1- mavzu: Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa qo’shgan olimlar va o’rganish usullari. Reja


ASOSIY TUSHUNCHA VA TAYANCH IBORALAR



Yüklə 125,12 Kb.
səhifə20/22
tarix26.09.2023
ölçüsü125,12 Kb.
#148903
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
1- mavzu Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa

ASOSIY TUSHUNCHA VA TAYANCH IBORALAR
Asfiksiya –bo`g`ilish
Gipoksiya –nafas etishmasligi
Anoksiya –kislorodning umuman bo`lmasligi
Spirometr– o`pkaning tiriklik sig’imini o’lchaydigan asbob
MAVZUGA OID TEST SAVOLLARI
1. Nafas olish miyaning qaysi bo`limida boshqariladi?

  1. Uzunchoq miyada

  2. Kichik miya (miyachada)

  3. Ortqi miyada

  4. O`rta miyada

2. Bronxitlar klinikasiga ko`ra necha xil bo`ladi?

  1. 3 xil

  2. 2 xil

  3. 5 xil

  4. 4 xil

NAZORAT SAVOLLARI

  1. Nafas olish a`zolarini ketma-ket sanang.

  2. Rinit qanday kasallik?

  3. Burun bo`shlig`i qanday tuzilgan?.

  4. Havo burun bo`shlig`idan xiqildoqqa qanday o`tadi?

  5. Plevra qanday qismlardan iborat?

  6. Tashqi va ichki nafas nima?



TOPSHIRIQLAR

  1. Nafas a`zolari rasmini chizish.

  2. O`pka tuzilishini planshetda o`rganish

  3. Nafas olish sonini sanash.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Ahmedov N.K.. “Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya”. 2004-yil.
2.Ahmedov N.K. “Odam anatomiyasi atlasi” I , II jild. 1996-yil
3.Ahmedov A., Ziyamitdinova G. “Anatomiya,fiziologiya va patologiya’’ 2012-yil.
4.Eyngorn A.G. “Patologik anatomiya va patolagik fiziologiya’’ 1984-yil.
5.Vorobyova V.A “Anatomiya va fiziologiya”1987-yil.

13-MAVZU: Splanxnоlоgiya – ichki a`zоlar haqidagi ta`limоt. Ovqat hazmini ahamiyati. Parenhimatoz va kovak a’zolar. Hazm kanali va hazm a`zolarining tuzilishi, vazifasi.
REJA:



  1. Ovqatni xazm qilish haqida tushuncha.

  2. Parehimatoz va kovak a’zolar haqida ma’lumot.

3. Xazm tizimi a’zolari anatomiyasi.

BAYONI: Organizmda moddalar almashinuvi jarayoni avvalo ovqat xazm qilish a’zolaridan boshlanib, keyin ximiyaviy jihatdan hujayralar va to'qimalar tomonidan o'zlashtirilishiga moslab beriladi. Ovqat xazmi avvalo fizik o'zgarishdan boshlanadi. Oqsillar, yog'lar va uglevodlar bez shiralarining tarkibidagi fermyon tlar ta'sirida oddiy ximiyaviy birikmalarga aylanadi.Oqsillar, aminokislotalargacha, uglevodlar monosoharitlargacha, yog'lar, gliserin bilan yog' kislotalargacha parchap angandan so'ng ichak so'rg'ichlari orqali qon va limfalarga shimilib to'qimalarga tarqaladi, suv, mineral tuzlar va vitaminlar qonga o'zgarmagan holda o'tadi.


Odam hazm a’zolari tizimida ovqat moddalarining parchap anib shimilishi uchun bir kecha- kunduzda o'rtacha 10 l gacha suyuqlik kerak bo'ladi. Shiralar tarkibidagi fermrntlar spesifik xususiyatga ega bo'lib, ular moddaning parchap anishini tananing optimal temperaturasida bajaradi. Ovqat xazm qilish a’zolari tizimiga quyi dagilar kiradi: og'iz bo'shlig'i, tish, til, tilcha, sulak bezlari, xalqum, qizilo'ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo'g'on ichak, jigar va oshqozon osti bezi kiradi.
Silliq mushaklar o’zlarining fiziologik xususiyatlari bilan ko’ndalang targ’il mushaklardan farq qiladi. SiUiq mushaklaming qo’zg'aluvchanligi nisbatan past. Ulami qo’zg’otish uchun kuchli va uzoq ta’sir etuvchi ta’sirlovchi kerak. Silliq mushaklar qo’zg’olish- ni juda sekin o'tkazadi. Masalan, odamning ingichka ichagi mushak pardasida qo’zg’olish 1 sm/sek tezlikda tarqaladi. Silliq mu- shak hujayralarining qisqarishi ham aktin iplaiining miozin iplariga nisbatan sirpanishiga bogliq. Ammo bu sirpanishning va ATF ning parchlanishi tezligi ko’ndalang targ’il mushaknikiga qaraganda 1000 barobar kam. Shuning uchun silliq mushaklar charchamasdan uzoq va turg’un qisqarishga moslangan. Ular katta cho’ziluvchanlikka ega. Sekin cho’ziluvchanlikka javoban mushak uzayadi, ammo uning kuchlanishi oshmaydi. Shunug uchun ichki a’zolar to'lganida uni bo’shlig’ida bosim oshmaydi. Oshqozondagi bosim ichda 200 ml va 500 ml suyuqlik bo’lganda ham 7 mm suv ustuniga teng.
Silliq mushaklami ko’ndalang targ’il mushaklardan ajratib turuv- chi o’ziga xos xususiyatlardan bin ularning plastikligidir. Ya’ni, sil­liq mushaklar ma’lum chegarada cho’zilsa ham, tarangligini o’zgar- tirmaydi.
Silliq mushaklaming kuchli va tez cho’zilishi ularning qisqarishiga sabab bo’ladi. Ularning bu xususuyati ichi kovak ichki a’zolaming faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Bu a’zolar bo’shlig’ni to’lishi mushaklami cho’zadi, ular faol qisqarib, yig’iUb qolgan moddalami harakatlantiradi.
Silliq mushaklar simpatik va parasimpatik nervlar bilan innervatsiya qilinadi.
Ichki a’zolar bosh va bo’yin, ko’krak, qorin va chanoq bo’shliqlarida joylashadi. Ular organizmning modda almashinish faoliyatida. uni oziqa moddalar bilan ta’minlash hamda modda almashinish jarayonida hosil bo’lgan moddalami chiqarib yuborish vazifasini ba- jaradi. Tanosil yoki jinsiy a’zolar esa ko’payish vazifasini bajaradi.
Ichki a’zolar kelib chiqishi tuzihshi, topografiyasi va faoliyatig; qarab hazm a’zolari, nafas a’zolari va siydik-tanosil a’zolarga bo’linadi.
Hazm a’zolari tizimi bosh, bo’yin, ko’krak, qorin va chanoqda joylashsa, siydik-tanosii a’zolari qorin va chanoq bo’shliqlarida yotadi. Bundan tashqari ko’krak qafasida o’pkalar yonida qon ayla- nishning markaziy organizm yurak, qorin bo’shlig’ida esa immun tizimi organizm bo’lgan taloq joylashgan. Organizmning turli sohalarida joy- lashgan ichki sekretsiya bezlari alohida ahamiyatga ega.
Ichki a’zolar tuzilishiga qarab parenximatoz va naysimon a’zolarga bo’linadi.
Ichki a’zolar tananing ventral qismida homila entodermasidan rivojlanadi. Entodermadan ichak nayi hosil bo’lib, u mezodermaning qorin qismi bilan o’raladi. Ichak nayi devorining mushak va seroz qavatlari mezenximadan rivojlanadi.
Ichak nayi bosh va tana ichakka bo’linadi. Bosh ichak, o’z navbatida, og’iz va halqum qismlariga bo'linadi. Og’iz qismi epiteliyi ektodermadan keUb chiqqan. Halqum qismidan nafas a’zolari, qalqonsimon, qalqon oldi va ayrisimon bezlar hosil bo'ladi. Ichak nayining tana qismi oldingi, o’rta va orqa ichaklarga bo’linadi. Oldingi ichakdan qizilo’ngach va oshqozon rivojlanadi. o’rta ichakdan ingichka va yo’g’on ichakning boshlang’ich qismi (ko’richak, ko’tariluvchi va ko’ndalang chambar ichak) rivojlanadi. Orqa ichakdan esa pastga tushuvchi chambar, S-simon va to’g’ri ichak rivojlanadi.
Siydik-tanosil a’zolar homilaning o’rta varag’i mezodermadan rivojlanadi. Homila tana bo’shlig’ini mezoderma varaqlari o’raydi. Keyinchalik undan ko’krak qafasida ikkita plevra va bitta perikard bo’shlig’i, qorin bo’shlig’ida esa bitta qorinparda bo’shlig’ini hosil qiladi.
Hazm a’zolari og’iz yorig’idan boshlanib, tashqi teshik bilan tugovchi hazm traktidan iborat. Unga og’iz bo’shlig’i va unda joy­lashgan a’zolar (tishlar, til, so’lak bezlari), halqum, qizilo’ngach, oshqozon, ingichka va yo’g’on ichak, jigar, oshqozon osti bezi kira- di . Hazm a’zolari tizimi organizmga tushgan oziqa moddalami mexanik va kimyoviy parchalash, parchalangan oziqa moddalami qon va Umfa tomirlarga so’rilishi, so’rilmay qolgan qismini esa chiqindi (axlat) sifatida tashqariga chiqarib yuborish vazifasini bajaradi.
Og’iz bo’shlig’i hazm a’zolarining boshlang’ich qismi bo’lib, bu yerda tishlar vositasida uzib olingan oziqa moddalar maydalanadi,til yordamida aralashtirilib, so’lak bezlari ishlab chiqargan suyuqlik so'lak bilan yumshatiladi. Hosil bo’lgan ovqat luqmasi halqum va qizilo’ngach orqali oshqozonga o’tkaziladi. Oshqozonda ovqat moddalari oshqozon shirasi ta’sirida suyultiriladi, ara- lashadi va parchalanadi. Ma’lum darajada parchalangan ovqat massasi oshqozondan ingichka ichakka o’tadi. Ingichka ichakning boshlang’ich qismi bo’lgan o’n ikki barmoq ichakda ovqat moddalari oshqozon osti bezi shirasi, jigarda ishlab chiqarilgan o’t suyuqligi va ichak bezlari shirasi ta’sirida parchalanishda davom etadi. Och va yonbosh ichakda parchalangan oziqa moddalar qon va limfa tomirlariga so’riladi. Parchalanmay va so’rilmay qolgan ovqat moddalari yo’g’on ichakka o’tadi. Bu yerda suv so’rilib, qolgan moddalardan axlat hosil bo'ladi.
Ovqat hazm qilish. Ovqat hazm qilish moddalar almashinuvi- ning boshlang’ich bosqichidir. Odam ovqat bilan energiya va to’qimalami yangilanishi va o’sishi uchun kerak bo’lgan barcha kerakli moddalami oladi. Hujayralar o’zlashtira olishi uchun ovqatdagi oq- sillar, yog’lar va uglevodlar murakkab birikmalardan ancha mayda suvda eruvchan moddalarga aylanishi kerak. Bu jarayon hazm a’zolari tizimida o’tadi va hazm jarayoni deyiladi, hosil bo’lgan mahsu- lotlar hazm mahsulotlari deyiladi. Ovqat tarkibidagi oziqa moddalar hazm traktida mexanik, keyinchalik hazm a’zolari tizimi bo’ylab joy- lashgan bezlar shirasi tarkibidagi fermentlar ta’sirida kimyoviy par­chalanadi.
Hazm a’zolari bezlari bir sutkada hazm traktiga 8,5 l shira: 1,51 so’lak, 2,5 1 oshqozon shirasi, 1 1 oshqozon osti bezi shirasi, 2,5 1 ichak shirasi va 1,2 1 o’t ajratadi. Ovqat hazm qilish shirasi a’zoik noorganik moddalardan iborat. A’zoik moddalar ichida oqsillari- lg murakkab molekulasini aminokislotalargacha, uglevodlami monosaxaridgacha (glukoza, fruktoza), yog’larni glitserin va yog’ kislotalarigacha parchalanishini tezlatuvchi fermentlar yoki biologik talizatorlar katta ahamiyatga ega. Parchalangan bu moddalar hazm iktining shilliq pardasi orqali so’rilib qon va limfaga o’tadi va hujayralar ularni o'zlashtiradi. Hazm fermentlari moddalarni suv molekulasini biriktirib olish gidroliz yo’li bilan parchalanish jarayonini ichaylirib beradi. Bunda oziqa moddalaming energetik bahosi ko’paymaydi. Har bir ferment faqat bitta ma’lum moddani parchalaydi. ermentlarning ta’siri uchun ma’lum bir sharoit: optimal harorat (6—37 °C) va muhitning ma’lum reaksiyasi kerak. Hazm shirasi uning fermentlar ta’sir qila oladigan optimal muhitga ega. Masalan: oshqozon shirasi tarkibida xlorid kislota, oshqozon osti bezi va ichak shirasida ishqor yoki soda bo’lib shu muhitda faoliyat ko’rsatuvchi ferrmentlar uchun sharoit yaratib beradi.


ASOSIY TUSHUNCHA VA TAYANCH IBORALAR

1. Splanxnologiya- Ichki a’zolar haqidagi fan.
2. Parenximatoz - a’zolar
3. Ichi kovak- a’zolar
4. Assimilyatsiya jarayoni
5. Dissimilyatsiya jarayoni


Yüklə 125,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin