2. Sog’lom odamda nafas tiplari.
3. Spirometriya nima?
4. Nafas olish va chiqarish mehanizmi.
Nafas olish hayot uchun kerak asosiy jarayon bo‘lib, unda tirik organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida gaz almashinuvi ro‘y beradi. Bu jarayonda organizm tashqi muhitdan oksidlanish jarayoni uchun kerak bo‘lgan kislorodni qabul qiladi va tashqariga oksidlanish nati- jasida hosil bo‘lgan karbonat angidridni chiqaradi. Gaz almashinuvi murakkab jarayon bo‘lib uch bosqichdan iborat: 1) tashqi nafas; 2) gazlami qonda tasxilishi; 3) ichki nafas.
0‘pka alveolalari bilan tasqi muhit o‘rtasida havo almashinuvi tashqi nafas deyiladi. Ko‘krak qafasining ritmik harakati o‘pka alveolyarida havoni ventelyatsiyasini ta’minlaydi va uning tarkibini doimiyligini saqlab turadi. 0‘pkaga oqib kelgan vena qoni karbonat angidriddan bo‘shab, kislorod bilan to'yinadi. Nafas olish jarayoni ikki bosqichdan: nafas olish inspiratsiya va nafas chiqarish ekspiratsiyadan iborat. Nafas olganda kislorodga boy atmosfe- ra havosi alveolalarga kiradi, nafas chiqarilganda esa karbonat angidridga toyingan havo tashqariga chiqadi. Tinch holatda boMgan sog‘ odam minutiga 16—20 marta nafas oladi va chiqaradi. Nafas olganda uzunchoq miyada joylashgan nafas markazida ritmik qo‘zg‘alish- lar paydo bo‘ladi va undan nerv impulslari orqa miyaning nafas markaziga, keyin diafragma va qovurg‘alararo nervlar orqali nafas mushaklariga boradi.
Odamning nafas olish apparatiga ko‘krak qafasini harakatga keltiruvchi mushaklar va o‘pka nafas yo'llari kiradi. Eng asosiy nafas mushagi boiib diafragma, shuningdek, tashqi va ichki qovurg‘alararo mushaklar hisoblanadi. Diafragma qisqarganida yassilanib pastga tushadi va qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni pastga va oldinga itarib, siljitadi, natijada ko‘krak bo‘shlig‘i vertikal yo‘nalishda kattalashadi. Tashqi qovurg‘alararo mushaklar qisqarib qovurg‘alarni ko‘tarishi natijasida ko'krak qafasi ikki yonga va orqadan oldinga qarab kengayadi. Ko‘krak qafasi kengayganida o‘pkalar ko'krak qafasi harakati orqasidan faol yo‘naladi va o‘pka bo‘shlig‘i bosimi atmosfera bosi- midan pasayadi. Natijada atmosfera havosi o'pkaga kirib nafas olish ro‘y beradi.
Nafas chiqarganda diafragma bo‘shashadi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari bosimi ostida yuqoriga ko‘tarilib o‘z shaklini egallaydi. Ko‘krak qafasi o‘zining og‘irlik kuchi va ichki qovurg‘alararo mushaklar- ning qisqarishi bilan pastga tushib, o‘z holatini egallaydi. Cho‘zilgan o‘pkalar o‘zining elastiklik xususiyati bilan hajm jihatidan kichraya- di va havo o‘pkadan tashqariga chiqib, nafas chiqarish ro‘y beradi. Chuqur nafas olganda ko‘krak va bo‘yin mushaklari ishtirok etsa, chuqur nafas chiqarganda qorin mushaklari ishtirok etadi.
Birinchi nafas mexanizmi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda kindik- ni boylagandan so‘ng kindik qon tomirlari orqali gaz almashinuvi to'xtaydi. Uning qonida to‘plangan C02 nafas markazini qo‘zg‘atadi va birinchi nafas olinadi.
Bir qavatli yassi epiteliydan tuzilgan o‘pka alveolalari devori, zich o‘pka kapillyarlari to‘ri va unga elastiklik berib turuvchi biriktiruvchi to‘qima tolalaridan iborat. Alveolalarning ichki yuzasini uni yuza tarangligini kamaytiruvchi va alveolalar devorini nafas chiqarganda yopishib qolishdan saqlovchi fosfolipid-surfaktantning yupqa qatlami qoplagan. Alveolalarning devori yupqa va nam bo‘lib, gazlarga diffuziya qonunlariga asosan yengil diffuziyalanishga yo‘l beradi. Dif- fuziyani yo‘nalishi va tezligi gazning partsial bosimi yoki kuchlanishi bilan belgilanadi.
Gazning parsial bosimi deb, gazlar aralashmasi umumiy bosimi- ning shu gazga tegishli qismiga aytiladi. Agar atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng va atmosfera havosida 20,94 % 02, 0,03 % C02 va 79,03 % N2 bo‘lsa, har bir gazning partsial bosimini alohida hisoblash oson bo‘ladi.
100 % gazlar aralashmasi bosimi 760 mm simob ustuniga teng; 02 niki 20,94 % bo‘lsa:
760x20,97
X = 159 mm simob ustuni
100
Shunday hisoblangan C02 ning parsial bosimi 0,2 mm simob ustuniga teng bo‘lsa N2 niki 600,8 mm simob ustuniga teng bo‘ladi.
Alveolalarda 02 ning partsial bosimi 102 mm s.u., C02— 40, N2 - 571 va suv bug‘iniki 47 mm s.u., teng. Alveolalardagi 02 ning partsial bosimi vena qonidagidan ko‘p bolgani uchun kislorod alveoladan kapillyarga o‘tadi. C02 ning kuchlanishi vena qonida alveolaga nisbatan ko‘p bo‘lgani uchun u alveolaga o‘tadi.
0‘pka ventelyatsiyasi yoki nafasning minutli hajmi deb o‘pka- dan bir minutda o‘tadigan havoning hajmiga aytiladi. Tinch holatda nafasning minutlik hajmi 5—8 1/min, jismoniy ishda 80 1/min gacha ko‘payadi. Olinayotgan havoning bir qismi (140 ml yaqini) nafas yo'llarida qoladi va alveola ventelyatsiyasida ishtirok etmaydi. Shunday qilib tinch nafas olganda alveolaga 500 ml emas, balki 360 ml havo kiradi. Havo o‘tkazuvchi yo‘llarni «o‘lik bo‘shliq» deyiladi, chunki unda yo‘tgan havo gaz almashinuvida ishtirok etmay, chiqa- rillayotgan havo bilan aralashib ketadi.
Qonda kislorod va karbonat angidrid eritrositlar gemoglabini bilan tasxiladi. 0‘pkada vena qoni kislorodga boy, C02 kam bo‘lgan arterial qonga aylanadi. Kislorod bilan birikkan gemoglabin oksige- moglabinga aylangani uchun qon tiniq qizil rangga ega bo‘ladi.
Hb + 02=Hb02.
Arteriya qoni to‘qimalarga yo‘naladi va u yerda kislorod gemo- glabindan ajralib oksidlanish jarayonlarida ishtirok etib C02 ga aylanadi. To‘qimada 02 ning kuchlanishi nolga yaqin, C02 niki 60 mm s.u. teng. Bosimlar farqi tufayli C02 to‘qimadan qon plazmasiga o‘tib eritrositlarga kiradi. Eritrositlarda 10 %ga yaqin karbonat angidrid gemoglabin bilan birikib karbgemoglabinni hosil qiladi. Uning qol- gan qismi suv bilan birikib karbonat kislotaga aylanadi.
C02 + H20 = H2C0y Karbonat kislota to‘qima kapillyalarida natriy va kaliy ionlari bilan birikib bikarbonatlar hosil qiladi. Hosil bo‘lgan vena qoni venalar orqali o‘pkaga boradi. 0‘pka kapillyarlarida C02 ni bosimiga nisbatan past bo‘lib, alveolyar havoga o‘tadi, kislorod esa alveolaga o‘tib gaz almashinuvi qaytariladi. Mo‘tadil holatda 100 ml qon tarkibida 15 g gemoglabin bo‘ladi. Gemoglabinni har grammi 1,34 ml 02 bi- riktirib olish qobiliyatiga ega. Gemoglabin faqat kislorod bilan emas, balki boshqa gazlar bilan ham birikishi mumkin. U is gazi bilan 02 nisbatan 150—300 marta ko‘p mustahkam birikma hosil qilishi mum- kin. Agar havoda oz miqdorda CO bo‘lsa gemoglabin kislorod bilan emas, CO bilan birikib karboksigemoglabin (HbCO) hosil qiladi va
to'qimalarga kislorod tasxilishi to‘xtaydi. Bunday holatda odamni tezlikda toza havoga olib chiqilmasa odam oiishi mumkin.
0‘pka havosining hajmi. Tinch holatda katta yoshli odam 500 ml ga yaqin havo bilan nafas oladi va chiqaradi. Bu miqdor havoni nafas hajmi deyiladi. Tinch nafas olgandan keyin qo‘shimcha chuqur nafas olinsa, o‘pkaga yana 1500 ml havo kirishi mumkin. Bu hajm nafas olishning qo‘shimcha hajmi deyiladi.
Tinch nafas chiqargandan keyin nafas mushaklarining maksimal qisqarishi ta’sirida 1500 ml havoni nafasdan chiqarish mumkin. Bu hajm nafas chiqarishning qo‘shimcha hajmi deyiladi.
Nafas havosi, nafas olishning qo‘shimcha hajmi va nafas chiqarishning qo‘shimcha hajmlarining yig‘indisi (500+1500+1500) o‘pka- ning tiriklik sig‘imini (0‘TS) tashkil qiladi. Mo‘tadil 0‘TS ayollarda o‘rtacha 2700 ml, erkaklarda esa - 3500 ml. Jismoniy mashq qilgan- da 0‘TS 7500 gacha oshishi mumkin.
Oxirigacha nafas chiqargandan keyin ham o‘pkada 1200 ml havo qolib, uni qoldiq havo deb ataladi.
Nafas chiqarishning qo‘shimcha hajmi va qoldiq havo hajmi bir- galikda o‘pkaning funksional qoldiq sig'imi (alveolyar havo) deyilib, uning hajmi 2500 ml ga teng. 0‘pka havosi hajmi va 0‘TS spirometr yoki spirograf yordamida o‘lchanadi.