1- mavzu: Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa qo’shgan olimlar va o’rganish usullari. Reja



Yüklə 125,12 Kb.
səhifə12/22
tarix26.09.2023
ölçüsü125,12 Kb.
#148903
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
1- mavzu Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa

TOPSHIRIQLAR


  1. Gavda mushaklari tuzilishini mulyajlarda o'rganish.

  2. Gavdani oldingi guruh mushaklarini o’rganish.

  3. Mushaklar harakatini o'quvchi o'zida ko'rsatib berish.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1.Ahmedov N.K.. “Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya”. 2004-yil.
2.Ahmedov N.K. “Odam anatomiyasi atlasi” I , II jild. 1996-yil
3.Ahmedov A., Ziyamitdinova G. “Anatomiya,fiziologiya va patologiya’’ 2012-yil.
4.Eyngorn A.G. “Patologik anatomiya va patolagik fiziologiya’’ 1984-yil.
5.Vorobyova V.A “Anatomiya va fiziologiya”1987-yil.

7-MAVZU: Miоlоgiya –Mushaklar haqidagi ta’limot. Bosh va bo’yin mushaklarini, guruhlarga bo’linishi, joylashishi va tuzilishi vazifasi.


REJA:


1. Mushaklar haqida tushuncha va ularning turlari.
2. Bosh va bo’yin mushaklari.
3. Mushaklarni guruhlarga bo’linishi, joylashishi va vazifasi.

Mushaklar tayanch-harakat aparatini faol qismini tashkil qiladi. Tananing har bir harakati organizmda bo'lgan ko'ndalang- targ'il mushak tolalarining qisqarishi natijasida paydo bo'ladi. Ta­na mushaklari suyaklarga birikib, ularni harakatga keltiradi. Ular ta­na bo'shliqlari devorini hosil qilishda ishtirok etadi va ba'zi bir ich­ki a'zolar (yutqin, qizilo'ngachning yuqori qismi, hiqildoq, to'g'ri ichakning pastki qismi) devorlari tarkibiga kiradi. Skelet mushakla­ri yordamida odam harakat qiladi va muvozanat saqlaydi, nafas oladi, ovqatni yutadi va mimikasini o'zgartiradi. Katta odamning ske­let mushaklari gavda og'irligining 40 %ini, yangi tug'ilgan chaqaloq- da 20—22 %ini tashkil qiladi. Keksa odamlarda mushak massasi tana og'irligini 25—30 %gacha kamayadi.


Odam tanasida 400 ga yaqin mushak bor. Har bir mushak biriktiruvchi to'qimali parda endomiziy bilan o'ralgan ko'ndalang-targ'il mushak tolalaridan tuzilgandir. Turli kattalikdagi mushak tolalari bir-biridan biriktiruvchi to'qimali qatlamlar perimiziy vositasida ajrab turadi. Bu perimiziy ichida qon tomirlar va nervlar joylashadi. Butun mushakni o'ragan biriktiruvchi to'qimali parda epimiziy deb ataladi. Bu parda mushak payiga davom etib peritendi- niy degan nomni oladi. Mushaklarda juda kuchli modda almashinuvi ketganligi sababh ularda qon tomirlar ko'p bo'ladi. Har bir mushak- ning faol qisqaruvchi qismi qorinchasi mushak tolalaridan iborat. Uning ikki uchi payga o'tib suyaklarga birikadi. Mushak payi zich biriktiruvchi to'qimadan iborat, yaltiroq kumushrang bo'ladi. Paylar- da modda almashinuvi kam bo'lgani uchun ularda qon tomirlar kam bo'ladi. Paylarning bittasi yuqori qismida bo'lib, mushak boshcha- si deyiladi. Uning yordamida mushak suyakdan bosh- lanadi. Pastki uchi dum deyilib, uning yordamida mushak suyakka birikadi. Paylar kollagen tolalardan iborat bo'lib, juda pishiq bo'la­di. Masalan, axill payi 400 kg yukni ko'tara olsa, sonning to'rt boshli mushagining payi 600 kg yukni ko'tara oladi. Barcha mushaklar- ning payi bir xil emas. Uzun mushaklarning paylari ingichka tasma shaklida bo'lsa, tañada joylashgan keng mushaklarning paylari keng va yassi bo'lib aponevroz deyiladi. Ba'zi mushaklarda ikkita qorin- cha orasida joylashgan oraliq paylar ham uchraydi (ikki qorinchali mushak). Agar mushak bir nechta miotomlardan taraqqiy etgan bo'lsa, ular o'rtasida mushak qorinchalari orasidagi paylar hosil bo'ladi (qorinning to'g'ri mushagi).
Mushak qisqargan vaqtda uning bir uchi harakatsiz bo'lib, uni harakatsiz nuqta deyiladi. Bu nuqta asosan mushakning boshlanish qismida bo'ladi. Harakatli nuqta mushak birikkan ikkinchi suyakda bo'lib, mushak qisqargan vaqtda u o'z holatini o'zgartiradi.
Skelet mushaklari shaki jihatidan uch xil: uzun, kalta va keng bo'ladi. Uzun mushaklar duksimon tuzilishga ega bo'lib, ular qo'l va oyoqlarda richag vazifasini bajaradilar. Keng mushaklarga esa tana mushaklari kiradi.
Duksimon mushaklarning tolalari mushakning uzun o'qiga pa­rallel joylashgan bo'ladi. Ba'zi bir mushaklar bir nechta bosh bilan har xil suyaklardan boshlanadi. Bu esa ularning tayanchini oshiradi. Boshchasiga qarab ikki boshli , uch boshli, to'rt boshli mushaklar bo'ladi. Paylar soni ham ko'p bo'lishi mumkin (ko'p dumli mushaklar) qo'l va oyoq barmoqlarini yozuvchi va bukuvchi mushaklarning bir nechtadan payi bo'ladi.
Buning natijasida bitta mushakning qisqarishi bir nechta barmoqlarni harakatga keltirib mushaklar ishini tejaydi.
Mushaklar shakliga qarab: kvadrat, uchburchaksimon, yumaloq, deltasimon, tishchali, kambalasimon, aylanma, rombsimon mushak­lar deb ataladi.
Bo'yin mushaklari va fassiyalari. Bo'yin mushaklari kelib chiqishi va faoliyati turli xil bo'lgani uchun murakkab tuzihshga va topografiyaga ega. Topografiya nuqtai nazaridan bo'yin mushaklari uch guruhga: yuza qavat, o'rta guruh va chuqur qavat mushaklariga bo'linadi. Bo'yining yuza mushaklariga bo'yinning teri osti mushagi va to'sh-o'mrov-so'rg'ich- simon mushak kiradi.
Bo'yinning teri osti mushagi (m. platysma) yupqa, yassi mu­shak bo'lib, bevosita bo'yin telisi ostida yotadi. Bu mushak ko'krak fassiyasining yuza qatlamidan boshlanadi. Yuqoriga va medial tomonga yo'nalib, pastki jag' qirg'og'iga birikadi. Vazifasi: bo'yin terisini taranglab, yuza venalardan qon oqishini yaxsxilaydi, og'iz bur- chagini pastga tortadi.
To'sh o'mrov so'rg'ichsimon mushak (m.sternocleidomastoideus teri osti mushagining ostida yotadi. To'sh suyagi dastasining oldingi yuzasi va o'mrov suyagining to'sh uchidan ikki qism bo'lib boshlanadi. Yuqoriga va orqa tomonga yo'nalib, chakka suya­gining so'rg'ichsimon o'simtasiga va yuqorigi ensa chizig'ining late­ral qismiga birikadi. Vazifasi: bir tomonlama qisqarsa, boshni o'sha tomonga egadi va yuzni qarama-qarshi tomonga buradi. Ikki tomon­lama qisqarsa boshni orqaga tortadi.
O'rta guruh mushaklariga til osti suyagiga birikuvchi mushaklar kiradi. Til osti suyagiga birikuvchi mushaklar, o'z navbatida, til osti suyagi usti mushaklari va til osti suyagining ostida- gi mushaklarga bo'linadi. Bu ikki guruh mushaklari til osti suyagi­ga turli tomonidan birikib uni o'rta holatda ushlab turadi. Til ostisuyagi usti mushaklari til osti suyagini pastki jag', kalla suyagi asosi bilan bog'laydi. Til osti suyagining ostidagi mushaklar kurak, to'sh suyaklari va hiqildoq tog'ayidan boshlanib, til osti suyagiga birikadi.
Til osti suyagi usti mushaklarga to'rtta: ikki qorinchali mushak, bigizsimon-til osti suyagi mushagi, pastki jag'-til osti suyagi mushagi va engak-til osti mushagi kiradi.
Ikki qorinchali mushak (m. digastricus) o'zaro oraliq pay bilan birikkan oldingi va orqa qorinchalardan iborat. Orqa qorincha chak- ka suyagining so'rg'ichsimon osimta kemtigidan boshlanadi, oldinga va pastga yo'nalib, orahq pay vositasida til osti suyagi tanasi va katta shoxiga birikadi. Oraliq pay oldingi qorinchaga davom etib, oldinga va yuqoriga yo'naladi va pastki jag' suyagining ikki qorinchali mu­shak chuqurchasiga birikadi.
Bigizsimon til osti suyagi mushagi (m. stylohyoideus) chakka suyagi bigizsimon o'siqchasidan boshlanadi. Pastga va oldinga yo'na­lib til osti suyagi tanasiga birikadi.
Pastki jag' til osti suyagi mushagi (m. mylohyoideus) keng, yassi mushak. Pastki jag' suyagining ichki yuzasidagi jag'-til osti chizig'idan boshlanadi. O'ng va chap mushaklarning oldingi uchdan ikki qismi tolalari ko'ndalang yo'naladi va o'rta chiziqda o'zaro birikib, pay chokini hosil qiladi. Orqa uchdan bir qismi tolalari yuqori- dan pastga yo'nalib, til osti suyagi tanasining oldingi yuzasiga birikadi. Pastki jag' va til osti suyagi o'rtasida joylashgan bu mushak og'iz diafragmasini hosil qiladi.
Engak til osti suyagi mushagi (m. geniohyoideus) o'rta chiziqning ikki tomonida jag' til osti mushagining ustida yotadi. Engak o'tkir qirrasidan boshlanib til osti suyagi tanasiga birikadi.
Vazifasi: til osti suyagi usti mushaklari pastki jag' qimirlamay turganida til osti suyagini va hiqildoqni ko'taradi. Til osti suyagi qi­mirlamay tursa, ulardan uchtasi (bigizsimon-til osti suyagi mushidan tashqari) pastki jag'ni tushiradi.
Til osti suyagi ostidagi mushaklari ham to'rtta: to'sh-til osti, to'sh qalqonsimon, qalqonsimon til osti, kurak til osti mushaklari kiradi.
Kurak-til osti mushagi (m. omohyoideus) o'zaro oraliq pay bilan bo'lingan ikki: pastki va ustki qorinchalardan iborat. Pastki qorinchasi kurakning ustki qirrasini kurak kemtigidan ichkariroqda bosh­lanib, yuqoriga va oldinga qiya ko'tariladi. To'sh o'mrov so'rg'ichsimon mushakning orqa chekkasida oraliq payga o'tadi. Oraliq paydan boshlangan ustki qorinchasi til osti suyagi tanasining pastki chekkasiga birikadi.
To'sh-til osti mushagi (m. sternohyoideus) to'sh suyagi dastasining orqa yuzasidan, o'mrov suyagining to'shga qaragan uchi va orqa to'sh o'mrov boylamidan boshlanib, til osti suyagining pastki chekkasiga birikadi.
To'sh-qalqonsimon mushagi (m. sternothyroideus) to'sh suyagi dastasining orqa yuzasidan va I qovurg'a tog'ayidan boshlanib, hiqil- doq qalqonsimon tog'ayining qiyshiq chizig'iga birikadi.
Qalqonsimon-til osti mushagi (m. thyrohyoideus) qalqonsimon tog'ay qiyshiq chizig'idan boshlanib, til osti suyagi tanasi va katta shoxiga birikadi.
Vazifasi: til osti suyagining ostidagi mushaklar til osti suyagi va hiqildoqni pastga tortadi.
Bo'yinning chuqur guruh mushaklari lateral va medial guruhlarga bo'linadi. Lateral guruhga: umurtqa pog'onasining yon tomonida joylashgan oldingi, o'rta va orqa narvonsimon mushaklar kiradi.
Oldingi narvonsimon mushak (m. scalenus anterior) bo'yin umurtqalari ko'ndalang o'siqchasining oldingi do'mboqchasidan
boshlanib, I qovurg'aning oldingi narvonsimon mushak do'mboqchasiga birikadi.
O'rta narvonsimon mushak (m. scalenus medius) II—VII bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'siqchasidan boshlanib, I qovurg'aning o'mrov osti arteriyasi egati orqasiga birikadi.
Orqa narvonsimon mushak (m. scalenus posterior) IV—VI bo'yin umurtqalari ko'ndalang o'siqchasining orqa do'mboqchasidan bosh­lanib, II qovurg'aning yuqori chekkasi va tashqi yuzasiga birikadi.
Narvonsimon mushaklar I va II qovurg'alarni ko'tarib, ko'krak qafasini kengaytiradi. Qovurg'alar qimirlamay tursa, ikki tomonlama qisqarganida umurtqa pog'onasining bo'yin qismini oldinga bukadi.
medial guruh mushaklariga umurtqa pog'onasining oldida joylashgan umurtqa oidi mushaklari: bo'yinning uzun mushagi, bosh­ning uzun mushagi, boshning oldingi to'g'ri mushagi, boshning lateral to'g'ri mushagi kiradi.
Bo'yinning uzun mushagi (m. longus colli) III ko'krak umurtqasidan to I bo'yin umurtqasigacha bo'lgan sohada umurtqa pog'ona­sining oldingi yon yuzasida yotadi.
Vazifasi: umurtqa pog'onasining bo'yin qismini oldinga bukadi. Bir tomonlama qisqarsa, bo'yinni o'z tomoniga bukadi.
Boshning uzun mushagi (m. longus capitis) III—VI bo'yin umurt­qalari ko'ndalang o'siqchasining oldingi do'mboqchsidan pay dastalarbilan boshlanib, ensa suyagining asosiy qismining pastki yuzasiga birikadi.
Vazifasi: boshni oldinga bukadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o'z tomoniga bukadi.
Boshning oldingi to'g'ri mushagi (m. rectus capitis anterior) oldingi mushakdan chuqurroq yotadi. Atlantninig oldingi ravog'idan boshlanib, ensa suyagining asosiy qismini pastki yuzasiga, boshning uzun mushagining orqasiga birikadi.
Vazifasi: boshni oldinga bukadi. Bir tomonlama qisqarsa, bosh­ni o'z tomoniga bukadi.
Boshning lateral to'g'ri mushagi (m. rectus capitis lateralis) boshning oldingi to'g'ri mushagidan tashqarida yotadi. Atlantning ko'ndalang o'siqchasidan boshlanib yuqoriga yo'naladi va ensa suya­gining lateral qismiga birikadi.
Vazifasi: boshni yon tomonga bukadi.
I—II bo'yin umurtqalari va ensa suyagi orasidagi mushaklar en­sa osti mushaklari deyilib, ularga yarimqirra, uzun va boshning tas- masimon mushaklari ostida joylashgan kallaning orqa katta va kichik to'g'ri, ustki va pastki qiyshiq mushaklari kiradi.
Boshning orqa katta to'g'ri mushagi (m. rectus capitis posterior major) II bo'yin umurtqasining qirrali o'siqchasidan boshlanib ensaning pastki bo'yin chizig'iga birikadi.
Vazifasi: boshni orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa boshni o'z tomoniga buradi.
Boshning orqa kichik to'g'ri mushagi (m. rectus capitis poste­rior minor) atlantning orqa do'mboqchasidan boshlanib ensa suyagiga oldingi mushakdan medialroq birikadi.
Vazifasi: boshni orqaga va yon tomonga tortadi.
Boshning yuqorigi qiyshiq mushagi (m. obliquus capitis superior) atlantning ko'ndalang o'siqchasidan boshlanib, ensaning pastki bo'yin chizig'i ustiga birikadi.
Vazifasi: ikki tomonlama qisqarsa, boshni orqaga, bir tomonla­ma qisqarsa, o'zi tomoniga bukadi.
Boshning pastki qiyshiq mushagi (m. obliquus capitis inferior) II bo'yin umurtqasi qirrali o'siqchasidan boshlanib atlantning ko'nda­lang o'siqchasiga birikadi.
Vazifasi: boshni II umurtqa tishining bo'ylama o'qi atrofida bu­radi.
Bo'yin fassiyalari. Bo'yin fassiyalari uchta plastinkadan iborat.
1. Yuza plastinka bo'yinning teri osti mushagi orqasida joylashib,bo'yinni har tomondan o'raydi. U trapetsiyasimon va tosh o'mrov so'rg'ichsimon mushaklarga qin hosil qiladi.

          1. Kekirdak oidi plastinkasi o'mrov suyagi va to'sh suyagi dastasining orqa yuzasi bilan til osti suyagi o'rtasida tortilgan. U yon to­mondan kurak-til osti mushagiga birikkan bo'lib bu mushak qisqargan vaqtda taranglashib bo'yin venalaridan qonni oqishini yaxsxilaydi. Bu plastinka til osti suyagidan pastda joylashgan mushaklarga qin hosil qiladi.

          2. Umurtqa oidi plastinkasi halqumning orqasida joylashib, umurtqa oidi va narvonsimon mushaklar uchun qin hosil qiladi.

Bo'yin topografiyasi. Bo'yin yuqoridan pastki jag', tashqi eshituv yo'lagi, so'rg'ichsimon o'simta pastdan to'sh suyagining bo'yinturuq o'ymasi, o'mrov suyagi, akromion orqa tomondan trapetsiyasimon mushakning laté­ral chekkasi bilan chegaralanadi.
To'sh o'mrov so'rg'ichsimon mushak bo'yinni uch sohaga: To'sh o'mrov-so'rg'ichsimon mushak sohasi, latéral va medial bo'yin uchburchaklariga ajratadi.
Bo'yinning latéral uchburchagi to'sh o'mrov so'rg'ichsimon mu­shakning orqasida joylashib old tomondan shu mushak bilan, past­dan o'mrov suyagi, orqadan trapetsiyasimon mushak bilan chegaralangan.
Bo'yinning medial uchburchagi to'sh o'mrov so'rg'ichsimon mushakning oldida joylashib orqa tomondan shu mu­shak bilan, yuqoridan pastki jag' va old tomondan bo'yinning o'rta chizig'i bi­lan chegaralanadi. Kurak-til osti mushagi pastdan yuqoriga yo'nalib, bo'yinning ikkala uchburchagini yana kichik uchburchaklarga ajratadi. Bo'yinning latéral uchburchagi ikkiga bo'linadi:
Yuqorigi kurak-trapetsiyasimon uchburchak old tomondan to'sh o'mrov so'rg'ichsimon mushak, pastdan kurak til osti mushagining pastki qorinchasi, orqadan trapetsiyasimon mushakning tashqi chekkasi bilan chegaralangan.
Pastki kurak o'mrov uchburchagi old tomondan to'sh o'mrov so'rg'ichsimon mushak, yuqoridan kurak til osti mushagi, pastdan o'mrov suyagi bilan chegaralangan.Bo'yinning medial uchburchagi uchga bo'linadi:
Uyqu uchburchagi orqadan to'sh o'mrov so'rg'ichsimon mu­shak, yuqoridan ikki qorinchali mushakni orqa qorinchasi, old va pastdan kurak til osti mushagining yuqorigi qorinchasi bilan chega­ralangan.
Kurak kekirdak uchburchagi orqa va past tomondan to'sh o'mrov-so'rg'ichsimon mushak, orqa va ust tomondan kurak-til os­ti mushagining yuqori qorinchasi, old tomondan kekirdak bilan che­garalangan.
Pastki jag' osti uchburchagi yuqoridan pastki jag', pastdan ik­ki qorinchali mushakning oldingi va orqa qorinchalari bilan chegara­langan. Bu sohada jag' osti bezi, qon tomirlar va nervlar joylashadi. Bu uchburchak sohasidagi jarrohlikda katta ahamiyatga ega bo'lgan til (Pirogov) uchburchagi tafovut qilinadi. U old tomondan pastki jag'-til osti suyagi mushagining orqa chekkasi, past va orqa tomon­dan ikki qorinchali mushakning orqa qorinchasi, yuqoridan til osti nervi bilan chegaralangan bo'lib, unda til arteriyasi yotadi.
Bo'yinning yon tomonida narvonsimon mushaklar orasida ham uchburchak shaklidagi oraliqlar bo'lib, bulardan qon tornir va nerv­lar o'tadi.
Narvonsimonaro oraliq oldingi va o'rta narvonsimon mushak o'rtasida, pastdan I qovurg'a bilan chegaralangan. Undan o'mrov os­ti arteriyasi va yelka chigali poyalari o'tadi.
Narvonsimon oldi oraliq oldindan to'sh qalqonsimon va to'sh til osti mushaklari, orqadan oldingi narvonsimon mushak bilan che­garalangan. Bu oraliqdan o'mrov osti venasi va kurak osti arteriya­si o'tadi.
Bosh mushaklari va fassiyalar Bosh mushaklari mimika va chaynov mushaklariga bo'linadi. Mi- mika mushaklari tananing boshqa sohasi mushaklaridan o'zining kelib chiqishi, birikishi va faoliyati bilan farq qiladi. Ular teri ostida yuza joylashib fassiyalar bilan qoplanmaydi, suyaklardan boshlanib, teriga birikadi. Shuning uchun ularning qisqarishi terini harakatga keltirib, odamning hissiyotini ifodalaydi. Mimika mushaklari ko'proq tabiry teshiklar atrofida joylashgan bo'lib, tolalari aylanma yoki radial yo'nalishga ega. Joylashgan joyiga qarab mimika mushaklari kalla gumbazi mushaklari; ko'z yorig'ini o'ragan mushaklar burun teshigini o'ragan mushaklar og'iz yorig'ini o'ragan mushaklar va quloq suprasini o'ragan mushaklarga bo'linadi.
Kalla gumbazi ust tomondan kalla usti mushagi (m. epicranius) bilan qoplangan. U peshona qorinchasi, ensa qorinchasi va ularni o'zaro qo'shib turgan kallaning pay qalpog'idan iborat. Bu mushakning ensa qorinchasi ensaning yuqori bo'yin chizig'ining lateral 2/3 qismidan boshlanib kallaning pay qalpog'iga o'tib ketadi. Uning pe­shona qorinchasi kallaning pay qalpog'idan boshlanib qosh sohasi terisiga birikadi. Kallaning pay qalpog'i yassi fibroz qatlamdan iborat bo'lib, kalla qopqog'ining katta qismini qoplaydi. U bilan kalla qopqog'ini qoplagan suyak parda o'rtasida yumshoq biriktiruvchi to'qima qatlami joylashgan. Shuning uchun ensa-peshona mushagi qisqarganida bosh terisi kallaning pay qalpog'i bilan birga kalla gumbazi ustida erkin harakat qiladi.
Vazifasi: ensa qorinchasi bosh terisini orqaga tortadi, peshona qorinchasi esa peshona terisini yuqoriga ko'tarib peshonada ko'ndalang burmalar hosil qüib qoshni yuqoriga ko'taradi.
Takabburlik mushagi burun suyagining tashqi yuzasidan boshlanib yuqoriga yo'nanaladi va peshona terisiga birikadi.
Vazifasi: ikki qosh o'rtasida ko'ndalang egat va burmalar ho­sil qiladi.
Ko'z yorig'ini o'ragan mushaklarga:
Ko'zning aylanma mushagi (m. orbicularis oculi) yassi mushak. U qovoqlarning tashqi yuzasini va ko'z kosasining chekkasini egallaydi. Bu mushak qovoqlarning medial boylami va ko'z kosasining medial devoridan, peshona suyagining burun qismi va ustki jag' suyagining peshona o'sig'idan, ko'z yoshi suyagi qirrasidan va lateral yuzasidan boshlanadi. Mushak ko'z yorig'ining lateral chetiga, yuqori va pastki qovoqlarning birlashgan yeriga birikadi.
Vazifasi: ko'z tirqishini yopadi. Ko'z yoshi xaltachasini kengaytiradi.
Qoshlarni chimiruvchi mushak (m. corrugator supercilli) qosh us­ti ravog'ining medial chetidan boshlanib yuqori va lateral tomonga yo'naladi va o'z tomonidagi qosh terisiga birikadi.
Vazifasi: qoshlarni bir-biriga yaqinlashtirib, qoshlar o'rtasida vertikal burmalar hosil qiladi.
Burun teshigini o'ragan mushaklar.
Burun mushagi (m. nasalis) ustki jag' suyagining qoziq va lateral kurak tishlari alveolasi ustidan boshlanadi. Yuqoriga ko'tarilib burun qanotini aylanib o'tib qarama-qarshi tomondagi mushak payiga va burun qanoti terisiga birikadi.
Vazifasi: burun teshigini toraytiradi.
Burun to'sig'ini pastga tortuvchi mushak (m. depressor septi nasi) ustki jag' suyagining medial kurak tishi alveolasi ustidan boshlanib, burun to'sig'i tog'ayiga birikadi.
Vazifasi: burun to'sig'ini pastga tortadi.
Og'iz tirqishini o'ragan mushaklar.
Og'izning aylanma mushagi (m. orbicularis oris) ustki va past­ki lablar asosini hosil qüib, tolalari yo'nalishi turlicha bo'lgan ikki qismdan iborat. Labga tegishli qismi ustki va pastki lablar ichida joylashib, tolalari og'iz burchaklari sohasida o'zaro birikadi. Chetdagi qismi ustki va pastki lablarga keluvchi og'iz tirqishi yaqinida joylashgan mimika mushaklari tolalaridan iborat.
Vazifasi: og'iz tirqishini yumadi, so'rish va chaynash jarayonlarida ishtirok etadi.
Og'iz burchagini pastga tushiruvchi mushak (m. depressor anguli oris) pastki jag' suyagining oldingi yuzasidan engak teshigining ostidan boshlanib, og'iz burchagi terisiga birikadi. Vazifasi: og'iz bur­chagini pastga va tashqariga tortadi.
Pastki labni pastga tortuvchi mushak (m. depressor labir inferioris) pastki jag'ning oldingi yuzasidan engak teshigi oldidan boshlanadi. Tolalari yuqoriga va medial tomonga yo'nalib pastki lab terisi va shilliq pardasiga birikadi.
Vazifasi: pastki labni pastga tortadi.
Engak mushagi (m. mentalis) pastki jag' kurak tishlari alveolasi bo'rtmasidan boshlanib, engak terisiga birikadi.
Vazifasi: engak terisini yuqoriga va tashqariga ko'taradi.
Lunj mushagi (m. buccinator) yupqa to'rtburchak shakldagi mu­shak, pastki jag' shoxidagi qiyshiq chiziqdan, ustki jag' alveolar yoyi- ning katta oziq tishlari sohasidan, qanotsimon o'simta ilmog'i va pastki jag' o'rtasidagi fibroz pardadan boshlanib, og'iz burchagi shilliq pardasi va terisiga, ustki va pastki labga, og'iz tirqishi atrofidagi aylanma mushakka birikadi.
Vazifasi: og'iz burchagini orqaga tortadi. Lunjni tishlarga va milkka tegizadi.
Ustki labni ko'taruvchi mushak (m. levator labir superioris) ustki jag' suyagining ko'z kosasining pastki chekkasidan boshlanib, yuqori lab terisiga birikadi.
Vazifasi: yuqori labni ko'taradi, burunlab egatini hosü qilib, burun qanotini tortadi.
Kichik yonoq mushagi (m. zygomaticus minor) yonoq suyagining oldingi yuzasidan boshlanib pastga va medial tomonga yo'naüb lab burchagi terisiga birikadi.
Vazifasi: lab burchagini ko'taradi.
Katta yonoq mushagi (m. zygomaticus major) yonoq suyagining yon yuzasidan boshlanib lab burchagi terisiga birikadi.
Vazifasi: lab burchagini yuqoriga va tashqariga tortib, asosiy kulgu mushagi hisoblanadi.
Og'iz burchagini ko'taruvchi mushak (m. levator anguü oris) ustki jag' suyagining oldingi yuzasidagi qoziq tish chuqurchasidan boshla­nib, lab burchagi terisiga birikadi.
Vazifasi: og'iz burchagini yuqoriga va lateral tomonga tortadi.
Kulgu mushagi (m. risorius) chaynov fassiyasidan boshlanib, og'iz burchagi terisiga birikadi. Vazifasi: og'iz burchagini lateral tomonga tortadi.
Quloq suprasi mushaklari. Bu guruh mushaklar odamda kam rivojlangan. Quloq suprasini oldingi, ustki va orqa mushaklari tafovut qilinib, ular quloq suprasini old, yuqori va past tomonidan birikadi.
Vazifasi: Quloq suprasini o'z tomoniga tortadi.
Chaynov mushaklari kalla suyaklaridan boshlanib pastki jagc suyagiga birikadi. Ular kallaning birgina harakatchan birlashmasi bo'lgan chakka-pastki jag bo'g'imi harakatini ta'minlaydi. Chaynov mushaklari to'rt juft. Ulardan ikkitasi yuza (chaynov va chakka mushaklari), ikkitasi chuqur (lateral va medial qanotsimon mushaklar) joylashadi.
Chaynov mushagi (m. masseter) to'rtburchak shaklda bo'lib, yonoq ravog'idan boshlanib, pastga va oldinga yo'nalib pastki jag'ning chaynov g'adir-budirligiga birikadi.
Vazifasi: pastki jag'ni ko'taragi.
Chakka mushagi (m. temporalis) yelpug'uch shaklidagi mushak bo'lib o'z nomidagi chuqurcha va kalla suyagining lateral yuzasida joylashgan. Chakka chuqurchasi va fassiysaidan boshlanib qalin pay bilan pastki jag' suyagining tojsimon o'simtasiga birikadi.
Vazifasi: pastki jag'ni ko'taradi va orqaga tortadi.
Medial qanotsimon mushak (m. pte- rygoideus medialis) to'rtburchak shakldagi qalin mushak bo'lib, po- nasimon suyakning qanotsimon o'simtasi chuqurchasidan boshlanadi. Mushak tolalari pastga lateral va orqaga yo'nalib, pastki jag' burchagining ichki yuzasida joylashgan qanotsimon g'adir-budirligiga birikadi.
Vazifasi: ikki tomonlama qisqarsa pastki jag'ni yuqoriga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa pastki jag' qarama-qarshi tomonga yo'naladi.
Lateral qanotsimon mushak (m. pterygoideus lateralis) uchburchak shaklidagi mushak chakka osti chuqurchasida yotadi. Ponasimón suyak qanotsimon o'simtasining lateral plastinkasini tashqi yuzasidan boshlanadi. Mushak tolalari orqaga va lateral tomonga yo'nalib, pastki jag' suyagining qanotsimon chuqurchasiga, chakka- pastki jag' bo'g'imi xaltasi va bo'g'im diskiga birikadi.
Vazifasi: ikki tomonlama qisqarsa, pastki jag'ni oldinga, bir tomonlama qisqarsa, qarama-qarshi tomonga harakatlantiradi.
Bosh fassiyalari. Bosh sohasida: chakka, chaynov va lunj-yutqin fassiyalari uchraydi.
Chakka fassiyasi yuqori chakka chizig'i va kallaning pay qalpog'idan boshlanadi. U chakka mushagini o'raydi va yonoq ravog'iga birikadi.
Chaynov fassiyasi yuqoridan yonoq suyagi va yonoq ravog'ining lateral yuzasiga birikadi. U o'z nomidagi mushakni qoplab, oldinda lunj fassiyasiga o'tsa, orqada quloq oidi bezi haltasiga birikadi.
Lunj-yutqin fassiyasi lunj mushagini qoplab, yutqinning lateral devoriga o'tib ketadi.



Yüklə 125,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin