1- mavzu: Kasbiy ijodiy tafakkuri, bilimlarini to‘ldirish va yangilashga bo‘lgan ehtiyojlarini rivojlantirish. Tarbiyaning maqsadi-har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish



Yüklə 25,21 Kb.
səhifə3/4
tarix04.12.2023
ölçüsü25,21 Kb.
#172451
1   2   3   4
1- mavzu Kasbiy ijodiy tafakkuri, bilimlarini to‘ldirish va yan

Kasb tanlash formulasi. Piramidaning to‘rtta qavati to‘ldirilgan beshinchisi hozircha bo‘sh qoldirilgan. Bu yerga siz o‘zingiz tanlagan kasbning bir necha harfdan iborat bo‘lgan formulasi shartli belgisini yozib qo‘yishingiz kerak. Bu harflar siz yoqtirgan kasbning tipiga, turkumiga, guruhiga muvofiq keladi. Siz endi yaxshi bilasizki har qanday kasbni muayyan klassifikatsiya to‘riga faqat shartli ravishdagina kiritish mumkin. Amalda esa bir kasbning o‘sha klassifikatsiyaning bir necha turiga tegishli ekanligini ko‘rsatuvchi misollar juda ko‘p. Axir, tipga mansub bo‘lgan har qanday kasbda albatta, boshqa kasbga xos bo‘lgan belgilar ham uchraydi. Hamma gap shundaki mana shu o‘xshash jihatlarning qaysinisi asosiy belgilar-u, qaysinisi ikkinchi rejaga olinishini , lekin baribir muhim belgi bo‘lib qolishini aniqlab olish kerak. Shularning hammasini formulada hisobga olish mumkin. Buning uchun unga qo‘shimcha harfli indekslar kiritish lozim. Masalan, siz o‘zingiz Xohlagan bo‘lg‘usi kasbingizda Tab. va B.o tipiga xos belgilar bo‘lishini istaysiz, deylik (buni biz Tab.va B.o deb belgilaymiz). Bunda sizga yoqadigan kasblarning biri gulchilik-dekaratorlik bo‘lib chiqadi. Shunday ham bo‘lishi mumkinki hosil qilingan formulaga hozircha hech bir kasb to‘g‘ri kelmaydi, ya’ni hali hayotda bunday kasbni o‘zi yo‘q. U holda formulani boshqatdan tuzishga to‘g‘ri keladi, uni real hayotga yaqinlashtiriladi. Bunday qilinayotgan vaqtda kasb tanlashga (kerak qo‘limdan keladi xohlayman) degan shior asos qilib olinmog‘i kerak.
2.Kasb psixologiyasi
Kasb psixologiyasi insonda kasbga doir bilim, ko‘nikma malakalarni hamda ulardagi mavjud tushuncha va tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada kasb psixalogiyasining predmeti, maqsad, vazifalari, sharq allomalari psixologlarning kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish, kasbga moslashish borasidagi fikrlari, kasb psixalogiyasining tadqiqot metodlari kasb tushunchasi va professiyografiya, kasbiy motiv va mativatsiya shaxsning kasbiy kamoloti va boshqa ilmiy nazariy ma’lumotlar joy olgan.Hayotga kelgan har bir inson jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish Qadr-qimmat topishni istaydi. Bunga erishish oson ish emas. Buning uchun inson o‘z ichki imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqara
Olishi tanlagan kasbida obro- e’tibor topishi kerak. Kasbiy mahorat cho‘qqisiga ko‘tarilishning esa yagona bir yo‘li yo‘q. Unga erishmoqni niyat qilgan mutaxasis bu cho‘qqini o‘z bilim darajasi va orttirgan tajribasiga tayanib, mashaqqatlarni sobitqadamlik bilan yengib zabt etadi. Mutaxasisning kasbiy bilimi, malaka va ko‘nikmalari mutassil oshib borgandagina u kasbiy mahorat darajasiga yetadi. Buning uchun inson kasbini yaxshi ko‘rishi sohasida qizg‘in faoliyat yuritishi, duch
kelgan qiyinchiliklaridan qo‘rqmasligi, to‘siqlar oldida to‘xtab qolmasligi kerak bo‘ladi. Volter aytganidek: “Buyuk ishlar katta to‘siqlarsiz yaratilmaydi”.

Yüklə 25,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin