirik yer (latifundiya)larni olishar edi. Bu yerlarda mehnat qilish uchun ish kuchi etishmas edi.
Afrikadan negr-qullarni olib kelinishi bu muammoni hal etdi. Ularning soni o'sib bordi - 1700 y. - 27,8 ming.kishini tashkil qil- gan bo'lsa, 1790 y. da - 760 ming.kishidan iborat bo'ldi (janubiy shtatlar aholisining 40%).
Janubiy hududlarda hukmron sinf quldorlar-plantatorlar edi.
Ushbu hududda tamaki, guruch, shakar-qamish yetishtirilardi. Asta-sekin paxta asosiy ekinga aylandi.
Metropoliya bilan munosabat. Shimoliy Amerikada kapitalistik munosabatlarning rivojlanib borishi natijasida Yevropa immi- grantlari hisobiga yollanma ishchilar soni oshib bordi. Ishchilar tarkibida malakali mutaxassilar ulushi katta edi.
Shu sababdan Angliya yuqori malakali mutuxassislarning emi- gratsiyasini chegaralashga (1718 y.) majbur bo'ldi. 1765 yilda esa parlament umuman ularni chiqib ketishini taqiqladi.
Lekin bu jarayonni to'xtatib bo'lmas edi. Undan tashqari malakali mutaxassislar mehnati Angliyadan ko'ra yuqoriroq ba- holanar edi.
Vaqt o'tishi bilan mustamlakalar va metropoliya o'rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda keskinlasha bordi.
Amerika savdo burjuaziyasiga savdo cheklovlarini belgilash yuqori darajada edi. 1650-1761 yy.da 125ta qonuniy akt yor- damida amerika savdogarlarini yevropa mamlakatlari bilan savdo qilinishi cheklandi.
Shakar, tamaki, paxta, teri, mis rudasi kabi kolonial mahsulot- lar bilan savdoga ingliz monopoliyasi o'rnatildi.
1750 yildan "temir" qonuni amal qilib, unga muvofiq koloni- yada domna pechlari, temirchilik ustaxonalari qurish man etilgan edi.
1765 y.da "gerb yig'imi" joriy etilib, har bir tovar sotib olin- ishida soliq to'lanishi nazarda tutilgan edi (mablag'lar Angliya budjetiga ketar edi).
Qishloq xo'jaligida fermerlik shaklini rivojlanishiga yirik yer mulkchiligi to'siqlik qilar edi. 1763 yilda Angliya hukumati xususiy shaxslarga hindulardan yer sotib olishni taqiqlab qo'ydi.
Bu qarama-qarshiliklar keskinlashib borib oxir natijada urush- ga olib keldi. Tarixda bu urush Mustaqillik uchun urush deb nom oldi.
Urush 8 yil davom etdi (1775-1783 yy.) va kolonistlar g'alabasi bilan yakunlandi.
1776 y.da mustaqil davlat - Amerika Qo'shma Shtatlari e'lon qilindi.
Amerika inqilobining xususiyatlari.16 Shimoliy Amerikadagi mustaqillik urushi qit'adagi birinchi burjua inqilobi bo'lib, uning natijasida bir necha demokratik o'zgarishlar amalga oshirildi:
mayda yer egalari ijara haqidan ozod etildi.
ingliz qirolidan, cherkovdan, mustamlaka ma'muriyatidan yer olgan aristokratlarning yirik yerlari konfiskatsiya qilindi.
tortib olingan yerlar mayda uchastkalarga bo'linib sotilar edi.
mustaqillik deklaratsiyasi muallifi T.Djefferson taklifiga ko'ra yerlari bo'lmagan kambag'allarga g'arbdagi yerlardan tekinga berildi.
yerga egalik qilishning feodal shakllari bekor qilindi. Dvory- an unvonlari, ijara merosi bekor qilindi.
barcha portlar Yevropa savdogarlari uchun ochiq deb e'lon qilindi (savdoda ingliz monopoliyasi yo'q bo'ldi).
mamlakat proteksionizm siyosatidan fritrederlik siyosatiga o'tdi. Fransiya, Prussiya, Shvetsiya bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
inqilob davrida ingizlar tarafdorlari bo'lganlarning 30 ming imeniyalari konfiskatsiya qilindi
urush davrida harbiy sanoatni rivojlanishi rag'batlantirildi. Hukumat metall, qurol-yarog', porox, harbiy kiyim ishlab chiqaru- vchilarga pul mukofotlari, subsidiyalar berdi.
1778 y.da Springfeldda zambarak ishlab chiqaruvchi davlat zavodi ishga tushdi.
1781 yilda Shimoliy Amerika Bankini tashkil etilishi mam- lakatda emissiya faoliyatini barqarorlashtirishga olib keldi.
AQShning XIX asr birinchi yarmidagi iqtisodiy rivojlanishi
Hududlarni kengayishi. Kolonial qaramlikdan endigina ozod- likka erishgan AQSh hukumati keng qamrovli hududlar ekspansi- yasi siyosatini amalga oshira boshladi.
Yangi hududlar tengsiz shartnomalar, savdo bitimlari, bosib olish asosida qo'shilar edi.
AQSh tarkibiga Luiziana (1803 y.), Florida (1819 y.) shtatlari kirdi.
1823 y.da AQSh "Monro doktrinasi”n\ e'lon qildi, unga binoan Yevropa mamlakatlarining Amerika ishlariga aralashuvi AQShga tahdid deb qaraldi. Shu bilan AQSh Meksikaga nisbatan bosqin- chilik urushlarini amalga oshirish imkoniga ega bo'ldi.
Qo'shib olish va bosib olishlar:
Texas (1845),
Yangi Meksika (1849),
Yuqori Kaliforniya (1848),
Oregon (1846).
XIX asrning birinchi yarmida AQSh hududi 3,5-4 barobar kengaydi.
Yevropadagi doimiy ravishdagi urushlar amerika kapitalizmini jadal o'sishiga sababchi bo'ldi.
AQSh okean ortida bo'lganligi sababli ushbu urushlarda qat- nashmasdi, shu sababdan yirik harbiy xarajatlardan holi edi.
Lekin barcha urush qatnashchilari bilan savdo-sotiq qilib daromad oldi.
Aholi. XIX asr o'rtasiga kelib hududlar ekspansiyasi natijasida shtatlar soni 13 tadan 30 gacha ko'paydi.
Hududlarning kengayishi quyidagi muhim demografik o'zgarishlarga olib keldi: aholining tez o'sishi, aholini G'arbga faol migratsiyasi va asta-sekin urbanizatsiyasi.
y.da AQSh aholisi 3,9 mln.kishi edi. 1860 y.da esa 31,4 mln.kishi.
Aholi sonini o'sishi ichki omillar (tabiiy o'sish) hamda tashqi omillar (immigrantlar oqimi va qullarni olib kelish) hisobiga amal- ga oshdi.
AQShda katta yerlarning mavjudligi Yevropadan ko'chib kelu- vchilarni o'ziga jalb qilar edi.
Demografik holatning o'zgarishi urbanizatsiyada o'z aksini topdi. Mehnat taqsimoti shahar aholisini o'sishiga olib keldi.
88