1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja: Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi



Yüklə 154,05 Kb.
səhifə3/12
tarix14.06.2023
ölçüsü154,05 Kb.
#129984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
S4. Yangi davrda industrial tizimni vujudga kelishi (XVIII asr).

Fransiya
Fyustel de Kulanj Numa Deni (1830 - 1889 yy.) Fransiya tarixini o'rganishda ilmiy yondashuv asosida samarali faoliyat olib bor- gan. Uning asosiy ishi - "Qadimgi Fransiya ijtimoiy tuzumining tarixi" (1875-1892 yy.), unda muallif G'arbiy Yevropada feodalizm- ning kelib chiqishini asoslab bergan, u antik davrdan o'rta asrga o'tishni oxirgi Rim imperiyasining qadamba-qadam almashinishi deb aytgan.
Fyustel de Kulanj shuni ta'kidlab o'tdiki, Yevropa sivilizatsiya- sining asosini faqat Rim jamoat institutlari tashkil qiladi va ular- da umuman Germaniya qabilalarining hissasi bo'lmagan, chunki u tarixiy faktlarga to'g'ri kelmas edi. U iqtisodiy, xususan agrar sohalarga katta e'tibor qaratgan, u birinchilardan bo'lib o'rta asr Fransiya agrar tarixini o'rgangan. U hujjatli materiallar bo'yicha mashhur bilimdon bo'lib, uning ko'pgina asarlarida ixtiyoriylik va muayyan bir g'oya mavjud edi.
Fransuz tarixchisi Mark Blok (1886-1944 yy.)
Mark Blok "Annal" maktabining asoschilaridan biri bo'lib, Yevropa zamonaviy tarixografiyasiga katta ta'sir ko'rsatdi. Uning asosiy asarlari G'arbiy Yevropa feodalizmiga bag'ishlangan. Uning eng qimmatli ishlaridan biri "Fransuz agrar tarixining o'ziga xos xususiyatlari"dir. Unda Fransiyada yerdan foydalanishning ijtimoiy jihatlari ochib berilgan. Blok o'rta asr dehqonchiligining xilma-xilligi g'oyasini olg'a suradi. U ko'pgina G'arbiy Yevropa davlatlarining agrar va ijtimoiy tarixini qiyoslab o'rganishga harakat qilgan.
Labrus Ernest Kamil (1895-1972 yy.)
Uzoq yillar davomida Sorbonda ijtimoiy va iqtisodiy institutga boshchilik qilgan. Uning asosiy asarlari Fransiyaning XVIII va qis- man XIX asrlardagi iqtisodiy tarixiga bag'ishlangan. Ularda narxlar harakati, daromadlar, iqtisodiyotda vaqti-vaqti bilan bo'lib turadi- gan o'sish va inqirozlar tarixi yoritilgan. U birinchi darajali ahami- yatga pul muomalasi muammolarini, taqsimlash, texnika rivojlani­shi masalalarini qo'ygan.
Fernan Brodel (1902-1985 yy.)
Fernan Brodel jahon miqyosidagi haqiqiy yulduz hisoblanadi. U XX asr iqtisodiy tarixining eng ko'zga ko'ringan namoyodalari- dan biridir. Brodel XVI asrda O'rta yer dengizi tarixi bo'yicha tezis- larni ishlab chiqqan. Bu tezislar uchun unga 1947 yilda Sorbonada doktorlik darajasi berilgan, 1949 yilda bu tezislar "Fillipp II davri- da O'rta yer dengizi va o'rta asr dunyosi" nomli kitobda nashr etilgan.
Bu kitob O'rta yer dengizining o'sha davrdagi geografiya- si, qishloq xo'jaligi, texnologik, diniy va intellektual muhiti to'g'risidagi qomusiy asar edi. 1956 yildan 1968 yilgacha F. Brodel "Solnoma: iqtisodiyot, jamiyat, sivilizatsiya" nomli jurnalning mu- harriri bo'lib ishlagan.
F.Brodelning ikkinchi muhim asari uch tomli "Moddiy sivili­zatsiya, iqtisodiyot, XV-XVIII asr kapitalizmi"dir. Bu kitobda dunyon- ing ijtimoiy va iqtisodiy tarixi o'rta asrdan sanoat to'ntarilishigacha bo'lgan davrgacha bayon qilingan. F.Brodel insoniyatning ulkan faoliyati va voqealarni tavsiflab, nima uchun G'arbiy Yevropada birinchi bo'lib sanoat to'ntarilishi bo'lganini tushuntirib berishga harakat qilgan. U kapitalizmning paydo bo'lish vaqti yoki "kapi- talizm arafasi"ni XIII asr deb bilgan, zamonaviy jamiyat esa uning fikricha, XVIII asr oxirida shakllangan, ammo bu jarayonning dast- labki shart-sharoitlari 6-8 yuz yilliklarda yuzaga kelgan. Karl Byuxer (1847-1930 yy.)
Nemis tarixchilari orasida Karl Byuxerni qayd etib o'tish zarur. U o'zining asosiy asari "Xalq xo'jaligining paydo bo'lishi"da (1893 y.) iqtisodiy jarayonlarni uch bosqichga bo'lib, xo'jalik rivojlanishi- ning xususiy rejasini olg'a surgan: birinchi bosqich - "uy xo'jaligi" (hamma ne'matlar qayerda ishlab chiqarilgan bo'lsa, o'sha yerda iste'mol qilinadi); ikkinchi bosqich - "shahar xo'jaligi" (bevosita al- mashinuv bo'lib, shaxsiy ishlab chiqarish, qo'shimcha iste'molchi

  • buyurtmachi uchun ishlab chiqariladi); uchinchi bosqich - "xalq xo'jaligi" (milliy davlatlarning paydo bo'lishi natijasidir).

K.Byuxerning fikricha har bir bosqich boshqa bosqichga us- tunlik qilgan sharoitda ham mavjud bo'lishi mumkin. Uning ko'p ishlari shaharlarning rivojlanishi haqida yozilgan. Olimning ta'kidlashicha, o'rta asrlarda mayda, shahar dehqonchiligi bilan bog'liq xo'jaliklar ustunlik qilgan.

Yüklə 154,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin