NAMANGAN VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
«TABIIY VA ANIQ FANLAR TA’LIMI» KAFEDRASI
INFORMATIKA FANINI O‘QITISH HUQUQINI BERISH BO‘YICHA KASBIYQAYTA TAYYORLASH KURSINING IXTISOSLIK FANLARI TARKIBIGA KIRUVCHI KOMPYUTER TARMOQLARI fani bo‘yicha
“TASDIQLAYMAN” Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori
_______________ S.X.Abdullayev
«_____» _______________ 2016 yil
Kelishildi
O‘quv – metodik ishlar bo‘yicha prorektor
B. Xolmirzayev
Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedra mudiri
I. Nurmatov
TuzuvchiLAR
I. Nurmatov– Tabiiy va aniq fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi.
D. Vahobov – Tabiiy va aniq fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.
Taqrizchilar O. Jakbarov – Namangan muhandislik-pedagogika instituti, Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyalari) kafedrasi mudiri, t.f.n., dots.
N. Otaxanov – Namangan Davlat universiteti, “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi mudiri p.f.n. dots.
Ushbu ma’ruza matni tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasining 04.01.2016 yildagi 1-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va institut Ilmiy kengashining 05.01.2016 yildagi 1-sonli yig‘ilish bilan tasdiqlangan
.Informatikani o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursining
O‘QUV REJASI
№
O‘quv bloklari, modullar va faoliyat turlarining nomlari
Mazkur ishchi o‘quv fan dasturi “Kompyuter tarmoqlari” o‘quv fani bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, bo‘lajak fan o‘qituvchisi egallashi kerak bo‘lgan quyidagi bilimlar va ko‘nikmalar majmuini o‘z ichiga oladi.
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi – tinglovchilarning kasbiy sohasida uchraydigan tarmoq sohasidagi muammolarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rgatish, bo‘lajak fan o‘qituvchisi sifatida mutaxassis bo‘lib etishi uchun etarlicha bilimlar berishdan iborat.
Fanning vazifalari - kompyuter tarmog‘i haqida ma’lumotlar berish;
- har bir insonning hayotida va jamiyat rivojlanishida axborot texnologiyalarning rolini ko‘rsatish;
- mintaqaviy, lokal va global kompyuter tarmoqlarining imkoniyatlarini ochib berish;
- kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlardan qanday hollarda va qanday maqsadlarda ishlatish tushunchalarini shakllantirish;
- global tarmoqqa joylashtiriladigan ma’lumotlarni qanday hosil qilish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
“Kompyuter tarmoqlari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida tinglovchi:
- kompyuter tarmoqlari,telekommunikatsiyaning texnik vositalari, zamonaviy axborot hizmat turlarini, masofaviy ta’lim va uning imkoniyatlarini, tarmoq operatsion tizimi haqidagi bilimlarni bilishi kerak; - kompyuter tarmoqlari turlari va ularning imkoniyatlari, mintakaviy, global va lokal kompyuter tarmoqlari, elektron pochta, masofaviy ta’lim, telekommunikatsiyalarni tashkil etish yo‘llari, tarmoq hizmatlari. Tarmoq texnologiyasi: tarmoq texnologiyasi haqida tushuncha, ko‘prik va shlyuzlar, tarmoq topologiyalari, ma’lumotlarin uzatish protokollari, IP, TCP va UDP protokollari. Tarmoq operatsion sistemalari. Lokal kompyuter tarmoqlari, ularni tashkil etish va ishlatish. Intranet kompyuter tarmog‘i lokal tarmoq imkoniyatlari, tarmoq operatsion tizimida ishlash prinsiplari, internet tarmog‘ida ishni tashkil qilish usullari, internet tarmog‘iga ma’lumotlar joylashtirish haqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak; - internet tizimida ishlash; telekommunikasiya vositalari bilan ishlash; elektron pochtada ishlash; lokal kompyuter tarmog‘ida ishlash; Web sahifa yaratish malakalarga ega bo‘lishlari kerak.