Qo'l suyagi singanda birinchi yordam berishni ta’riflab bering.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Ahmedov N.K.. “Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya”. 2004-yil.
2.Ahmedov N.K. “Odam anatomiyasi atlasi” I , II jild. 1996-yil
4-Osteologiya: Оyoq skeleti qismlarini tuzilishini skeletda o’rganish
REJA:
Oyoq kamarining suyaklari.
Son suyaklari.
Tizza qopqog'i va boldir suyaklari.
Oyoq panjasining skeleti.
Oyoq suyaklari qo'l suyaklari singari ikki qismga bo'linadi. Birinchisi oyoq kamari bo'lib, ikki tomondan bittadan chanoq suyakdan tuzilgan. Ikkinchisi uch qismdan iborat:
Proksimal qismi - son suyagida.
O'rta qismi - boldir (katta va kichik boldir) suyaklari bilan tizza qalpogi suyagidan.
Distal qismi- oyoq panjasi skeletidan tashkil topgan.
Chanoq suyagi (os coxae) ikkita yalpoq chanoq yoki nomsiz suyakdan iborat bo'lib, odamning yurishida gavda og'irligini oyoqqa o'tkazadi va chanoq bo'shlig'idagi a'zolarni tashqi muhit ta'siridan saqlab turadi. Chanoq suyagining bu xildagi vazifalari uning murakkab tuzilganidan dalolat beradi. O'rta yoshdagi odam chanoq suyaklarida uchta ayrim suyaklar, ya'ni yonbosh suyagi (os ilium), qov suyagi (os pubis) va quymich (o'tirgich) suyagi (os ischii) tafovut kilinadi. Bu suyaklar un to'rt - un olti yoshga kirguncha alohida bo'lib, o'zaro tog'ay plastinkalari vositasi qo'sxilgan bulsa, keyinchalik suyaklanib bir butun chanoq suyagini xosil qiladi. Chanoq suyagining tashqi yuzasi (uchchala suyakning o'zaro birlashgan joyida) son suyagining boshi kirib turadigan quymichkosasi bo'lib, uning gir atrofi baland qirg'oq bilan o'ralgan, qirg'oqning pastki qismi quymich uymasi bilan chegaralangan. Quymich kosaga son suyagining boshchasi bug'im hosil qilib joylashgan. yonbosh suyagi (os ilium) pastki qismi, tanasi quymich kosasi tuzilishida qatnashadi. yonbosh suyagining tanasidan, yuqoriga serbar plastinka, qanot “S” shaklida keng bo'lib, unda muskullar yopishadigan uchta g'adir-budur ko'rinadi. yonbosh suyagining qirrasi oldingi tomonda ustki hamda pastki o'tkir o'siq bilan va yonbosh suyak qirrasining orqa tomoni yuqori va pastki o'siqlar bilan tugaydi. yonbosh suyakning orqa tomonida katta o'tirgich uymasi va uning pastki o'tkir o'siq joylashgan. yonbosh suyak qanotining ichki yuzasi silliq va botiqroq bo'lib, yonbosh chuqurchasi deb ataladi. Ana shu chuqurchaning orqa va pastki tomonida quloq suprasi shaklidagi bo'g'im yuzasi o'ziga mos keladigan dumg'aza suyagidagi hunga o'xshash quloq suprasi shaklidagi bo'g'im yuzasi bilan birlashib turadi. qov suyagi (os pubis) ning kalta va keng qismi, tanasi bo'lib, quymich kosasining oldingi bo'lagini tashkil qiladi. qovuq suyagini ikkita, ya'ni yuqori va pastki butoqlari burchak hosil qilib, o'zaro birlashib turadi va ana shu burchakning medial chekka yuzasida oval shakldagi cho'zinchoq bo'g'im yuza orqali ikki tomondagi qov suyaklari o'zaro birlashib turadi. Quymich suyagi (os ishchii) ning qov suyagiga o'xshash quymich kosalarini hosil qilishda qatnashadigan qismi, tanasi va unga pastga davom etgan yuqori butog'i bor. Ana shu butoq burchak hosil qilib, pastki butoq ka o'tadi. Bu esa qov suyagining pastki butog'i bilan qo'sxiladi. Quymich suyagining ikkila, butoqlarining o'zaro birlashgan joyi kengayib yo'g'onlashgan quymich dumbog'ining hosil qiladi. Quymich suyagining tanasining orqa tomonidagi o'tkir uchli o'siq bilan quymich do'mboq orasida quymichning kichkina uymasi joylashgan. Quymich bilan qov suyaklarining butoqlari o'zaro bir-birlari bilan qo'sxilib, kattagina tuxum shaklidagi teshik hosil qiladi.
Oyoq skeletining bu qismi son suyagi (femur), tizza qopqog'i (patella) boldir suyaklari (ossa cruris), va oyoq panjasining skileti. (ossa pedis)dan tashkil topgan. Son suyagi (femur) naysimon suyaklar orasidagi eng uzuni va kattasi bo`lib, unda ham tanasi, pastki va yuqori tomon (epifiz) lari bor. Son suyagining yuqori uchida (ichki tomonga karab joylashgan), sharsimon boshchasi ko'rinib turadi. Boshcha markazining pastrog'ida chuqurcha joylashgan. Son suyagining boshchasi qolgan bo'lagi bilan bo'yni (metafiz) orqali birlashgan. Son suyagining bo'yni tanasi 1300 o'tmas burchak hosil qilib qo'sxilgan, ayollarda chanoqlarning keng va katta bo'lishiga qarab son suyagining bo'yni to'g'ri burchak hosil qilib qo'sxiladi. Son suyagining bo'yni tanaga o'tish chegarasida muskul yopishishidan paydo bo'lgan ikkita do'mboq, katta va kichik kustlar (apofiz) joylashgan bo'lib, ularning oralig'ida (orqa tomondan) qirra va oldingi tomonda g'adir-budir chiziqlar bo'ladi. Son suyagining tanasi, oldinga qarab biroz bukilgan uch qirrali dumaloq shaklda bo'lib, orqa tomondan buyiga qarab ikkita labdan tashkil topgan g'adir-budur qirrasi ko'rinadi. Uning ichqari tomonidagi labi yuqoridagi kichik do'mboqcha davom etadi va domboqlar oraliq chizikka qo'sxilib ketadi. Tashqi labsimon chiziq esa katta do'mboqning pastigacha boradi va g'adir-budur joyga aylanadi. Bu joyga do'mboq katta muskuli payining bir qismi yopishadi.
Son suyagining pastki yo'g'onlashgan (distal) uchi orqaga qarab burilgan ikkita muskul yopishadigan o'siq bilan tugaydi. Ikkala o'siqning oldingi tomonida bo'g'im yuzalari bilan o'zaro tutashib turadi va tizza qopqog'i joylashadi. Ichqari va tashqari o'siqlarning orqasi va oralig'ida o'siqlar oralig'idagi chuqurcha joylashgan. Har bir o'siqning bo'g'im yuzalari yon tomoni teparog'ida bittadan g'adir-budur tepacha ko'rinib turadi. Tizza qopqog'i (patella) to'rt boshli son muskuli payining orasida joylashgan eng katta sesasimon suyakdir. Tizza qopqog'ining oldingi yuzasi g'adir-budur bo'lsa, orqa Silliq bo'g'im yuzasi son suyagi bilan bo'g'im hosil qiladi.
Boldir suyaklari. Ikkita naysimon suyakdan, ya'ni medial (ichki) tomonda joylashgan katta boldir suyagi va lateral (tashqi) tomonda joylashgan kichik boldir suyagidan tashkil topgan. Katta boldir suyagi (tibia) kichik boldir suyagiga nisbatan katta bo'lib, yuqori uchi (epifizi)da ikkita (medial va laterial) donglar bor, ikkala do'ngning yuqorisida son suyagi bilan, bug'im tuzish uchun botiqrok yuza joylashgan. Ana shu bug'im yuzalar ikkita do'mboqdan tuzilgan tepacha vositasida bir — biridan ajralib turadi. Lateral do'ngning pastki va orqa tomonida kichik boldir suyaginish- yuqori uchi birlashadigan yassi bo'g'im yuzasi bor. Katta boldir suyagining tanasi uch qirrali bo'lib, oldinda teri ostidan o'tkir qirra ko'rinib turadi. Kichik boldir suyagi tomonida lateral qirrasiga suyaklar aro boylam (parda) yopishadi. Medial tomonda esa to'mtoq qirrasi bor. Katta boldir suyagining pastki uchi (epifiz) to'rt burchak shaklida bo'lib, medial tomonidan pastga qarab maxsus o'siq ichki to’pik chiqadi. Katta boldir suyagining pastki uchida oyoq panja suyaklari bilan bo'g'im hosil qiladigan botiq bo'tim yuzasi va ichki to’pikning lateral yuzasi bor. Katta boldir suyagining lateral tomonida kichik boldir suyagi joylashgan uymani kurish mumkin.
Kichik boldir suyagi(fibula) juda ingichka va ikki uchi yo'g'on bo'lib, yuqori (proksimal) uchi (epifiz) - suyak boshi bo'lib, uning medial yuzasida katta boldir suyakning lateral do'ngi bilan bo'g'im hosil qiladigan yuzasi bor. Suyak tanasi o'z o'qi atrofida biroz bo'ralgan, uch qirrali bo'lib ulardan birining medial yuzasida oraliq parda (membrana) yopishadigan oraliq qirrani ko'rish mumkin. Fibula ning pastgi (distal) uchi (epifiz) yo'g'onlashib, tashqi to’pikni hosil qiladi.
Oyoq panjasining skeleti (ossa pedis) kaft oldi qismi (tarsus) oyoq kafti (metatarsus) va oyoq barmoqlari (phlanges digitorum)dan tuzilgan. Kaft oldi qismi yettita kalta g'ovak suyaklardan tashkil topgan bo'lib, kaft usti suyaklari singari ikki qator joylashgan:
Orqa yoki proksimal qator ikkita (oshik va tovon) suyakdan iborat.
Oldingi, qayiqsimon suyak, distal qator - uchta ponasimon va kubsimon suyaklardan tuzilgan.
Odam gavdasining vertikal holatga o'tishi oyoq panjasining skelet tuzilishida ham o'z izini koldirdi. Natijada oyoq panjasi tayanch nuqtasini bajarishga va gavda og'irligini ko'tarib yurishga moslashadi. Shuning uchun odamda tovon suyagi ancha yo'g'onlashgan, orqadan oldinga (bo`yiga) uzunlashgan va mustaxkamlangan bo'ladi. Oshiq suyak esa tovon suyagining ustida joylashgan bo'lib, yuqorida boldir suyaklari bilan -oldingi tomonda, qayiqsimon suyak bilan bo'g'im hosil qilib birlashadi. Binobarin oshiq suyakning tuzilishi va uning yuzalari anashunga moslashgan. qolgan boshqa suyaklar ham gavda og'irliini ko'tarib yurishda muxim ahamiyatga ega. Shuning uchun oyoq panja suyaklari asta-sekin kattalashgan va oyoq gumbazi hosil qilib o'zaro qo'sxilib joylashgan. Oyoq kafti, (metatarsus) beshta oyoq kafti suyaklaridan tashkil topgan. Bu suyaklarning tuzilishi qo'l kaft suyaklariga o'xshagan bo'lib, bularda ham proksimal uchi yoki asosi, tanasi va distal uchi yoki boshchasi bo'ladi. Oyoq kafti suyaklari katta-kichik bo'lib, biri boshqasiga qaraganda kaltaroq va yo'g'onroq bo'lsa, ikkinchisi hammasidan uzun va xokazo. Oyoq kafti suyaklari bir-biridan uzunasiga joylashgan oraliq bo'shlik bilan ajralib turadi. Oyoq barmoqlari-falanga suyaklari (ossa phalanges) qo'l barmoq falanga suyaklari singari tuzilgan. Bosh barmoq ikkita va 2-5 barmoqlar uchtadan falanga suyaklardan iborat bo'lib, tirnoq falanga suyaklarining distal uchlari g'adir-budur yuza bo'lib tugaydi.
ASOSIY TUSHUNCHA VA TAYANCH IBORALAR
Chanoq suyagi- ossa coxae
Yonbosh suyagi – os ilium
Qov suyagi-os pubis
Quymich suyagi –os ischii
Son suyagi -femur
Tizza qopqog'i-patella
Katta boldir suyagi - tubia
Kichik boldir suyagi-fibula
Oyoqpanjasining skeleti-osa pedus
Oyoq kafti-metatarsus
Oyoq barmoq suyaklari-ossa phalanges