Pochtali-server (Mail Server) — xuddi faks-server kabi, lekin elektron pochtani tashkil etish uchun elektron pochta qutilari ishlatiladi.
Bosma serveri (Print Server) — tizimli printerlarni samarali ishlatish uchun.
Apparatli vositalar bilan bir qatorda AXT o’zining tarkibiga murakkab dasturli va ma’lumotli ta’minotni ham olishi kerak.
Test savollari 1. Kommunterli kanal kompyuterni internetga ulash uchun nima qilish kerak. A. koaksial kabel
B. Modem
C. *Telefon linyasi
D. ADSL liniyasi
2. Internetdagi axborotlarni uzatish qoidalari ... deb ataladi. A. Provayder
B.* Protokol
C. Web-sahifa
D. Web-sayt
2-mavzu: Kommunikatsion kanalning o‘tkazish qobiliyati, signallarni modulyasiya va demodulyasiyasi, modemlar va ularni sozlash parametrlari (2 soat ma’ruza) Reja:
1. Kanalning o’tkazish qobiliyati.
2. Signallarni modulyasiya va demodulyasiyasi.
3. Modemlar.
Ma’lumotlarni uzatish uchun monokanaldan (monochannel — bir vaqtning o’zida bir nechta abonentlar ishlatadigan aloqa kanal i, masalan, shinali va ilmoqli topologiyali tarmoqlarda) foydalanadigan lokal hisoblash tarmoqlari uchun mijozlarning bu kanalga murojaat qilish masalasi juda dolzarb hisoblanadi. Murojaat qilishning samarali bo’lishi uchun maxsus mexanizm — murojaat qilish usullari lozim.
Monokanalga samarali murojaat qilishni tashkil etish uchun chastotali yoki vaqt bo’yicha modulyaciya bosh tamoyillari ishlatiladi. Oddiy tarmoqlarda vaqt bo’yicha modulyaciyalash, ya’ni monokanal bo’yicha uzatilayotgan axborotlarni vaqt bo’yicha ajratish tamoyili eng ko’p qo’llaniladi.
Vaqt bo’yicha ajratishga asoslangan murojaat qilish usullarining bir necha guruhlari mavjuddir:
• markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan;
• determinirlangan va tasodifiy.
Markazlashtirilgan murojaat qilishtarmoqni boshqarish markazidan, masalan, serverdan boshqariladi.