1- mavzu: Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa qo’shgan olimlar va o’rganish usullari. Reja



Yüklə 125,12 Kb.
səhifə5/22
tarix26.09.2023
ölçüsü125,12 Kb.
#148903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1- mavzu Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa

TOPSHIRIQLAR


1.Suyaklarni tuzilishini odam skeletidan ko’rsating.
2. Suyaklarni turlarini aytib bering.
3. Oddiy va murakkab bo’g’imlarni ko’rsating
4.Tana skeleti, umurtqa pog'onasi suyaklarining tuzilishini o'rganish.
5.Suyaklar jaroxatlanganda birinchi yordam ko'rsatish.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. Ahmedov N.K.. “Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya”. 2004-yil.
2. Ahmedov N.K. “Odam anatomiyasi atlasi” I , II jild. 1996-yil
3. Ahmedov A., Ziyamitdinova G. “Anatomiya,fiziologiya va patologiya’’ 2012-yil.
4. Eyngorn A.G. “Patologik anatomiya va patolagik fiziologiya’’ 1984-yil.
5. Vorobyova V.A “Anatomiya va fiziologiya”1987-yil.


3.-MAVZU: Osteologiya: Qo’l skeleti. Qismlarini tuzilishini skeletda o’rganish


REJA:



  1. Yelka kamari skeletlarini tuzilishi.

  2. Yelka suyagini tuzilishi.

  3. Bilak va tirsak suyaklagining tuzilishi.

  4. Qo'l panja suyaklarining tuzilishi.

BAYONI: Qo'l-oyoq suyaklari joylashgan joylariga qarab kamar va erkin turgan bo'limlarga ajratildi. Qo'l ham o'z kamarlari vositasida tana skeletiga qo'sxilib turadi.


Qo'l skeleti yelka kamari-o`mrov va kurak suyaklaridan iborat. Qo'l suyaklari yelka suyagi, bilak tirsak hamda bilak suyaklaridan va qo'l panjasining skeletidan iborat. Yelka kamari suyaklari ikki tomondan bittadan o`mrov va kurak suyaklaridan tuzilgan.
O`mrov (clavisula), qo'lni tanaga birlashtirib to'radigan birdan-bir suyak bo'lib, shakli lotincha «S» harfiga o'xshab bukilgan, uzun bo'ladi. Bir uchi bilan to'sh suyagiga, ikkinchi uchi bilan kurakdagi yelka o'sig'iga birlashib, yelka bo'g'imining tanadan uzoqroqda bo'lishini taminlaydi. Natijada, qo'lning turli murakkab harakatlarini osongina bajarishga qo'laylik tug`diradi.
Bazida qo'l tanaga suqilib yopishadi deyarli harakatsiz osilib turadi. Kurak (scapula) suyagi yalpoq, uchburchak shaklida bo'lib, ko'krak qafasining orqa tomonidan II-VII qovurg'aning tashqi soxasida joylashgan kurakning uchta chekkasi tafovut qilinadi, umurtqa pog'onasiga qaragan medial chekkasi, qo'ltikka qaragan leteral chekkasi va yuqori kalta chekkasidir. Yuqori chekkasidan kurak uymasi ko'rinib turadi. Kurak suyagining uchchala chekkasi o'zaro-uchta burchak hosil qilib qo'sxiladi. Shulardan biri pastga qaragan burchak, ikkinchisi yuqori tomondagi medial burchak va uchinchisi yo’qori tomondagi laterial burchak. Yuqori tomondagi laterial burchak yo'g'onroq bo'lib, undagi bo'g'im yuzasi yelka suyagining boshchasi bilan bo'g'im hosil qilib birlashadi. Kurak suyagining bo'g'im yuzasi ustida tumshuqsimon o'siq bo`rtib turadi. Kurakning oldingi, qovurg'alarga qaragan yuzasi botiqroq bo'lib, kurak osti chuqurini hosil qiladi, ana shu yuzadagi bir necha g'adir-budir chiziqdan kurak osti muskuli boshlanadi.
Yelka suyagi (humerus). Yelka suyagi rosmana uzun suyaklar turkumidan bo'lib, unda tanasi-diafiz, ikkala uchi-epifizlar va ularning o'rtasida joylashgan metafiz farqlanadi.
Yelka suyagining yuqori uchi-boshchasi suyakning qolgan boshqa qismlaridan anatomik bo`yinchasi orqali ajralib turadi, ana shu bo`yin chasining pastki tomonida ikkita do'mboqcha (laterial tomondagi kattarogi) va old tomonidagi (kichkina) do'mboq bo'ladi. Har qaysi do'mboqcha – dan pastga qarab bittadan g'adir-budir qirra ketgan. Ana shu ikkala do'mboq va g'adir-budir qirralar orasida egatcha bo'lib, bundan yelkaning ikki boshli muskulining payi o'tadi. Do'mboqcha va qirralarning ikkalasiga muskullar kelib birlashadi. Yelka suyagining pastki kengaygan uchi, ikki tomonidan g'adir-budir tepacha hosil qilib tugaydi, bular medial va laterial tepachalardir. Medial tepacha ko’proq o`sgan bo'lib ora yuzasidan tirsak nervi o'tadigan egatcha ko'rinadi. Ikkala tepacha orasida bilak suyaklari bilan birlashadigan bo'g'im yuzasi bo'lib, u ikki bo'lakka ajralgan medial tomonda ko'ndalang joylashgan va tirsak suyagi bilan birlashadigan g'altagi bo'lsa laterial tomonda bilak suyagi bilan birlashish uchun yarim sharga o'xshash bo'g'im yuzali boshchasi bo'ladi. g'altak tepasining oldingi tomonida toj chuqurchasi ko'rinib turadi va unga tirsak suyagining toj o'sig'i kirib turadi. Toj chuqurchasining laterial tomonida bilak suyagining boshi kirib turishi uchun chuqurcha bor. g'altak tepasining orka tomonida tirsak suyagining tirsak, o'sig'i kirib turadigan chuqurcha joylashgan.
Bilak suyaklari naysimon ikkita uzun suyaklardan izoborat bo`lib, medial tomonda tirsak suyagi, lateral tomonda esa bilak suyagi bo'ladi. Tirsak suyagi (ulna)ning yuqori, yo'g'on uchida yelka suyagining g'altagi bilan qo'sxiladigan kattagina bo'g'im yuzasi bo'lib, bu bo'g'im yuzasi old tomondan toj o'sig'i bilan chegaralanib turadi. Toj o'sig'ining lateral tomonida bilak suyagining boshchasi bilan bo'g'im tuzilishi uchun botiq yuzacha joylashgan. Tirsak suyagining pastki,distal uchi yumaloq tirsak boshi bilan tugaydi, uning medial chekkasidan esa begizsimon o'siq chiqib turadi. Uning yenida bilak suyagining botiq bo'g'im yuzasi bilan birlashadigan doira bo'g'im yuzasi bor. Bilak suyagi (radius)ning proksimal uchi, dumaloq boshcha bo'lib, tepa tomondan botiq bo'g'im yuza orqali yelka suyagining boshchasi ana shu chuqurchaga joylashgan bo'ladi. Bilak suyagining gir aylangan bo'g'im yuzasi tirsak suyagining bo'g'im yuzasi bilan bo'g'im hosil qiladi. Bilak suyagining boshi boshqa qolgan bo'laklaridan ingichka bo`yin bilan ajralib turadi. Bilak suyagining pastki uchi yo'g'onlashgan bo'lib, tashqi tomonidan begizsimon o'siq ko'rinib turadi. Ichki tomonidagi botiq bo'g'im yuzasi esa tirsak suyagining doira bo'g'im yuzasi bilan qo'sxiladi. Bilak suyagi pastki uchining pastki tomoni uchburchak shakldagi botiq bo'g'im yuzasi vositasida kaft suyaklari bilan bo'g'im hosil qilib qo'sxiladi. qo'l panjasining skeleti (ossa manus) kaft usti, kaft va barmoq (falang) suyaklariga ajratiladi. Kaft usti suyaklari (ossa carpi) turli shakildagi 8 ta mayda suyaklardan iborat bo'lib, to'rtadan ikki qator joylashgan. Bulardan birinchi yoki proksimal qatori (bosh barmoq tomondan hisoblaganda) kiyiksimon suyak yarim oysimon suyak, uch qirrali suyak va nuxotsimon suyaklardak iborat. Kaft usti suyaklarining nomlari shakillariga mos bo'lib, ularning xar birida bir-birlari bilan qo'sxiladigan mos bo'g'im yuzalari va ba'zilarida kaft yuzalariga to'rtib chiqqan g'adir-budir do'mboqlari bo'ladi. Kaft suyaklari (ossa metacarpalia) beshta kalta naysimon suyakdan tuzilgan bo'lib, bosh barmoq tomondan sanalganda I-II va xokazo kaft suyaklari nomi bilan ataladi. Har bir kaft suyagining tubi tanasi va do'mbaloq shakldagi boshchasi tafovut qilinadi. Kaft suyaklarining boshchasidagi sharsimon bo'g'im yuzalari birinchi barmoq falanga bilan bo'g'im hosil qiladi.
Barmoq suyaklari (phalanges digitorum) kaft suyaklariga o'xshash kalta naysimon suyaklari – dan tuzilgan bo'lib, barmoqlarda ketma-ket joylashgan. Bosh barmoqdan boshqa qolgan to'rta barmoqning uchtadan falanga suyaklari bo'lib, faqat bosh barmoq ikkita falanga suyagidan tuzilgan. Bosh barmoqda birinchi va uchinchi falanga suyaklari bo'lib, o'rta falanga suyagi bo'lmaydi, qolgan to'rt barmoqlarda rpoksimal o'rta va distal falanga suyaklari bo'ladi.

ASOSIY TUSHUNCHA VA TAYANCH IBORALAR

O`mrov -clavicula
Kurak-scapula
Yelka suyagi-humerus
Bilak suyagi-radius
Qo'l panjasining skeleti-ossa manus
Kaft usti suyaklari-ossa carpi



Yüklə 125,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin