1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja: Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi



Yüklə 154,05 Kb.
səhifə4/12
tarix14.06.2023
ölçüsü154,05 Kb.
#129984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
S4. Yangi davrda industrial tizimni vujudga kelishi (XVIII asr).

Maks Veber (1864-1920 yy.)
Nemis tarixchisi va sotsiologi Maks Veberning "Xo'jalik tarixi (umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tarixi ocherki)", "Protestantlik etika- si va kapitalizm ruhi" (1904 y.) kabi asarlarida tarixiy-iqtisodiy muammolarni o'rganishdan asta-sekin ijtimoiy muammolarni o'rganishga o'tilgan. M.Veber qadimgi dunyoning agrar tarixi bi­lan shug'ullangan, Germaniyada XIX asr oxirida dehqonlarning ahvolini o'rgangan. U G'arbiy Yevropa kapitalizmining kelib chi- qish nazariyasini ishlab chiqib, uning asosiy manbasi sifatida hu- narmandlar va tadbirkorlarning kundalik faoliyati deb hisoblagan. U puritan2 g'oyalari, ularning kuchli ruhiy tuzilishi kapitalizmning rivojlanishini rag'batlantirib turadi, deb hisoblardi. Uning fikricha, protestantizmning xo'jalik etikasi insonni o'zining professional vazifasini bajarishga, kundalik mehnat faoliyatida dindan yordam izlash, atrof-muhitni o'zgartirishga yo'naltirgan edi.
Verner Zombart (1863 - 1941 yy.)
Nemis tarixchi-iqtisodchisi Verner Zombart "Zamonaviy kapi- talizm" (1902 y.), "Burjua" (1913 y.), "Germaniyaning XIX asr va XX asr boshlarida xalq xo'jaligi" (1923 y.) kabi asarlarida kapitalizm- ning paydo bo'lishi muammosiga evolutsion yondashuv zarurlig- ini uqtiradi va uning rivojlanishini uch bosqichda ko'rib chiqish zarur, deb biladi, bular: individual, o'tish va ijtimoiy. Mezon sifati­da u jamiyatning almashinuv darajasini olgan, ya'ni qadimdagi uy xo'jaligining to'liq avtarkiyasidan kapitalizmdagi mehnat taqsimo- tigacha. Uning fikricha, har bir bosqichga o'zining iqtisodiy ta- moyili mos keladi. Birinchi ikki bosqichda "o'ziga ovqat topish" tamoyili asosiy hisoblanadi, kapitalizm uchun esa "muvaffaqi- yatga erishish, manfaatparastlik" xosdir. V.Zombart, shuningdek, o'zining kapitalning dastlabki jamg'arilishi nazariyasini yaratishga harakat qildi, uning asosiy manbasi sifatida feodal yer rentasini qayd etdi. G'arbiy Yevropa iqtisodiy tarixi bo'yicha asar yozish uchun juda katta faktik material to'plagan.
Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950 yy.)
Yozef Aloiz Shumpeter kelib chiqishi avstriyalik bo'lgan yirik amerikalik iqtisodchi va sotsiolog. 1925-1932 yillarda Bonn uni- versitetining professori, 1932 yildan umrini oxirigacha Garvard universitetining professori. Shumpeter Garvard biznes maktabi- ning asoschilaridan biri bo'lib, u yerda 30-yillarda tadbirkorlik tarixini o'rganish dasturi qabul qilingan edi. Uning asosiy asar- lari; "Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi" (1911), "Iqtisodiy sikllar: kapitalistik jarayonlarni nazariy, tarixiy va statistik tahlil qilish" (1939), "Kapitalizm, sotsializm, demokratiya" (1942), "Iqtisodiy tahlil tarixi" (1954).
Shumpeter nazariyotchi olim bo'lib, u o'zining iqtisodiy sikl­lar ta'limoti tufayli shuhrat qozondi, uning konsepsiyasiga mu- vofiq sikllar iqtisodiy o'sish obyektiv qonuniyati sifatida ko'rilgan. Uning deyarli barcha asarlari faqatgina nazariy emas, balki tarixiy va statistik uslublardan foydalanib yozilgan. Misol uchun, "Kapi­talizm, sotsializm, demokratiya" kitobida u kapitalizm va sotsia­lizm dinamikasini katta tarixiy istiqboli fonida ko'rib chiqmoqchi bo'lgan. Xususiy tadbirkorlik kapitalizmini asta-sekin davlat to­monidan tartibga solinadigan iqtisodiy tizimga trasformatsiyasi to'g'risidagi xulosa ham unga tegishlidir. Urushdan keyingi davr G'arb tarixografiyasida iqtisodiy tarix ulushining oshib borishi va katta hajmdagi faktik material- lar to'planishi bilan ajralib turardi. Texnika, texnik ixtirolar, tex- nologiyalar, alohida iqtisodiy hodisalar tarixi o'rganildi. Sanoat, shu jumladan, alohida korxonalar, tarmoqlar tarixi, ichki va tashqi savdo, transport, fan va boshqalar tarixi tadqiq etildi. Demografik o'zgarishlar, ish kuchi bozorlarining shakllanishi, mehnat unum- dorligi o'sishi, xalqaro valyuta va tovar almashinuvi, aholining moddiy sharoitlariga bag'ishlangan ishlar ko'plab chop etildi.
Rus tarixografiyasida xorijiy mamlakatlar, birinchi navbat- da Angliya va Fransiyaning agrar muammolariga katta e'tibor qaratilar edi (D.G.Vinogradov, M.M.Kovalevskiy, P.V.Luchitskiy, N.I.Kareev, D.M.Petrushevskiy, A.N.Savin va b.). I.M.Kulishevning ishlari qadimgi Gretsiya va G'arbiy Yevropaning iqtisodiy tarixiga bag'ishlangan edi.
Sovet ittifoqi tarixchilari asarlarida antik davr (V.I.Kuzishin,

  1. M.Shtraerman), o'rta asrlar (A.D.Udalsov, S.D.Skazkin, E.A.Kosminskiy, M.A.Brag), Angliyaning yangi tarixi (V.F.Semenov, S.I.Arxangelskiy), Italiya (V. I. Rutenburg), Fran­siya (A.D.Ayublinskaya), Germaniya (M.M.Smirin), Niderlandiya (A.N.Chistozvanov) tarixi tahlil etilgan. Shuningdek, qator o'quv manbalarini qayd etib o'tish lozim, misol uchun V.T.Chuntulova, V.G.Saricheva tahriri ostida yozilgan "Kapitalistik mamlakatlar iqtisodiy tarixi" va F.Ya.Polyanskiy, V.AJamina tahriri ostida yozil­gan "Kapitalistik mamlakatlar iqtisodiy tarixi". Shu bilan birga 80-yillar oxiri va 90-yillar boshlarida iqtisodiy tarixiy fanlar jahon ilm-fanining rivojlanishdan ajralganlik, tadqiqotlar xulosalari maf- kuraviy yo'naltirilganligi, mxolifatning yo'qligi, manbalardan uzi- lish, tadqiqot usullari borasida jiddiy orqada qolishi xarakterli edi.

Shu bilan birga AQShda iqtisodiy tarix fanining rivojlanishi biroz boshqacha edi.
"Yangi iqtisodiy tarix" uchun EHM yordamida statistik usullar bilan tadqiqotlar o'tkazish xosdir. Bu maktabning namoyondalari amerikalik olimlar A.Konrad, Dj.Meyer, R.Fogel va S.Engermanlar edi. Ular asosan quyidagi ikki muammoga e'tibor qaratishardi: AQSh Janubida quldorlik iqtisodiyoti va XIX asr oxirida mamlakat iqtisodiyotining rivojida temir yo'l qurilishining ahamiyati. Iqti­sodiyot rivojlanishining muxolif jihatlarining real voqelikdan farqi tadqiqotlarining asosida yotar edi.
14
Misol uchun, tadqiqotlarda quyidagi holatlar mavjud bo'lishi mumkin deb taxmin qilinardi: 1861-1865 yillarda AQShda fuqaro- lar urushi bo'lmagan, quldorlik bekor qilinmagan yoki temir yo'llar u paytda hali bo'lmagan. Shunday tamoyillar asosida yaratilgan model real voqelik bilan solishtirilardi va taqqoslash natijasida

  1. asr ikkinchi yarmida quldorlik yoki keng miqyosda temir yo'l qurilishi samaradorligi darajasi to'g'risida xulosalar qilinardi. Natijalar paradoksal edi, ular tanqidga uchradi, lekin hozirga kelib quldorlik iqtisodiyotining samaradorligi u haqida o'ylangandan ancha past ekanligi, temir yo'l qurilishi esa iqtisodiyotda muhim rol o'ynashida hech kimda shubha qolmadi.

Shunday modellarning asosiy kamchiligi faraz qilinayotgan vaziyatni oldindan ko'ra bila olmasligidadir, umuman olganda real iqtisodiyotni to'liq aks ettirib turuvchi modelni yaratish imko- ni yo'qdir. XX asrning 70-yillarida "yangi iqtisodiy tarix" iqtisodiy rivojlanishning uzoq muddatli tendensiyalarni tahlil qilish ishlari bilan qo'shilib ketdi.
Iqtisodiy dinamikaning tahlil yo'nalishi XIX asrning oxiri XX asr boshlarida vujudga keldi. Ushbu yo'nalishning shakllanishi va rivojlanishiga rus va sovet olimlari (M.I.Tugan-Baranovskiy, N.D.Kondratev, E.S. Varga, I.A.Traxenberg va b.), ingliz (S.Djevons), fransuz (A.Aftalon) va boshqa olimlar katta hissa qo'shganlar. 1917 yilda AQShda Iqtisodiy tadqiqotlar Milliy byurosi tashkil etilib, u iqtisodiy sikllar va iqtisodiyotning uzoq muddatli rivojla- nishini tahlil qilish bo'yicha ishlarni olib bordi. Ushbu ilmiy mak- tab XX asrning 60-70-yillariga kelib o'sha davrdagi iqtisodiy rivojlanishni miqdoriy tahlil qilish bo'yicha juda boy materialni o'zlashtirdi. Natijada iqtisodiy rivojlanish sohasidagi tadqiqotlar birinchi o'ringa chiqdi, garchi boshqa mavzular ustida (ish haqi- ning uzoq muddatli dinamikasi tendensiyalari, jahon xo'jaligi alo- qalari rivojlanishining tarixiy tendensiyalari) ham faol izlanishlar olib borilgan bo'lsa ham.
Yangi iqtisodiy tarixning sintezi va uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining tahlili sifatida XX asrning 70-y- illarida iqtisodiy tarixda yangi yo'nalish vujudga keldi. Amalga oshirilayotgan tadqiqotlar miqyosi keng bo'lib, u tadqiqot davri, iqtisodiyot sektori va iqtisodiy jarayonlar tiplarini tanlanishi bilan bog'liq edi. Iqtisodiy o'sish muammosi va unga ta'sir etuvchi turli omillar tahlili ustuvor ahamiyatga ega edi. Masalan, ilmiy-texnika
15
taraqqiyoti, texnologiyani yangilash, moliya tizimi evolutsiyasi, xalqaro moliya bozorlari taraqqiyoti, turli tarixiy davrlarda dav- latning iqtisodiyotdagi rolini baholash, mehnat munosabatlari evolutsiyasi, ish kuchi bozori tahlili va boshqa shu kabi mavzular bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan edi. Eng ko'zga tashlanadigan ishlardan ba'zilari: U.Rostouning "Jahon iqtisodiyoti", unda XVIII asrdan boshlab jahon iqtisodiyoti rivojlanishini umumlashtirishga harakat qilinadi, shuningdek F.Brodelning "Moddiy sivilizatsiya, iqtisodiyot, kapitalizm. XV-XVIII asrlar" asarida kapitalistik iqti- sodiyotning genezisi tadqiq etilgan edi.
Shunday qilib, tarixiy-iqtisodiy tadqiqotlar zamonaviy g'arb fanining muhim qismi hisoblanadi, kapitalizm davriga nisbatan olinganda tadqiqotlar iqtisodiyot fani tomon siljigan, shunga qaramasdan, tarixiy tadqiqotlar g'arb tarixchilari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 154,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin