2014 yil iyul oyi ish haqi va boshqa pul to‘lovla-ridan ushlangan daromad solig‘i o‘tkazilmoqda
To‘lov maqsadi
L.Sharipov
N.Soliyev
Rahbar Bosh hisobchi
Tekshirdi
Ma’qulladi
Bankdan o‘tkazildi
M.O‘.
BANK
4.1-rasm. To‘lov topshiriqnomasi To‘lovlаrning to‘lov tаlаbnomа –topshiriqnomаlаri shаklidа mol yetkаzib beruvchi mаhsulotni yuklаb jo‘nаtgаndаn so‘ng to‘lov tаlаbnomаsini yozib, ungа xizmаt ko‘rsаtаdigаn bаnkkа topshirаdi. U xаridordаn pulni undirish vа uni mol yetkаzib beruvchining hisob-kitob schyotigа kiritish uchun tаlаbnomаni xаridorning bаnkigа jo‘nаtаdi. To‘lovchining аksepti (roziligi) mаvjud bo‘lgаndа, hisobvаrаqlаr hаqi to‘lаnаdi. Аgаr shаrtnomаgа muvofiq korxonаning o‘zi xаridorlаrdаn berilgаn mаhsulot, bajarilgan ish va xizmatlar qiymatini undirish kerak bo‘lsa, to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi tuziladi, uning shakli va mazmuni to‘lov topshiriqnomasiga o‘xshashdir. To‘lov talabnoma-topshiriqnomasi mol yetkazib beruvchining xaridorga bankni chetlab o‘tib, unga yuborilgan to‘lov va yuklab jo‘natish hujjatlari asosida, shartnoma bo‘yicha yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini to‘lash to‘g‘risidagi talabini ifodalaydi.
Korxona buxgalteriyasida hisob-kitob hisobvarag‘idagi pullar harakati bank ko‘chirmalari bo‘yicha "Hisob-kitob schyoti" nomli 5110-aktiv hisobvaraqda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq bo‘yicha kredit aylanmalari 2-jurnal-orderda yoziladi, debet bo‘yicha aylanmalar esa turli jurnal-orderlarda aks ettiriladi. Tovarlarni junatish va pul mablag‘larini hisob-kitob varaqlariga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
-tovarlar jo‘natilishi bilan mol yuboruvchida:
Dt 4110-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"; Kt 9010, 9020.
- mol yuboruvchida hisob-kitob schyotiga pul o‘tkazilganida:
Dt 5110-"Hisob-kitob schyoti";
Kt 4110-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar".
-materiallar kelib tushishi bilan mol oluvchilarda:
Dt 1010-"Xom-ashyo va materiallar" ;
Kt 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar".
- mol sotib oluvchida hisob-kitob schyotidan pul o‘tkazilganda:
Dt 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar";
Kt 5110-"Hisob-kitob schyoti".