Markazlashtirnlmagan determinirlangan usullarga quyidagilar kiradi:
• aralashib ketadigan segmentlar usuli;
• segmentni ulash usuli.
Ikkala usul asosan ilmoqli (halqali) topologiya tarmoqlarda ishlatiladi va tarmoq bo’yicha maxsus paketlarni uzatishga asoslanadi.
Aralashib ketadigan segmentlar usulisegment deb ataladigan paketni ishlatadi. Segment — bu tarmoq bo’yicha erkin aylanib yuradigan paket bo’lib, u standart vaqt oralig’ini aniqlaydi. Segment «band» yoki «bo’sh» bo’lishi mumkin. Agar segment bo’sh bo’lsa, segment etib borgan stanciya unga punktlari ma’lumotlari paketini/paketlarini qo’yishi mumkin, segmentni band deb belgilaydi va uni uzatib yuboradi. Bu usul ko’p jihatdan vakolatni o’zatish usuliga o’xshashdir, lekin segment harakatini tarmoq markazidan boshqarilmaydi.
Segmentni ulash usuliham segment deb ataladigan, tarmoq bo’yicha erkin aylanib yuradigan paketni ishlatadi. Segmentni olgan ishchi stanciya, xatto agar kelgan segment band bo’lsa ham, punktlari ma’lumotlarini uzatishi mumkin. Keyingi holatda stanciya kelgan segmentning harakatini to’xtatib turadi (uni vaqtincha buferli xotiradi eslab qoladi) va uning o’rniga punktlari ma’lumotlar paketi ulangan yangi segmentni shakllantiradi. Stanciya tarmoq bo’yicha oldin punktlari yangi segmentini, keyin esa oldin kelgan «begona» segmentni yuboradi.
Tasodifiy murojaat qilish usullari tarmoqning barcha stanciyalarini tent huquqliligiga va ularning istalgan vaqtda monokanalga ma’lumotlarni uzatish maqsadida murojaat qilish imkoniyatiga asoslangan. Bir nechta stanciyalar tomonidan bir vaqtning o’zida ma’lumotlarni uzatishga o’rinishlar mumkin bo’lganligi tufayli, ular o’rtasida ko’pincha janjallar (to’qnashuvlar) paydo bo’ladi, shuning hisobiga tasodifiy murojaat qilish usulini ko’pincha «tortishuvlar usuli» deb atashadi.
Janjalli holatlar sonini kamaytirish ma’lumotlarni uzatishni istagan stanciya tomonidan monokalning bandligini aniqlash uchun, monokanalni oldindan eshitib ko’rish yo’li bilan ta’minlanadi. Agar kanal band bo’lsa, stanciya ma’lumotlarni uzatishga punktlari o’rinishini uncha katta bo’lmagan vaqt oraliqridan keyin tiklaydi. Agarda ma’lumotlarni uzatishni bir vaqtning o’zida ikkita stanciya boshlasa, u holda to’qnashuv sodir bo’ladi va ma’lumotlar monokanalda bo’zilib ketadi. Ikkala tuknashgan stanciyalar o’zlarining ma’lumotlarini qaytadan uzatishga majbur bo’ladilar.
Tortishuvlar usuli monokanal kam yuklangan, abonentlar soni unchalik ko’p bo’lmagan tarmoqlarda ishlatish uchun tavsiya etilishi mumkin (tez-tez paydo bo’ladigan janjalli holatlar tufayli bu usul kanalning yaxshi yuklanganligini ta’minlay olmaydi).