1- mavzu: Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa qo’shgan olimlar va o’rganish usullari. Reja



Yüklə 125,12 Kb.
səhifə14/22
tarix26.09.2023
ölçüsü125,12 Kb.
#148903
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
1- mavzu Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa

NAZORAT SAVOLLARI
1. Muskullarni tuzulishi va turlari qanday?
2. Bo’yinning yuza va o’rta muskullari qaysilar?
3. Mimika muskullari va ularning vazifalari.
4. Chaynov muskullari qaysilar va ularning vazifalari qanday?


TOPSHIRIQLAR
1. Bosh va bo’yin muskullarini mulyajda o’rganish
2. Bosh va bo’yin muskullari harakatini o’zingizda ko’rsatish.


FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR
1.Ahmedov N.K.. “Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya”. 2004-yil.
2.Ahmedov N.K. “Odam anatomiyasi atlasi” I , II jild. 1996-yil
3.Ahmedov A., Ziyamitdinova G. “Anatomiya,fiziologiya va patologiya’’ 2012-yil.


8-MAVZU: Miologiya. Qo’l mushaklarini shakli tuzilisshi va guruhlarga bo’linishi, joylashini mulyajlarda o’rganish
REJA:

  1. Qo`l mushaklarini tuzilishi.

  2. Yelka kamari mushaklarini ahamiyati.

Qo'l muskullari ikki qismdan-yelka kamari muskullari va qo'l erkin qismining muskullaridan iborat


Bu muskullar yelka bo'g'imi-atrofida joylashgan bo'lib, ko'krak va orqa muskullari ishtiroqida yelka bo'g'imini harakatga keltiradi.
Deltasimon muskul (m.deltoideus). Uchburchak shaklda bo'lib o`mrov suyagining tashqi yarmidan, kurak suyagiiing baland qirrasi bilan tumshuksimon usig'ida boshlanib, yelka suyagi boshining ustini qoplab o'tib suyakning deltasimon g'adir-budiriga yopishadi.
Funksiyasi: Muskulning hamma tutamlari qisqarsa tanadan qo'l uzoqlashib yelka barobar ko'tariladi. Muskulning oldingi tutamlari qisqarsa qo'lni old tomonga va yuqoriga tortadi.
Funksiyasi: qo'lni pastga tortib, gavdaga yaqinlashtiradi. Kurak osti muskuli(m.subscpularis).
Funksiyasi: Yelkani ichkariga buradi va bo'g'im xaltachasini tortadi.
Yelka muskullari uchun muskullardan bo'lib joylashish o'rniga qarab oldingi va orqa guruhlarga ajratiladi. Yelkaning oldingi tomonidagi muskullar. Yelkaning ikki boshli muskuli (m.biceps brachii).
Funksiyasi: Bilakni bukadi va tashqariga buradi. Yelka muskuli (m.brachialis).
Funksiyasi: Bilakni tirsak bo'g'imida bukadi. Tumshuqsimon yelka muskuli (m.coracobracxilis).
Funksiyasi: Yelkani ko'taradi. Yelkaning orqa tomonidagi muskullar. Yelkaning uch boshli muskuli (m.triceps brachii).
Funksiyasi: Bukilgan bilakni yozadi. Tirsak muskuli (m.anconeus).
Funksiyasi: Bilakni yozadi, tirsak bo'g'imi kapsulasini tortib, uni suyaklar orligida siqilib qolishdan saqlaydi.
Bilak muskullari joylashishiga qarab 3 ta (oldingi, orqa va latereal) guruhgalarga ajratiladi. Bilakning oldingi guruh muskullari yuza va chuqur qavat bo'lib joylashgan. Yuza qavat muskullari. Yumaloq pronator muskul (m.pronator teres) yelka suyagidagi medial g'adir-budur tepachadan va bilak suyagi g'adir-buduridan boshlanib, bilak suyagini latereal qirrasiga yopishadi.
Funksiyasi: Bilakni ichkariga buradi va bukadi. Kaftni bilak tomonga buquvchi muskul. (m.flexor carpi radialis) yelka cuyagining medial g'adir-budir tepachasidan va medial tomondagi muskullararo fassiyadan boshlanib, ikkinchi kaft suyagining asosiga yopishadi.
Funksiyasi: Kaftni oldinga va bilak suyagi tomonga bukadi. Kaftning uzun muskuli. (m.palmaris longus) yelka suyagining medial g'adir-budur do'mboqchasidan va bilak fassiyasidan boshlanib kaft pay plastinkasi (aponevroz)ga yopishadi. Ba'zan bu muskul bo'lmasligi ham mumkin.
Funksiyasi: Kaft aponevrozini taranglashtirib, kaftni bukadi. Kaftni tirsak tomonga bo`quvchi muskul (m.flexor carpi ulnaris) yelka suyaganing medial g'adir-budur tepachasidan va tirsak usig'idan boshlanib, kaftning nuxotsimon va ilmoqli suyaklariga yopishadi.
Funksiyasi: Kaftni oldinga va tirsak suyagi tomonga bukadi. Panjani bo`quvchi yuza muskul.(m.flehor digitorum) yelka suyagining medial g'adir-budur do'mboqchasidan, tirsak suyagining tojsimon usigidan va bilak suyagining yuqori qismi oldingi yuzasidan boshlanib, kaftda muskul payi 4 ta alohida paylarga ajralib, 2-5-barmoqlarga yaqinlashadi. Har qaysi pay o'z navbatida ayrisimon 2ta payga bulinib, barmoq suyaklaridan ikkichisining 2 yoniga yopishadi.
Funksiyasi: Muskul qisqarib, ikkinchi va beshinchi barmoqlarni bukadi.
Chuqur qavat. Bosh barmoqni buquvchi uzun muskul (m.flexor pollikis longus). Bilak suyagining oldingi yuzasidan yelka suyagining medial g'adir-budur do'mboqchasidan boshlanib, bosh barmoqning ikkinchi barmog'i suyagi asosiga yopishadi.
Funksiyasi: Bosh barmoqni bukadi. Panjani bo`quvchi chuqur muskuli (m.flexor digitorum profundus) shu nomli yuza muskul ostida joylanib, tirsak suyagining oldingi va medial satxi hamda suyaklararo pay pardadan boshlanib, bilakning o'rtalariga kelganda 4 ta alohida paylarga bo'linadi. Bu paylar barmoqlarga ba’zoda panjaning bo`quvchi yuza muskul payi orasidan o'tib, 2-5 barmoqning tirnoq falang suyaklariga yopishadi.
Funksiyasi: Barmoqlarni va kaftni bukadi. Bilakni ichkariga burovchi kvadrat muskul (m.pronator quadratus) bilak suyaklarining past qismini old tomonida joylashgan.
Funksiyasi: Bilakni ichkariga buradi. Bilakning lateral guruh muskullari. Yelka bilak muskuli (m.brachioradialis)-yelka suyagining oldingi va lateral yuzasidan, muskullar aro lateral pardadan boshlanib, bilak suyagining orqa ravog'iga o'tib, uning pastki uchiga begizsimon o'sig'iga yopishadi.
Funksiyasi: Bilakni tirsak bo'g'imidan bukadi.
Panjani yozuvchi uzun bilak muskul (m.extensor carpi radialis longus) yelka suyagining lateral g'adir-budur tepachasida bilak suyagining lateral chetidan boshlanib, ikkinchi kaft suyagining orqa yuzasiga yopishadi.
Funksiyasi: Panjani orqa tomonga yozib, bilakni bukadi. Panjani yozuvchi kalta bilak muskuli (m.extensor carpi radialis) yelka suyagining lateral g'adir-budur do'mboqchasidan, tirsak bo'g'im kapsulasidan boshlanib, uchinchi kaft suyagining orqa satxiga yopishadi.
Funksiyasi: Panjani yozadi. Bilakni orqa guruh muskullari.
Yuza qavat. Panjani yozuvchi muskul (m.extensor digitorum).
Funksiyasi: Ikkinchi va beshinchi barmoqlarni va kaftni yozadi. Panjani yozuvchi tirsak muskuli (m.extensor digitorum).
Funksiyasi: Panjani tirsak tomonga tortib yozadi.
Chuqur qavat muskullari. Supinasiya qiluvchi muskul (m.supinator).
Funksiyasi: Bilakni tashqariga buradi. Bosh barmoqni olib qochuvchi uzun muskul (m.abductor pollicis longus).
Funksiyasi: Bosh barmoqni qolgan barmoqlardan uzoqlashtiradi. Bosh barmoqni yozuvchi uzun va qisqa muskullar (m.extensor pollicis longus va brevis).
Funksiyasi: Bosh barmoqni orqaga tortadi. Ko'rsatkich barmoqni yozuvchi muskul (m.extensor indicis).
Funksiyasi: Ko'rsatkich barmoqni yozadi.
Panja muskullari. Panja-kaft yuzasidagi muskullar 3 guruh bo'lib joylashgan. Bosh barmoq dumbog'i(thenor)ni bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskul bosh barmoqni bo`quvchi kalta muskul, bosh barmoqni boshqa barmoqlarga qarshi kuyuvchi muskul va boshqa barmoqni yaqinlashtiruvchi muskullar hosil qiladi. Jimjiloq tomondagi dumboq (hypothenor)ni kaftning kalta muskuli, jimjiloqni o'zolashtiruvchi muskul, jimjiloqni bo`quvchi kalta muskul, jimjiloqni boshqa barmoqlarga qarshi kuyuvchi muskullar hosil qiladi. Kaftning o'rta guruh muskullarini kaft tomondagi 3 ta kaft suyaklararo muskullar (barmoqlarni jipslashtiradi), orqa tomondagi suyaklararo 4 ta muskul (barmoqlarni yozadi), chuvalchangsimon muskullar hosil qiladi. Chuvalchangsimon muskullar 4 ta bo'lib, panjani bo`quvchi chuqur muskul paylaridan boshlanib, 2-5 barmoqlarning orqa yuzasida barmoqlarni yozuvchi muskul paylariga tutashib ketadi.
Funksiyasi: Tirnoq falanglarini yozib, 5-2 barmoqlarning birinchi falanglarini bukadi.


ASOSIY TUSHUNCHA VA TAYANCH IBORALAR

m.deltoideus-deltasimon muskul.
m.supraspinalis-kurak qirra usti muskuli.
m.teres minor-kichik yumaloq muskul.
m.teres major-katta yumaloq muskul.
m.brachialis-yelka muskuli.
m.ancoineus-tirsak muskul.
m.pronator ters-yumaloq pronator muskul.
m.supinator-supinasiya qiluvchi muskul.
thenor-bosh barmoq dumbog'i.

Yüklə 125,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin