1- mavzu: Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa qo’shgan olimlar va o’rganish usullari. Reja



Yüklə 125,12 Kb.
səhifə15/22
tarix26.09.2023
ölçüsü125,12 Kb.
#148903
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
1- mavzu Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa

MAVZUGA OID TEST SAVOLLARI
1. Antogonist mushaklar deb nimaga aytiladi?
A. Qarama-qarshi vazifalarni bajaradigan mushaklarga aytiladi
B. Hamkor vazifalarni bajaradigan mushaklarga aytiladi
C. Bir xil vazifalarni bajaradigan mushaklarga aytiladi
D. Xar xil vazifalarni bajaradigan mushaklarga aytiladi
2. Xarakat apparatining faоl qismini ko’rsating

  1. Bоylamlar

  2. Suyaklar

  3. Muskullar

  4. Tog’aylar

3.Sinergist mushaklar deb nimaga aytiladi?
A. Qarama-qarshi vazifalarni bajaradigan mushaklarga aytiladi
B. Hamkor vazifalarni bajaradigan mushaklarga aytiladi
C. Bir xil vazifalarni bajaradigan mushaklarga aytiladi
D. Xar xil vazifalarni bajaradigan mushaklarga aytiladi
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Yelka kamar mushaklari qaysilar va ularning vazifalari qanday?

  2. Yelka mushaklariga qaysi mushaklar kiradi?

  3. Bilak mushaklari qaysilar va ularning vazifasi nimadan iborat?

  4. Panja mushaklari qaysilar va ularning vazifasi nimadan iborat?

TOPSHIRIQLAR


  1. Dinamometr yordamida qo'l kuchini aniqlash.

  2. Qo'l muskullarini mulyajda o'rganish.

  3. Qo'l muskullari harakatini o'quvchi o'zida ko'rsatish.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1.Ahmedov N.K.. “Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya”. 2004-yil.


2.Ahmedov N.K. “Odam anatomiyasi atlasi” I , II jild. 1996-yil
3.Ahmedov A., Ziyamitdinova G. “Anatomiya,fiziologiya va patologiya’’ 2012-yil.
4.Eyngorn A.G. “Patologik anatomiya va patolagik fiziologiya’’ 1984-yil.
5.Vorobyova V.A “Anatomiya va fiziologiya”1987-yil.

9-MAVZU: Miologiya. Oyoq mushaklarini shakli tuzilisshi va guruhlarga bo’linishi, joylashini mulyajlarda o’rganish.

REJA:

  1. Oyoq mushaklarini tuzilishi.

  2. Chanoq mushaklarini tuzulishi.

  3. Son mushaklarini birikishi.

  4. Boldir mushaklari va oyoq panjasining mushaklarini tuzulishi.

Oyoq muskullari chanoq, son, boldir va oyoq panja musko'llaridan tuzilgan.


Chanoq muskullari. Chanoq taka bilan deyarli harakatsiz birlashganligi sababli muskullar faqat chanoq-son bo'g'imiga aloqador bo'lib, ikki(oldingi va orqa) guruhlarga ajralib joylashgan.
Oldingi guruh: yonbosh-bel muskuli (m.iliopsoas) ikki boshli bo'lib, katta (beldan boshlanuvchi) boshchasi 12 ko'krak va 1-4 bel umurtqalaridan boshlanadi, ikkinchi, yonbosh boshchasi esa yonbosh suyagining shu nomli chuqurchasidan boshlanadi. Ikkala muskul tutamlari o'zaro birlashib, chov boylamining ostidan utib son suyagining katta kustiga yopishadi.
Funksiyasi: Sonni bukadi.
Kichik bel muskuli (m.psoas minor) 12 ko'krak va 1bel umurtqalari tanasi va umurtqa oraliq tog'aylaridan boshlanib, yonbosh fassiyasiga qo'sxilib ketadi.
Funksiyasi: Fassiyani taranglantirib belni buqishda qatnashadi. Orqa guruh katta dumba muskuli (m.gluteus maximus), yonbosh suyaginiyag tashqi yuzasidan, dumg'aza va dum suyaklaridan boshlanib son suyagining dumba g'adir-buduriga yopishadi.
Funksiyasi: Yonbosh va bel muskuliga qarama-qarshi bo'lib, sonni yozadi va tashqariga buradi.
Dumbaning o'rta muskuli (m.gluteus minimis) dumbaning katta muskuli ostida joylashgan bo'lib, yonbosh suyagining tashqi yuzasidan keng boshlanib son suyagining katta kustiga yopishadi.
Funksiyasi: Muskulning orqa tutamlari qisqarsa, oyoqni tashqariga, oldingi tutamlari qisqarsa, sonni ichkariga, o'rta tutamlari qisqarsa, oyoqni bir-biridan uzoqlashtiradi.
Dumbaning kichik muskuli (m.gluteus minimis) dumbaning o'rta muskuli ostida joylashadi. yonbosh suyagining tashqi yuzasidan boshlanib, son suyagining katta kustiga yopishadi.
Funksiyasi: Sonni tashqariga buradi.
Sonning serbar fassiyasini tarang kiluvchi muskul (m.tensor fasciae latae). yonbosh suyagining oldingi tepa o'tkir o'sig'idan boshlanib sonning serbar fassiyasiga qo'sxilib ketadi.
Funksiyasi: Sonning serbar fassiyasini tarang qiladi.
Nogsimon muskul, (m.piriformis). Dumg'aza suyagining chanoq yuzasidan boshlanib, katta kuymuch teshik orqali tashqariga chiqadi va sonning katta kustiga yopishadi.
Funksiyasi: Sonni tashqariga bukadi.
Ichki yopkich muskul (m.obturatorius internus) yonbosh suyagining yopqich teshigi atrofidan va yopkich pardaning ichki yuzasidaya boshlanadi va kichik kuymuch teshik orqali tashqariga chiqib sonning katta kustiga yopishadi.
Funksiyasi: Sonni tashqariga bukadi.
Tashqi yopkich muskul (m.obturatorius externus) yopqich teshik va uning membranasi tashqi yuzalaridan boshlanib, son suyagining katta kust chuqurchasiga yopishadi.
Funksiyasi: Sonni tashqariga buradi.
Son muskullari. Son muskullari uch guruhga (oldingi, medial va orqa) bo'linib joylashgan.
Oldingi guruh. Sonning to'rt boshli muskuli- (m.quadricepa femoris) bu muskulning to'rtta boshchasi bor:
a) to'g'ri boshchasi-yonbosh suyagining oldingi pastki o'sig'idan.
b) medial tomondagi serbar muskul-son suyagi g'adir-budir chizig'ining medial labidan.
v) lateral tomondagi serbar muskul-sonning katta kustidan va son suyagi g'adir-budur chizig'ining lateral labidan:
g) o'rtadagi serbar muskul - son suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, bu to'rtta muskul boshchalari son suyagining pastki qismida bitta kuchli payga birlashib, tizza, qopqog'i suyagini uraydi va boldir tomon borib katta boldir suyagining g'adir budur dumbog'iga yopishadi.
Funksiyasi: Boldirni tizza bo'g'imida yozadi. Mashinacxilar muskuli (m.sartorius). yonbosh suyagining oldingi yuqori o'sig'idan boshlanib katta boldir suyagining g'adir-budur dumbog'iga yopishadi.
Funksiyasi: Tizza bo'g'imida boldirni bukadi chanoq bo'g'imida sonni bukib ichkariga buradi.
Medial guruh. Taroqsimon muskul (m.pectineus) qov suyagining o'tkir qirrasidan boshlanib, shu suyakning qirralichizig'iga yopishadi.
Funksiyasi: Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi.
Sonni yaqinlashtiruvchi uzun muskul (m.adductor longus) qov suyagidan boshlanib, son suyagining g'adir-budur suyagiga yopishadi.
Funksiyasi: Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi.
Sonni yaqinlashtiruvchi katta muskul (m.adductor magnus) qov va kuymuch suyaklaridan boshlanib son suyagining g'adir-budir, chizig'ining boshidan oxirgi qismigacha yopishadi.
Funksiyasi: Sonni bir-biriga yaqinlashtiruvchi kuchli muskuldir.
Sonni yaqinlashtiruvchk kalta muskul.(m.adductor brevis) qov suyagining tashqi yuzasidan boshlanib son suyagi g'adir-budur chizig'ining tepa qismiga yopishadi.
Funksiyasi: Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi. Noziq (ingichka) muskul, (m.gracilis) sonning ideal tomonida teri ostida joylashib qov suyagidan boshlanadi va boldir suyagining g'adir-budur dumbog'iga yopishadi.
Funksiyasi: Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi.
Orqa guruh. Sonning ikki boshchali muskuli. (m.biceps femoris) uzun boshchasi quymich suyagining shu nomli dumbog'idan kalta boshchasi son suyagining g'adir-budur chizig'i medial labidan boshlanib kichik boldir suyagining boshchasiga yopishadi.
Funksiyasi: Sonni yozadi boldirni bukib tashqariga buradi. Yarim pay muskuli (m.semitendinosum).Muskulning pastki qismi paydan to'zilganligidan shu nom bilan ataladi. Muskul quymich suyagining shu nomli ustidan boshlanib, katga boldir suyagining g'adir-budir dumbog'iga mashinacxilar muskul payi bilan g'oz panjasini xosil qilib yopishadi.
Funksiyasi: Sonni yozadi, boldirni bukadi.
Yarim parda muskul (msemimembranosus) yarimpay muskulnining ostida joylashib, deyarli yarmi pardadan iborat. Muskul quymich suyakning shu nomli usigidan boshlanib katta bodir medial do'ngiga uchta payga (chuqur g'oz panjasini hosil qilib) yopishadi.
Funksiyasi: Sonni yozadi, boldirni bukadi.
Boldir muskullari uch guruh oldingi laterial va orqaga bulinib joylashgan. Oldingi guruh. Oldingi katta boldir muskuli (m.tibialis anterior) katta boldir suyagining yuqori lateral yuzasidan, lateral do'ng o'sig'idan boshlanib, 1-ponasimon suyakka va 1-oyoq kaft suyagiga yopishadi.
Funksiyasi: Oyoq panjasini yozadi, panjaning medial tomonini ko'taradi. Barmoqlarni yozuvchi uzun muskul m.extensor (digitorum longus) katta boldir suyagining lateral do'ngidan, suyaklar aro pardadan boshlanib, 4 ta payga ajralib 2-5 barmoqlar dorzal yuzalariga yopishadi.
Funksiyasi: Panja va barmoqlarni yozadi. Bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul (m.extensor hallucis longus) kichik boldir suyagining medial yuzasidan boshlanib, bosh barmoqka yopishadi.
Funksiyasi: Panjani va bosh barmoqni yozadi.
Orqa guruh. Yuza va chuqur qavat bo'lib joylashgan. Yuza qavating 3 boshli muskuli (m.triceps surae)-boldir muskuli va kambalasimon muskuldan tuzilgan.
Boldir muskuli (m.gastrocnemius)-ikki boshli bo'lib, ular katta boldir suyaging medial va laterial o'siqlaridan boshlanadi va boldirning o'rtalarida kuchli payga aylanib, kambalasimon muskul payiga qo'sxiladi va tanada eng kuchli-tovon payi nomi bilan tovon suyagining o'sigiga yopishadi.
Kambalasimon muskul (m,soleus).
Funksiyasi: Oyoq panjasini bukadi. Tovon (oyoq kafti) muskuli (m.plantaris).
Funksiyasi: Tizza bo'g'imi bukilganda bo'g'im kapsulasini tortadi.
Chuqur qavat. Barmoqlarni buquvchi uzun muskul (m.flexor digitorum longus) vazifaci oyoq panjasini va 2-5 barmoqlarni bukadi. Katta boldir orqa muskuli (m.tibialis, posterior) vazifasi yoki panjasini bukadi. Bosh barmoqni bo`quvchi uzun muskul (m.flexor hallucis longus) vazifasi bosh barmoqni bukadi
Laterial guruh. Kichik boldirni uzun muskuli (m.peroneus longus) vazifasi oyoq gumbazini mustaxkamlaydi, oyoq panjasini va bosh barmoqni bukadi. Kichik boldir katta muskuli (m.peroneus brevis) vazifasi oyoq panjasini laterial chetini ko`taradi.
Oyoq muskullari. Oyoq panjasining ust tomonidagi barmoqlarni yozuvchi kalta muskul (m.extensor digitorum brevis) va bosh barmoqni yozuvchi kalta muskul (m.extensor digitorum brevis) va bosh barmoqni yozuvchi kalta muskul (m.extensor hallicis brevis) vazifasi bosh barmoqni yozadi. Oyoq panjasining kaft tomonidagi muskullar bosh barmoq, jimjiloq tomondagi tepaliklarni hosil qiladi. Bularning oralig'ida o'rta guruh muskullari joylashgan bo'ladi. Bosh barmoq tomondagi muskullar: uzoqlashtiruvchi muskul (m.adbuctor hallucis) tovon suyagining medial o'sig'idan boshlanib, bosh barmoqning birinchi falangasiga yopishadi. Vazifasi bosh barmoqni boshqa barmoqlardan uzoqlashtiradi.
Bosh barmoqni bo`quvchi kalta muskullar (m.flexor hallucis brevis) medial ponasimon suyakdan boshlanib, bosh barmoqning birinchi falangasiga yopishadi vazifasi bosh barmoqni bukadi.
Bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskullar (m.adductor hallucis) kubsimon suyak, 2-4 kaft suyaklaridan boshlanib, bosh barmoqning birinchi falangasiga yopishadi. Vazifasi bosh barmoqni boshqa barmoqlarga yaqinlashtiradi.
Jimjiloq ni uzoq lashtiruvchi muskullar (m.abductordigiti minimi) tovon suyagidan boshlanib, jimjiloqning birinchi falangasiga yopishadi. Vazifasi jimjiloqni boshqa barmoqlardan tortadi.
Jimjiloqni bo`quvchi kalta muskullar (m.flexor digiti minimi brevis). Beshinchi kaft suyagidan boshlanib, jimjiloqning birinchi falangasiga yopishadi. Vazifasi jimjiloqni bukadi.
Barmoqlarni bo`quvchi kalta muskul (m.flexor digitorum brevis) tovon suyagidan boshlanib, 2-5 barmoqlarning ikkinchi falangasiga yopishadi. Vazifasi oyoq gumbazining mustaxkamlaydi, barmoqlarni bukadi.
Oyoq kaftining kvadrat muskuli (m.quadretus plantae) tovon suyagidan boshlanib, barmoqlarni bo`quvchi uzun muskul payiga yopishadi. Vazifasi barmoqlarni bukadi.
Oyoq panjasining chuvalchangsimon muskullari (m.lumdracales) 2-5 barmoqlar birinchi falangalari oralig'ida joylashgan.
Suyaklararo muskullar (m.m.interossei). Oyoq kaft suyaklari oralig'ida joylashgan. Vazifasi kaft suyaklarini o'zaro yaqinlashtiradi.

ASOSIY TUSHUNCHA VA TAYANCH IBORALAR

m.deltoideus-deltasimon muskul.
m.supraspinalis-kurak qirra usti muskuli.
m.teres minor-kichik yumaloq muskul.
m.teres major-katta yumaloq muskul.
m.brachialis-yelka muskuli.
m.ancoineus-tirsak muskul.
m.pronator ters-yumaloq pronator muskul.
m.supinator-supinasiya qiluvchi muskul.
thenor-bosh barmoq dumbog'i.
m.iliopsoas-yonbosh bel muskuli.
m.gluteus maximus- katta dumba muskuli.
Antagonist- qarama qarshi.
Sinergist-hamkor.



Yüklə 125,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin