1- mavzu: Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa qo’shgan olimlar va o’rganish usullari. Reja



Yüklə 125,12 Kb.
səhifə21/22
tarix26.09.2023
ölçüsü125,12 Kb.
#148903
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
1- mavzu Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa

MAVZUGA OID TEST SAVOLLARI
1. Xazm tizimini qaysi a`zоlarini devоri ko’ndalang – targ`il muskuldan ibоrat?

  1. Til, xalqum, qizilo`ngach

  2. Xalqum, qizilo`ngach, ichaklar

  3. Xalqum, me`da, un ikki barmоqli ichak

  4. Xalqum, qizilo`ngachning bir qismi, to’g’ri ichak

2. Оg`iz bo`shligining pastki tоmоnini pastki jag til оsti muskuli bilan bоshqa muskullar berkitib turadi va uni оg`iz bo’shligining... deb ataladi.

  1. Diafragmasi

  2. Bo’shligi

  3. Devоri

  4. Оld qismi

3.Ichi kovak a’zolarga qaysi a’zolar kiradi?
A.Siydik a’zolari tizimi
B.Nafas a’zolari tizimi
C.Hazm a’zolari tizimi
D. Hamma javoblar to’g’ri


NAZORAT SAVOLLARI


  1. Og`iz bo`shlig`ini joylashishi va vazifalarini tushuntiring?

  2. Og`iz bo`shlig`i necha qismga bo’linadi?

  3. Parenhimatoz a‘zolarga qaysi a’zolar kiradi?

  4. Hazm qilish jarayoni qayerdan boshlanadi?



TOPSHIRIQLAR


  1. Og`iz bo`shlig`ini rasmli chizmalarda ko`satish..

  2. Hazm a’zolari tizimini planshetdan ko’rsatish.

  3. Hazm a’zolari tizimini mulyajdan ko`rsatish.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1.Ahmedov N.K.. “Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya”. 2004-yil.
2.Ahmedov N.K. “Odam anatomiyasi atlasi” I , II jild. 1996-yil
3.Ahmedov A., Ziyamitdinova G. “Anatomiya,fiziologiya va patologiya’’ 2012-yil.
4.Eyngorn A.G. “Patologik anatomiya va patolagik fiziologiya’’ 1984-yil.
5.Vorobyova V.A “Anatomiya va fiziologiya”1987-yil.

15-MAVZU: Og’iz bo’shlig’idagi a’zolarni tuzilishi joylanishi tishlarni tuzilishi ahamiyati.


REJA:

1. Og’iz bo’shlig’i va uning qismlari.


2. Og’iz bo’shlig’idagi a’zolarning tuzulishi.
3. So’lak bezlarining ahamiyati.
4 Tishlarning tuzilishi
Og’iz bo’shlig’i (cavitas oris) hazm a’zolari tizimining boshlang’ich qismi. Og’iz bo’shlig’i pastdan og’iz diafragmasi, yuqoridan lattiq va yumshoq tanglay, yon tomondan lunjlar, old tomondan ablar bilan chegaralansa, orqada tomoq teshigi vositasida halqum bilan qo’shiladi. Tishlar va jag’laming alveolar o’simtalari og’iz bo’shlig’ini ikki: og’iz dahlizi va xususiy og’iz bo’shlig’iga ajratadi.
Og’iz dahlizi tashqi tomondan lablar va lunj bilan, ichki tomon­dan esa tishlar va milk bilan chegaralanadi. Og’iz dahliziga kirish og’iz yorig’i lablar bilan chegaralanadi.
Milk ustki va pastki jag’laming alveolar o’sig’ini qoplagan shilliq parda. U juda qalin va pishiq bo’lib, tish bo'ynini o’rab oladi va suyak usti pardaga mustahkam birikadi.
Ustki va pastki labning asosini og'iz tirqishi atrofidagi aylana mu- shak tashkil qiladi. Uni tashqi tomondan teri, ichki tomondan shilliq parda qoplagan. Lablaming shilliq pardasi milkka davom etib, o’rta chiziqda ustki va pastki lab yuganchasini hosil qiladi.
Lunj og’iz bo’shlig’ini o’ng va chap tomondan chegaralab turadi. Uning ichida lunj mushagi joylashib, ichki tomondan shilliq parda, tashqi tomondan teri bilan qoplangan. Ten bilan lunj mushagi o’rtasida lunjning yog’ tanachasi joylashgan bo’lib, u bolalarda yaxsbi rivojlangan. Lunj shilliq pardasiga II ustki katta oziq tishi sohasida quloq oldi bezining chiqaruv nayi ocxiladi.
Xususiy og’iz bo’shlig’i tashqi tomondan ustki va pastki jag’ tis- hlarining til yuzasi hamda milk, yuqori tomondan tanglay, past to­mondan og'iz diafragmasini hosil qiluvchi mushaklar chegaralab turadi. Og’iz bo’shlig’ining pastki devorida til joylashgan bo’lib, og’iz yopiq bo’lgan holatda u to’lib turadi. Til ostida o’rta chiziqning ikki tomonida til osti so’rg’ichi joylashgan bo’lib, unga pastki jag’ osti va til osti bezlarining nayi ochiladi.
Tanglay og’iz bo’shlig’ining yuqori devorini hosil qilib ikki qismdan: qattiq va yumshoq tanglaydan iborat. Qattiq tanglay tanglayni oldingi uchdan ikki qismini tashkil qiladi. U ustki jag’ suyagi tan­glay o’sig’i va tanglay suyagi gorizontal plastinkasidan hosil bo’lgan. Yumshoq tanglay qattiq tanglayni orqasida joylashib, tanglayni uch­dan bir qismini tashkil qiladi. U qattiq tanglayni orqasiga birikkan. Uning asosini tanglayning serbar payi va unga yopishgan mushaklar tashkil qilib, ust va past tomondan shilliq parda bilan qoplangan. Uni qoplagan shilliq parda bevosita qattiq tanglayga davom etadi. Yumshoq tanglayning oldingi qismi gorizontal joylashsa, orqa qis- mi osilib tanglay chodirini hosil qiladi. Yumshoq tanglayning orqa chekkasi erkin chekka hosil qilib tugaydi. Uning o’rtasida tilcha bor. Tanglay chodirini yon chekkalaridan ikkita ravoq: oldingi tanglay- til ravog’i til ildiziga qarab yo’nalsa, orqadagi tanglay yutqin ravog’i pastga, yutqinning yon devoriga yo’naladi. Oldingi va orqa ravoqlar o’rtasida uchburchak shaklidagi murtak chuqurchasi bo’lib, unda tanglay murtagi joylash­gan. Yumshoq tanglay va uning ravoqlari tarki- biga quyidagi ko’ndalang targ’il mu­shaklar: tanglay-til, tanglay halqum, tilcha mu­shagi, tanglay chodirini ko’taruvchi mushak va tanglay chodirini taranglovchi mushak kiradi.
Tomoq teshigi yuqoridan yumshoq tanglay, yon tomondan tanglay ravoqlari, pastdan esa til ildizi bilan chegaralangan.
Til (lingua) mushakdan tuzilgan a’zo bo’lib, og’iz bo’shlig’ini to’ldirib turadi. U og’iz bo’shlig’ida ovqatni aralashtirish, yutish va so’z bo’g’inlarini hosil qilishda ishtirok etadi. Tilning oldingi toraygan uchi, orqa kengaygan ildizi va ulaming o’rtasida joylashgan tanasi tafovut qilinadi. Tilning ustki yuzasi yoki tilning orqa sohasi ko’tarilgan bo’lib, yuqoriga va orqaga qaragan bo’ladi. U uchi- dan chegaralovchi egatgacha bo’lgan oldingi qismi va egat orqasidagi orqa qismiga bo’linadi. Tilning ostki yuzasi faqat old qismida erkin. Tilning o’ng va chap tomonlarida til chekkalari bor. Til ustining o’rtasida uning ikki yon bo’laklarining qo’sxilishidan hosil bolgan til­ning o’rta egati bolib u tilning tanasi va ildizi o’rtasida joylashgan tilning ko’r teshigida tugaydi.
Ko’r teshikning oldidan tilning yon chekkasiga qarab uncha chuqur bo'lmagan til tanasini ildizidan ajratib turuvchi chegaralovchi egat o’tadi. Til ustki, yon va qisman pastki tomondan shilliq parda bilan qoplangan. Tilning shilliq pardasi och pushti rangda bo’lib, til usti, uchi va chekkalarida ko’p sonli so’rg’ichlar bilan qoplangani uchun duxobaga o’xshagan ko’rinish beradi. Til so’rg’ichlari turli shaklga va kattalikka ega bo'lib, ta’m bilish yoki uniumiy sezgini o’tkazib beradi. Tilda quyidagi so’rg’ichlar tafovut qilinadi. Ipsimon va konussimon shakldagi so’rg’ichlar juda ko’p sonli bo’lib, til ustida chegaralovchi egatning oldida, zambrug’simon so’rg’ichlar esa 150— 200 ta bo’lib, ko’proq til uchi va chekkalarida joylashadi. Tarnovsimon so’rg’ichlar 7—12 ta bo’lib, chegaralovchi egatni oldida rimcha V raqami shaklida joylashgan. Varoqsimon so’rg’ichlar tilning yon chekkalarida 5-8 ta o’zaro egatlar bilan ajralgan vertikal burmalar shaklida qator joylashgan.
Til ildizining shiJIiq pardasida so’rg’ichlar bo’lmay, unda limfoid follikulalar to'plami bor bo’lgan bo’rtiqchalar hosil qiladi. Bu limfoid to’qima to’plami til murtagi deb ataladi.
Tilning ostki yuzasi shilliq pardasi yupqa bo’lib, og’iz tubiga o’tgan joyda o’rta cliiziqda til yuganchasini hosil qiladi. Uning ikki tomonida juft til osti so’rg’ichi joylashgan bo’lib, unga pastki jag’ osti va til osti bezi naychalari ocxiladi. Til osti so’rg’ichining orqasida bo’ylama yo’nalgan til osti burmasi bor.
Til mushaklari juft, ko’ndalang-targ’il mushakdan iborat. Tilning o’rta chiziq bo’ylab o'tgan bo’ylama fibroz to’sig’i uni ikki simmetrik bolakka bo’ladi. U tilni bir tomon mushagini boshqa tomondan ajratadi. Til mushaklari ikki guruhga: tilning o’zidan boshlanib, o’ziga birikuvchi tilning xususiy mushaklari va bosh suyaklaridan bosh­lanib, til ichida tugovchi tilning skelet mushaklariga bo’linadi.
Tilning xususiy mushaklari: Ustki bo’y!ama mushak tilning yuqori qismida bevosita shilliq parda ostida yotadi. Til ildizi sohasidan bosh­lanib, til uchida tugaydi. Qisqarganida tilni qisqartirib, uchini yuqoriga ko’taradi.
Pastki bo’ylama mushak tilning pastki yuzasida yotadi. Til ildizi sohasidan boshlanib, til uchini pastki yuzasida tugaydi. Qisqarganida tilni qisqartirib, uchini pastga tushiradi.
Tilning ko’ndalang mushagi til to’sig’idan tilning ikki chekkasiga ko’ndalang yo’nalgan tolalardan iborat bo’lib, til chekkasi shilliq par­dasida tugaydi. Qisqarganida tilni toraytirib, til ustini ko’taradi.
Tilning vertikal mushagi asosan uning chekkalarida, til usti va til­ning pastki yuzasi shilliq pardasi o’rtasida joylashgan. Qisqarganida tilni yassilaydi.
Tilning skelet mushaklari bosh suyaklaridan boshlanib tilining xu­susiy mushaklariga o’tib ketadi. Ularga quyidagi mushaklar kiradi:
Engak-til mushagi pastki jag'dagi engakning o’tkir qirrasidan boshlanadi. Uning tolalari til to’sig’ining yonidan orqaga va yuqoriga yo'nalib vertikal mushakka davom etadi. Qisqarganida tilni oldinga va pastga tortadi.
Til osti-til mushagi til osti suyagi tanasi va katta shoxidan boshlanib, oldinga va yuqoriga yo’nalib tilning ko’ndalang mushagiga o’tib ketadi. Qisqarganida tilni orqaga va pastga tortadi.
Bigizsimon o’siq-til mushagi bigizsimon o'siqdan boshlanib, oldinga, pastga va medial tomonga yo’nalib tilning yuqorigi va pastki bo’ylama mushaklariga davom etadi. Qisqarganida tilni orqaga va yuqoriga tortadi, bir tomonlama qisqarsa tilni o'sha tomonga tortadi.
Tishlar (dentes) ustki va pastki jag’ning tish katakchalarida milkning yuqorigi chekkasida joylashadi. Sut va doimiy tishlar tafovut qilinadi. Tish uch qismdan: toji, bo’yni va ildizidan iborat.
Tish toji tishning og’iz bo’shlig’ida ko’rinib turgan qismi bo’lib, to’rtta: til, vestibulyar, tishlarning bir-biriga tegib turgan va okklyuzion yuzalari tafovut qilinadi.
Tish bo’yni tish toji bilan ildizi o’rtasidagi toraygan qismi. Uni atrofidan milkning shilliq pardasi o’rab turadi.
Tish ildizi bittadan uchtagacha bo’lib, tish katakchalarida joylashadi. U ildiz uchi bo’lib tugaydi. Tish toji ichi- dagi tish bo’shlig’i ildizga tish ildizining kanali boiib davom etadi. Bu kanal ildiz uchida tish ildizi uchidagi teshik bo’lib ocxiladi. U orqali kirgan qon tomir va nervlar tish pulpasini hosil qiladi. Tish pulpasi joylashgan joyiga qarab tish tojining pulpasi va tish ildizining pulpasiga bolinadi.
Tishning qattiq moddasi dentindan iborat bo’lib, tish toji tashqi tomondan emal, ildizi esa sement bilan qoplangan.
Tish toji va ildizining tuzilishiga qarab kesuvchi, qoziq, kichik va katta oziq tishlar tafovut qilinadi.
1. Kesuvchi (kurak) tishlar jag’ning bir tomonida ikkitadan bo’lib, joylashishiga qarab tashqi va ichki kurak tishlar deb ataladi. Tish toji iskanaga o’xshash, og’iz dahliziga qaragan yuzasi biroz ko’tarilgan, til yuzasi botiq bo’lib, bo’yni sohasida tish bo’rtig’i bor. Chaynov yuza­si o’tkir kesuvchi chekka bilan tugaydi. Yuqorigi kurak tishlamining toji pastkisiga nisbatan sezilarli katta boladi. Kurak tishni ildizi bitta konus shaklida, pastkisiniki yon tomondan siqilgan.
2. Qoziq tishlar jag’ning bir tomonida bittadan, toji o’tkir uchli konus shaklida bo’lib, til yuzasida do’mboqchasi bor. Ildizi uzun, yon tomondan siqilgan va yon tomonlarida bo’ylama egati bor.Yuqorigi qoziq tishlar pastkisidan keng toji va uzun ildizi bilan farq qiladi.
3. Kichik oziq tishlar jag’ning bir tomonida ikkitadan bo’lib qo­ziq tislilamining orqasida joylashadi. Tish tojining chaynov yuzasi to’rtburchak shaklida bo’lib, sagittal egat bilan ikkita do’mboqqa ajragan. Tashqi vestibular do’mbog’i ichki til do’mbog’iga nisbatan kat- ta. Pastki kichik oziq tishlamining ildizi bitta konus shaklida. Yuqorigi kichik oziq tishlamining ildizi goho ayri shaklida bo’ladi. Yuqorigi kichik oziq tishning ildizi oldindan orqaga biroz siqilgan. Uning oldingi va orqa yuzalarida bo’ylama egati bor.
Katta oziq tishlar jag’ning bir tomonida uchtadan. Ular kichik oziq tishlamining orqasida joylashib, toji kubsimon shaklda. Chay­nov yuzasi ikkita egat vositasida ikkita lunj va ikkita til bo’rtig’iga ajragan. Yuqori jag’ tishlarining ildizi uchta. Pastki katta oziq tishlarining ildizi esa ikkita bo’lib, oldindan orqaga qarab siqilgan. Katta oziq tishlarining uchinchisi ancha kech (18—25 yoshda) chiqadi va «aql tishi» deb ataladi.
Sut tishlarining chiqishi. Bola 6—7 oylik bo’lganida sut tishlari paydo bo’la boshlaydi. Birinchi bo’lib pastki medial kesuvchi tishlar paydo bo’ladi va 2—2,5 yoshlarda ulaming soni 20 taga yetadi. Ustki va pastki tish qatorlarining har bir tomonida 5 tadan tish: 2 ta kesuv­chi, 1 ta qoziq va 2 ta katta oziq tishlar bor.
6 yoshdan keyin bolalarda sut tishlari tusha boshlaydi va ulaming oziq tish chiqib, 12—13 yoshlarda, doimiy tislilar chiqib bo’ladi. 18— 25 yoslilarda aql tishi chiqqanidan keyin katta odamda doimiy tislilar 32 taga etadi. Ustki va pastki jag’ning har bir tomonida 8 tadan tish joylashgan. o’rta chiziqdan lateral tomonga qarab: 2 ta kesuvchi (ku- rak), 1 ta qoziq, 2 ta kichik oziq va 3 ta katta oziq tislilar tafovut qilinadi. Tishlaming joylashish tartibi tish formulasini hosil qiladi.
So’lak bezlari
So’lak bezlari. Og’iz bo’shlig’i bezlariga naychalari og’iz bo’shlig’iga ocxiladigan katta va kichik so’lak bezlari kiradi. Kichik so’lak bezlari og’iz bo’shlig’i shilliq pardasida yoki shilliq osti asosida joylashib, kattaligi 1—5 mm bo’ladi. Joylashgan joyiga qa­rab lab bezlari, lunj bezlari, tanglay bezlari va til bezlari tafovut qilinadi.
Ishlab chiqargan suyuqligi tarkibiga qarab seroz bezlar (til bezla­ri), shilliq bezlari (tanglay bezlari), aralash bezlar (lab, lunj bezlari) tafovut qilinadi.
Mayda so’lak bezlardan tashqari og’iz bo’shlig’iga uch juft katta so’lak bezlari: quloq oldi, pastki jag’ osti va til osti bezlarining naylari ham ocxiladi.
Quloq oldi bezi seroz suyuqlik ishlab chiqaravchi bez bolib, , 2 og’irligi 20—30 g. U eng katta so’lak bezi hisoblanib, noto’g’ri shaklga ega. Quloq oldi bezi quloq suprasini oldida va pastida, pastki jag’ suyagi shoxining tashqi yuzasida joylashib, qisman chaynov mushagini yopib turadi. Orqa tomondan to’sh o’mrov so’rg’ichsimon mushak va so’rg’ichsimon o’simtagacha yetib keladi. U tuzilishi jihatidan murakkab alveolar bez bo’lib, tashqi tomonidan biriktiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan. Uning tola- bezni bo’lakchalarga ajratadi. Нагbir bo’lakni alohida naychasi adi. Bez bo'lakchalari naychalari qo’sxilishidan hosil bo'lgan quloq oldi bezining 5—6 sm uzunlikdagi nayi bezning oldingi chekkasi chiqadi. U chaynov mushagining ustidan yonoq ravog'idan 1—2 pastroqda yo’nalib, lunj mushagini tesliib o’tadi va ustki jag’ning nchi katta oziq tishi sohasiga ochiladi.
Pastki jag’ osti so'lak bezi murakkab alveolar naysimon bez bo’lib, aralash tarkibli suyuqlik ishlab chiqaradi. Tashqi tomondan bezga bo’yin fassiyasining yuzalari va teri tegib turadi.
Til osti so’lak bezi ancha kichik bez bo’lib, og’irligi 5 g. U shilliq yuqlik ishlab chiqaradi. Bez og’iz tubi shilliq pardasi ostida pastki osti suyagi mushagi ustida yotadi. Lateral tomondan bez pastki jag’ning ichki yuzasiga, medial tomondan engak-til osti, til osti til i engak til mushaklariga tegib turadi. Og’iz bo’shlig’i fiziologiyasi
Og’iz bo’shlig’ida ovqatni birlamchi mexanik va kimyoviy ishlanishi boshlanadi, shuningdek, ta’m bilish retseptorlari vositasida ming ta’mi va organizmga yaroqliligi aniqlanadi. Og’iz bo’shligida jvqat 15—20 soniya davomida maydalanadi, so’lakni shimadi, ovqat luqmasi hosil bo’ladi va yutiladi. Shu qisqa vaqt ichida so’lak fermentlari ta’sirida uglevodlar qisman parchalanadi.
So’lak bezlarining ishlab chiqargan suyuqligi so’lak kuchsiz ishqoriy muhitli suyuqlik bo’lib tarkibida asosan amilaza fermenti, noorganik tuzlar, oqsil va mutsin bo’ladi. So’lak amilazasi kraxmalni disaxarid va maltazagacha parchalaydi. Mutsin so’lakni cho’ziluvchan qilib, ovqat luqmasini yopishtiradi va uni sirpanuvchan qiladi. So’lak fermentlari ovqat bilan oshqozonga tushgach, oshqozon shi- rasi ta’sirida o’z faoliyatini to’xtatadi.
So’lak bezlarining sekretsiyasi ovqatni ko’rganda va ovqatlangan vaqtda boshlanadi. Og’izga qandaydir modda kirganida og'iz bo’shlig’ida joylashgan retseptorlar qo’zg’alishi ro’y beradi. Retseptorlarning qo’zg’alishi markazga intiluvchi sezuvchi nervlar orqali uzunchoq miyada joylashgan so’lak ajratuvchi o’zaklarga o’tkazila- di. Bu o’zaklardan qo’zg’alish sekretor nervlar orqali so’lak bezlariga yetib keladi va so’lak ajratishni chaqiradi. Nerv tizimi ta’sirida bezning qo’zg’alish mexanizmi refleks deyilib, retseptordan effektorgacha nervlardan tashkil topgan yo’l reflektor yoyi deyiladi.
Parasimpatik va simpatik nervlar so’lak bezlarining sekretor nervlari bo’ladi. Parasimpatik nerv qo’zg’alganida ko’p miqdorda suyuq so’lak ajraladi, simpatik nerv qo’zg’alganda esa oz miqdorda cho’ziluvchan so’lak ajraladi. Odamda shartsiz va tug’ma reflekslardan tashqari hayot jarayonida murakkab shartli reflekslar paydo bo’ladi. Odam ovqatni ko’rganida, hidini sezganida va ovqat haqida so’zlashishi ham so’lak ajraUshini chaqirishi mumkin.
Odamning so'zlash faoliyati taraqqiyoti bilan bogiiq ravishda og’izning shilliq pardasini namlab turuvchi mayda so’lak bezlari doim faoliyat ko’rsatadi. Og’izning shilliq pardasi orqali ba’zi dori moddalar (nitroglitserin) so’riladi.
Yutish. Og’iz bo’shlig’ida hosil bo’lgan ovqat luqmasi til mushaklarining qisqarishi ta’sirida til ildiziga qarab yo’naladi. Ovqat til ildiziga yoki yumshoq tanglayga tekkanida reflektor ravishda yutish harakati boshlanadi. Bunda yumshoq tanglay yuqoriga ko’tarilib halqumning orqa devoriga yaqinlashadi va burun bo’shUg’iga kirishni yopadi. Shu bilan bir vaqtda hiqildoq yuqoriga ko’tariladi va til ildizi hiqildoq usti tog’ayini bosib hiqildoqqa kirish teshigini berkitadi. Halqumning boshlang’ich qismiga o’tgan ovqat luqmasi unning mushaklarini qisqarishi bilan qizilo’ngachga suriladi. Qizilo’ngach mushaklarining to’lqinsimon qisqarishi ovqat luqmasini oshqozon­ga o’tkazadi. Og’iz bo’shlig’idan to oshqozongacha bo’lgan masofani quyuq ovqat 6—8 sekundda, suyuq ovqat yesa 2—3 sekundda o’tadi.



Yüklə 125,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin